Turmanov Bekzod Hamroevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dipolyar kvant gazlarida nochiziqli to‘lqinlarning dinamikasi”, 01.04.02 – “Nazariy fizika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/FM280.
Ilmiy rahbar: Bayzakov Baxtiyor Bayzakovich, fizika matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy Universiteti, DSc.03/30.12.2019.FM.01.09.
Rasmiy opponentlar: Yavidov Baxram Yangibaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Tadjimuratov Sadulla Shamuratovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Parametrik rezonans hodisasi yordamida Faradey to‘lqinlarining yuzaga kelishini o‘rganish va sistema parametrlari uchun noturg‘unlik sohasini aniqlash; nochiziqlilikning yuqori tartibli hadlari hisobga olinganda sistemada statsionar kogerent kristallar yuzaga kelishi ko‘rsatish; bir komponentli dipolyar Boze-Eynshteyn kondensatida soliton birikmalarining bog‘langan holatlar hosil qilishini va uning dinamikasini o‘rganish;
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
Atomlarning dipolyar o‘zaro ta’sirlashuv davriy o‘zgarganda sistemada Faradey to‘lqinlari bilan bog‘liq zichlik modulyasiyasi yuzaga kelishi aniqlandi. Elementar g‘alayonlanish spektrida roton modasi mavjud bo‘lganda hosil bo‘ladigan zichlik to‘lqinlari bilan faqatgina fonon modasi bo‘lgandagi zichlik to‘lqinlaridan farqlanishi aniqlandi. Birinchi holatda hosil bo‘ladigan zichlik to‘lqinlari bir-biri bilan aralashib tepki (bieniy) andazani hosil qiladigan bir nechta fazoviy davriy to‘lqinlarning superpozisiyasi shaklida namoyon bo‘lsa, keyingi holatda esa zichlik modulyasiyasi monoxromatik to‘lqinga yaqindir.
Uch atomli itaruvchi xususiyatdagi kontakt o‘zaro ta’sirlashuvi yoki kvant fluktuatsiyasining stabillashtish effektlari kvazi-bir o‘lchamli dipolyar BEK da kogerent kristallarning mavjud bo‘lishida muhimligini ko‘rsatildi.
Kvazi-bir o‘lchamli BEK da atomlar orasidagi uzoq masofadan tortishish xarakteridagi o‘zaro ta’sirlashuv effektlari sababli yorqin solitonlarning bog‘langan holatlarni hosil qilishi aniqlandi. Ikki solitonli bog‘langan holatning to‘lqin formasi variatsion yaqinlashuv orqali aniqlandi. Ikki solitonli molekulaning bog‘lanish uzunligi variatsion metod asosida hisoblandi. Dipolyar o‘zaro ta’sirlashuv kuchi rezonans chastotada davriy o‘zgarganida ikki solitonli molekulaning mustaqil erkin solitonlarga ajralib ketishi mumkinligi ko‘rsatildi. Soliton molekulasining rezonans chastotasi variatsion metod yordamida baholandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ushbu dissertatsiyada olingan natijalar (scholar.google.com sayti ma’lumotlariga ko‘ra) boshqa 26 ta (2024 yil mart) ilmiy maqolalarda ishlatilgan va iqtibos keltirilgan. Quyida nufuzli xalqaro jurnallarda chop etilgan bunday nashrlarning bir nechtasini sanab o‘tamiz.
-Dipolyar kvant gazlarida zichlik to‘lqinlarining hosil bo‘lishi ishiga quyidagi ilmiy maqolalarda havola keltirilgan: L. Brito, L. Tomio, A. Gammal, Faraday waves on a bubble-trapped Bose-Einstein-condensed binary mixture, Phys. Rev. A 108, 053315 (2023); L. C. Pereira et al., Stability of matter-wave solitons in quasi-1d Bose-Einstein condensates trapped in Poschl-Teller potential subject to periodic perturbations through a numerical approach, Proc. Roman. Acad. A 21, 237 (2020).
-Kvazi-bir-o‘lchovli dipolyar kogerent kristallarning tebranishi ishida olingan asosiy natijalarga quyidagi ilmiy maqolalarda havola berilgan: S. Li, U. N. Le, H. Saito, Long-lifetime supersolid in a two component dipolar Bose-Einstein condensate, Phys. Rev. A 105, L061302 (2022); L. E. Young-S. and S. K. Adhikari, Dipole-mode and scissors-mode oscillations of a dipolar supersolid, Phys. Rev. A 107, 053318 (2023); Z. Shi, L. Qin, F. Badshah, Y. Zhou, and H. Huang, Faraday pattern formations in temporally driven Rydberg-dressed Bose-Einstein condensates, Phys. Rev. A 108, 063317 (2023); P. Juhasz et al., How to realize a homogeneous dipolar Bose gas in the roton regime, Phys. Rev. A 105, L061301 (2022).
-Dipolyar Boze-Eynshteyn kondensatidagi ikki soliton molekulasining tebranish spektri ishiga quyidagi ilmiy maqolalarda havola keltirilgan: I. Oreshnikov et al., Cherenkov radiation and scattering of external dispersive waves by two-color solitons, Phys. Rev. A 106, 053514 (2022); K. Mukherjee et al., Classical-linear-chain behavior from dipolar droples to supersolids, Phys. Rev. A 107, 043319 (2023); S. M. Moniri et al., Three-body and Coulomb interactions in a quasi two-dimensional dipolar Bose-condensed gas, Annals of Physics, 438, 168788 (2022); L. Qin et al., Stable high-dimensional weak-light soliton molecules and their active control, Laser and Photonics Reviews, 16, 2100297 (2022).

Yangiliklarga obuna bo‘lish