Tojiev Ma’ruf Ruzikulovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Videotasvirda maydonlar yaxlitligi buzilishi va yorug‘lik intensivligi o‘zgarishi asosida xavf-xatarlarni aniqlash tizimi”, 05.01.02-“Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3276.
Ilmiy rahbar: Axatov Akmal Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/05.05.2023.T.07.03.
Rasmiy opponentlar: Sevinov Jasur Usmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Fozilova Madina Mirxalilovna, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi videotasvirda maydonlar yaxlitligi buzilishi va yorug‘lik intensivligi o‘zgarishi tahlili asosida xavf-xatarni aniqlash jarayonlarini boshqarish model, algoritmlar va dasturiy vositasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
videokuzatuv tizimlarida xavf-xatarli holatlarni aniqlash uchun kompyuterli ko‘rishga asoslangan videotasvirlarning yaxlitligi buzilishi va yorug‘lik intensivligining o‘zgarishini hisobga olgan holda boshqaruv algoritmi ishlab chiqilgan;
xavf-xatarni aniqlash jarayonini boshqarishda videotasvirning maydon yaxlitligi buzilishi va gistogrammani normallashtirish asosida yorug‘lik intensivligining o‘zgarishi modeli ishlab chiqilgan;
xavf-xatarlarni aniqlash tizimida videotasvir maydoni yaxlitligi buzilishi va yorug‘lik intensivligi o‘zgargan sohani ajratishda kadrlar farqi hamda masofani kvadratlash asosida optimal chegaraviy konturlar sonini minimallashtirish algoritmlari ishlab chiqilgan;
rang modeli bilan filtrlangan yaxlitlik buzilgan sohaning dinamik o‘zgarishi hamda fazo-vaqt munosabatlari bo‘yicha yong‘inni aniqlash jarayonini boshqarish tizimining algoritm va dasturiy modullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Videotasvirlarda maydon yaxitligi buzilishi va yorug‘lik intensivligi o‘zgarishi asosida xavf-xatarni aniqlovchi taklif etilgan model, algoritm va dasturiy modullari asosida:
videokuzatuv tizimlarida xavf-xatarli holatlarni aniqlash uchun kompyuterli ko‘rishga asoslangan videotasvirlarning yaxlitligini buzilishi va yorug‘lik intensivligining o‘zgarishini hisobga olgan holda boshqaruv algoritmining dasturiy vositasi Jizzax viloyat ekologiya va atrof muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida o‘rmon xo‘jaligi hududlarini yong‘in kabi holatlarni erta aniqlashda videokuzatuv operatoriga ko‘maklashish maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 23-apreldagi 33-8/2620-son ma’lumotnomasi). Natijada yong‘inga o‘xshash holatlarni avtomatik aniqlash videokuzatuv operatorining ishlash vaqtini 10-12% ga qisqartirish va ish unumdorligini 3-5% ga oshirish imkonini berdi;
xavf-xatarlarni aniqlash tizimida videotasvir maydoni yaxlitligi buzilishi va yorug‘lik intensivligi o‘zgargan sohani ajratishda kadrlar farqi hamda masofani kvadratlash asosida optimal chegaraviy konturlar sonini minimallashtirish algoritmining dasturiy vositasi Jizzax shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi Jizzax shahar 32-sonli DMTT da hududni videomonitoring qilish tizimida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 23-apreldagi 33-8/2620-son ma’lumotnomasi). Natijada videotasvirlarda yorqinlikning keskin o‘zgarishi holatlarida yong‘in belgilarini avtomatik ravishda aniqlash ko‘rsatkichi oddiy videokuzatuv tizimiga nisbatan 1.4 barobarga oshirish imkonini bergan;
rang modeli bilan filtrlangan yaxlitlik buzilgan sohaning dinamik o‘zgarishi hamda fazo-vaqt munosabatlari bo‘yicha yong‘inni aniqlash jarayonini boshqarish tizimining algoritmining dasturiy modullari “O‘zTransgaz” AJ “Zirabuloq MGQB”da videokuzatuv tizimlarida hududni past yorqinlik sharoitlarida yong‘in belgilarini erta aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 23-apreldagi 33-8/2620-son ma’lumotnomasi). Natijada videotasvirda kam yorug‘lik va issiqlik rejimidagi o‘zgarishlar kabi yong‘inga o‘xshash vaziyatlarni avtomatik ravishda aniqlash videokuzatuv operatorining ish unumdorligini 5% ga oshirish imkonini bergan.