Latipova Muhayyo Ibragimjanovnaning
texnika fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi):
“BiTeSe-BiSbTe asosidagi yarimo‘tkazgichli termoelektrik materiallarning samaradorligini oshirish usulini ishlab chiqish”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3800.
Ilmiy maslahatchi: Kasimaxunova Anarxan Mamasadikovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12.
Rasmiy opponentlar: Tagaev Marat Baymuratovich, texnika fanlari doktori, professor; Tukfatullin Oskar Faritovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi:
BiTeSe-BiSbTe uchtalik qotishma asosida yuqori foydali ish koeffisientiga ega bo‘lgan termogeneratorlarni yaratish imkonini beruvchi samarador termoelektrik materiallarni tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kukunli presslash va gorizontal zonali eritish usullari orqali n- va p-tipli samarali termoelektrik materiallarning tarkibiy qismlarini foiz nisbatlari aniqlangan: n-tip uchun Bi2Te3 (85%)-Bi2Se3 (15%) va p-tip uchun Bi2Te3 (30%) -Sb2Te3 (70%);
n-tipli Bi2Te3-Bi2Se3 termoelektrik materiallarning yuqori qaytariluvchanlik koeffisientini ta’minlash uchun legirlovchi modda TeI4 ning optimal konsentratsiyasi σ=600÷200 〖Om〗^(-1)·〖sm〗^(-1), α=200÷240 mkv/grad termoelektrik kattaliklarga ega bo‘lgan tarkibiy komponentlarga 0,04 mol.% bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor gorizontal zonali eritish usuli bilan olingan n- Bi2Te3-Bi2Se3 materialini TeI4 bilan legirlanganda, uning termoelektrik samaradorligi presslangan na’munalarga nisbatan 1,4 marta ortganligi aniqlangan;
gorizontal zonali eritish usulida T=1223 K da 20 daqiqa davomida olingan p-Bi2Te3-Sb2Te3 materialiga 1:4 nisbatda Cd kiritilganda, uning termoelektrik samaradorlik koeffisienti presslangan namunalarga nisbatan 50 % ga ortishi aniqlangan;
300÷600 K harorat oralig‘ida n-Bi2Te3-Bi2Se3 va p-Bi2Te3-Sb2Te3 materiallari asosida olingan termoelementlarda sodir bo‘ladigan termoelektrik effektlarning issiqlik oqimiga qo‘shadigan hissasini hisobga oladigan matematik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
BiTeSe-BiSbTe asosidagi yarimo‘tkazgichli termoelektrik materiallarning samaradorligini oshirish usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uch xil moddadan tashkil topgan BiTeSe (n-tur) va BiSbTe (p-tur) yarimo‘tkazgichli termoelektrik materiallar asosidagi termoustunlarni tayyorlash texnologiyalari «FOTON» aksiyadorlik jamiyatida joriy etildi («Uzeltexsanoat» uyushmasining 16.02.2024 yildagi 04–3/232–son ma’lumotnomasi). Natijada tayyorlangan yarim elementlardan bosim va harorat o‘lchovchi datchiklar, yong‘inga qarshi issiqlik datchiklari va termoelektrik o‘zgartirgichlar (generatorlar va sovutgichlar) tayyorlashda yarimo‘tkazgichli materiallar sifatida foydalanilgan;
dissertatsiyani bajarish jarayonida tayyorlangan termoelektr generatorlar, “Fargʻona IEM” AJda rele himoyasi va avtomatik boshqaruv jihozlari uchun operativ tok manbai sifatida joriy etildi (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 02.04.2024 yildagi 05–24/642–son ma’lumotnomasi). Natijada korxonadagi mavjud issiqlik energiyasidan foydalangan holda, Zeebek effekti asosida ishlaydigan termoelektrik generatorlardan rele himoyasi va avtomatik boshqarish jihozlari uchun operativ tok manbasi sifatida foydalanilib, elektr energiyasining tejalishidan kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 5460000 (besh million oltmish ming) so‘mni tashkil etgan.