Egamberdiev Azizbek Akramjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Meva va sabzavotlarni quritishda takomillashtirilgan vakuum sublimatsion qurilma yaratish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4127.
Ilmiy rahbar: Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/31.03.2023.T.66.05.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Sherzod Mashrabjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Ismailov Oybek Yuliboevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: meva va sabzavotlarni quritish uchun yuqori samaradorlikka ega, takomillashtirilgan vakuum sublimatsion qurilma yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vakuum sublimatsion quritkichning issiqlik uzatuvchi quvurlarini ilk bor aylana shakldan oval shaklga o‘zgartirish hamda qurilmaga qo‘shimcha issiqlik uzatuvchi quvurlar konstruksiyasini o‘rnatish orqali kameradagi haroratni xomashyoga bir me’yorda taqsimlanishi aniqlangan;
takomillashtirilgan vakuum sublimatsion qurilma issiqlik uzatish quvurining ishchi yuzasi ortishi hisobiga ajralib chiqayotgan issiqlik quvvatini 406,8 dan 1629 Vt/soatgacha ko‘tarilishi aniqlangan;
vakuum va oqimlar yo‘nalishi yaxshilanishi hisobiga xurmo va anjirni quritish uchun sarflangan vaqt 2÷2,5 soatga, qovunni quritish uchun esa 3÷3,5 soatga qisqarishi isbotlangan;
takomillashtirilgan vakuum sublimatsion qurilmada quritish jarayoni texnologik parametrlarini mahsulot oxirgi namlik miqdori va jarayon davomiyligiga ta’siri aniqlangan;
xurmo, anjir va qovunni sublimatsion quritishda issiqlik yuklamasidan optimal foydalanib jarayonning texnologik samaradorligi isbotlangan va shu asosda vakuum sublimatsion quritkichning takomillashtirilgan yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Takomillashtirilgan vakuum sublimatsion qurilma yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
vakuum sublimatsion qurilmani takomillashtirish bo‘yicha tavsiya etilgan yangi qo‘shimcha konstruksiya “NAMMTI INNOVATION PRO SUB TECh” MChJ hamda “SUNNY LAND PRODUCS” MChJlarning “amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 11 yanvardagi 11-7/01-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, vakuum sublimatsion qurilmada quritishga nisbatan jarayon davomiyligini, xurmo va anjirni quritish uchun sarflangan vaqtni 2÷2,5 soatga, qovunda esa 3÷3,5 soatga qisqartirish hamda quritish uchun yil davomida qo‘shimcha 35 tagacha sikl qo‘shish imkonini bergan;
vakuum sublimatsion qurilmani takomillashtirish bo‘yicha tavsiya etilgan yangi qo‘shimcha konstruksiya “NAMMTI INNOVATION PRO SUB TECh” MChJ hamda “SUNNY LAND PRODUCS” MChJlarning “amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 11 yanvardagi 11-7/01-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, quritish kamerasi ichidagi issiqlik oqimining bir me’yorda taqsimlanishiga hamda xomashyolar tarkibidagi muz effuziya jarayonining jadallashishiga olib kelgan. Tayyor mahsulotlardagi oxirgi namlik miqdori xurmoda 2,2 %, anjirda 2,5 %, qovunda esa 2,4 % ni tashkil etib, ularning saqlash muddatlarini uzaytirish va sifat ko‘rsatkichlari buzilishini oldini olish imkonini bergan.