Rizaeva Nilufar Muxutdinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyo asosida biologik faol qo‘shimchalarning suyuq va yumshoq shakllari texnologiyasini nazariy va amaliy asoslari», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Far36.
Ilmiy maslahatchi: Maxmudjonova Komila Sultonovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Xakim Raxmonovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Sakipova Zuriyadda Bektimirovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Sotimov G‘ayrat Baxtierovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida biologik faol qo‘shimchalarning suyuq va yumshoq shakllarini ilmiy asoslangan tarkibini tanlash va texnologiyasini ishlab chiqish, sifatini baholash usullarini tavsiya etish va ularni tibbiyot amaliyotiga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ko‘k choy ekstrakti va askorbin kislotasini saqlagan «Askorbik-Drop» BFQning ilmiy asoslangan tarkibi tanlagan va modifikatsiyalangan azot oqimidan foydalanib texnologiyasi ishlab chiqilgan;
oshqozon ichak faoliyatini me’yorlashtiruvchi murakkab tarkibli «Stop-Gaz» BFQning ilmiy asoslangan tarkibi tanlangan, sifat va miqdor ko‘rsatkichlari barqarorligini ta’minlovchi texnologiyasi ishlab chiqilgan;
valeriana ekstraktini saqlagan murakkab tarkibli tinchlantiruvchi, uyqusizlikka qarshi tomchi shaklidagi «Somnium» BFQning mo‘’tadil texnologiyasi ishlab chiqilgan va sifat me’yorlari aniqlangan;
modda almashinuvini me’yorlashtiruvchi, polivitaminlar bilan boyitilgan «Kombivit» sirop shaklidagi BFQning murakkab tarkibini tanlashda faol moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlari hisobga olinib, texnologik jarayoni ishlab chiqilgan;
chuchukmiya va gulhayri quruq ekstraktlarini saqlagan yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishini oldini olish uchun mo‘ljallangan sirop shaklidagi «Mukalitik Qizilmiya» BFQ tarkibi ilmiy asoslangan, texnologiyasi ishlab chiqilgan va sifat me’yorlari aniqlangan;
“Mavstat” stomatologik gelning reologik xossalarini aniqlash natijasida u deformatsiya kuchlari qo‘llanilganidan so‘ng qayta tiklanish xususiyatiga ega tiksotrop tizim ekanligi hamda harorat oshishi qovushqoqlik, siljishning kuchlanishi kabi ko‘rsatkichlarning kamayishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyo asosida biologik faol qo‘shimchalarning suyuq va yumshoq shakllari texnologiyasini nazariy va amaliy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Stop-Gaz» biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shartlar (Ts 306766008-001:2020) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 306766008-001:2020) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, «HVARA» MChJda ichish uchun tomchi shaklidagi semitikon substansiyasi asosida el haydovchi biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Askorbik-Drop» biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shartlar (Ts 306766008-001:2020) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 306766008-001:2020) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, «HVARA» MChJda antioksidant xususiyatli tarkibida askorbin kislota va ko‘k choy ekstraktini saqlagan ichish uchun tomchi shaklidagi biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Kombivit» biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shartlar (Ts 306766008-001:2020) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 306766008-001:2020) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, «HVARA» MChJda moddalar almashinuvini yaxshilovchi, vitamin va aminokislotalar saqlagan sirop shaklidagi biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Somnium» biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shartlar (Ts 306766008-004:2021) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 306766008-005:2021) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, «HVARA» MChJda ichish uchun tomchi shaklidagi tinchlantiruvchi ta’sirli biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Mukalitik Qizilmiya» biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shartlar (Ts 306766008-003:2021) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 306766008-004:2021) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, «HVARA» MChJda yallig‘lanishni oldini oluvchi sirop shaklidagi biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan;
emul`siya, tomchi, gel` shaklidagi BFQlar texnologiyasini ishlab chiqishga oid natijalar asosida «5.71.05.01-farmatsiya» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «Farmatsevtik texnologiya» darsligi ishlab chiqilgan (Guvohnoma № 000-001). Natijada, texnikum o‘quvchilarining biologik faol qo‘shimchalar yaratish, ularni tarkibiga yordamchi moddalarni kiritish sohasidagi bilimlarini boyitish va mustaxkamlash imkonini bergan.