To‘xtamishev Botir Qo‘nishevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Paxta tozalash korxonalarining energiya samaradorligini oshirishning ilmiy asoslari, 05.05.07 – Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2016.2.T682  
Ilmiy maslahatchi: Isakov Abdusaid Jalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Ashiraf, texnika fanlari doktori, professor; Xoshimov Foziljon Abidovich, texnika fanlari doktori, professor; Muzaffarov Shavkat Mansurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Paxta sanoati ilmiy markazi AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  paxta xom ashyosini qayta ishlashning mavjud texnologik jarayonlarini tahlil qilish asosida, paxta sortlari ko‘rsatkichlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda, paxta xom ashyosiga ishlov berish bosqichida - tola va chigitlarning tabiiy sifatlarini saqlash orqali, texnologik qurilmalarni energiya samaradorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi qo‘yidagilardan iborat:
paxta tozalash korxonalarida paxtaning sortlari bo‘yicha qayta ishlashga tayyorlash jarayonlarida energiya sarfi me’yorlarini hisoblash, paxtani etishtirishdan qayta ishlashgacha bo‘lgan davrdagi sarf bo‘ladigan energiya sig‘imini va elektr energiyasi iste’molini baholashning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan;
paxtani sortlarini hisobga olgan holda va ularni qayta ishlash jarayonida elektr energiya ist’emoliga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni aniqlash va baholash hamda paxta xom ashyosining umumiy tuzilishini tavsiflovchi matematik modellari va algoritmlari tuzish bosqichlari ishlab chiqilgan, modellashtirish natijalarini tasdiqlovchi va yangi nazariy xususiyatlarning adekvatligini ifodalovchi eksperimental ma’lumotlar bazasi yaratilgan;
paxta tozalash tarmoqlarida texnologik mashina va jihozlarning energetik tasniflari, ish rejimlari va ularning eksplutatsiyaviy muammolarini aniqlash va ulardan foydalanishda energiya samaradorligini oshirishning ishlab chiqarish qurilmalarining optimal rejimlarini o‘rnatish bilan bog‘liq ilmiy asoslangan usullari yaratilgan;
paxta tozalash korxonalarida yuqori darajadagi nazorat qilinadigan energetik parametrlarning noaniqligi va jarayonlarning murakkabligi tufayli, o‘zgaruvchan rejimdagi korxonalarda ist’emol qilinadigan quvvatlarni shakllantirish, ishlab chiqariladigan mahsulotning energiya sig‘imini to‘liq baholash va elektr energiya ist’emolini me’yorlashtirish usullarini muhandislik hisoblarini amalga oshirish asosida boshqaruv algoritmlari  ishlab chiqilgan;
chastotali o‘zgartirgichlarni paxta tozalash korxonasining asosiy jin va pnevmotransport qurilmasining elektr dvigatellariga qo‘llash orqali qurilmalarga xom ashyoning bir maromda tushishini ta’minlab berish hisobiga energiya samaradorligiga erishishni asoslab berilgan, ya’ni asosiy qurilmalarning komponentlari o‘rtasida yuk taqsimoti mutlaq kommutatsiya barqarorligi maydoni aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta tozalash sanoati korxonasi energiya samaradorligini qurilmalarning optimal ishlash rejimlarini belgilash va asosiy qurilmalar jin va pnevmotransport elektr dvigatellariga chastota o‘zgartirgichlarni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
 paxtani qayta ishlash jarayonida asosiy texnologik mashinalarning energiya iste’molining tizimli taxlili asosida ishlab chiqilgan matematik modellardan Paxta-to‘qimachilik klasterlar uyushmasi tizimidagi paxtani qayta ishlash korxonalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Paxta-to‘qimachilik klasterlar uyushmasining 2024 yil 07 martdagi №04/11-118-sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta tozalash korxonalarida elektr energiyasidan oqilona foydalanishning  ilmiy uslubiy asoslarini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
paxtani etishtirishdan boshlab to qayta ishlashgacha bo‘lgan davrda sarf bo‘ladigan energiya sig‘imini hisoblash va shu asosda qurilmalarning optimal ishlash rejimlarini belgilash usullari Jizzax viloyati paxta-to‘qimachilik klasterlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlar uyushmasining 2024 yil 07 martdagi №04/11-118-sonli ma’lumotnomasi). Natijada korxonalarda energiya sarfi miqdorini 10 % gacha tejashga erishilgan.
Jin va pnevmotransportlarning elektr dvigatellariga chastota o‘zgartirgichlar Do‘stlik paxta tozalash korxonasida joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlar uyushmasining 2024 yil 07 martdagi №04/11-118-sonli ma’lumotnomasi). Natijada asosiy qurilmalarning ish unumdorligining pasportiga mos ishlatish orqali yiliga 334,8 ming kWt.soat elektr energiyasini tejash orqali 150 660 000 (bir yuz ellik million olti yuz oltmish ming) so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish