Djuraeva Nafisa Radjabovnaning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simlik- yog‘ aralashmalarini ishlab chiqarishda xomashyoni maqsadli kombinatsiyalashning ilmiy va amaliy  jihatlari», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/T439.
Ilmiy maslahatchi: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.  
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti: “Yog‘li emul`sion kompozisiya olish usuli” (№IAP 05975), “Oziqabop yog‘-unli mahsulotni olish usuli” (№IAP 05863), “ω6 i ω 3yog‘ kislotalari nisbati muvozanatlashtirilgan oziq-ovqat yog‘-unli mahsulot va uni olish usuli” (№IAP 07165).
II. Tadqiqotning maqsadi moyli va past moyli yog‘sizlantirilmagan (to‘liq yog‘li) xom ashyolardan foydalanib maqsadli muvozanatlangan yog‘ kislota tarkibiga ega emul`sion yog‘lar va boyitilgan suvsiz yog‘li-unli mahsulotlarni ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muvozanatlangan yog‘ kislota tarkibiga ega yog‘-unli mahsulotlarda bug‘doy murtagi uni va moyli zig‘ir urug‘i massasini dastlab yog‘sizlantirmasdan qo‘llashning maqsadga muvofiqligi nazariy jihatdan asoslab berilgan va tajriba yo‘li bilan isbotlangan (№IAP 05975, №IAP 05863, №IAP 07165);      
yog‘lar va o‘simlik tabiatli  qo‘shimchalardan tarkib topgan kompozit aralashmalarning ɷ-6 va ɷ-3 oilasi polito‘yinmagan yog‘ kislotalari bo‘yicha optimal nisbatini hisoblash usuli ishlab chiqilgan (№IAP05863, №IAP 07165);
emul`sion yog‘ mahsulotlari (margarinlar, ayniqsa, yog‘lilik darajasi past bo‘lgan margarinlar) yoki suvsiz yog‘lar va yog‘sizlantirilmagan moyli yoxud moylilik darajasi past bo‘lgan xom ashyolar asosida tayyorlangan   yog‘-unli aralashmalarning yuqori sifatini ta’minlaydigan reseptura komponentlarining turlari va nisbatlari optimallashtirilgan (№IAP 05975);
oziqaviy qiymati yuqori bo‘lgan maqsadli yog‘-unli mahsulotlarni olishning texnologik echimlari asoslangan (№IAP 05863, №IAP 07165);
yog‘li shirmoy non va unli qandolat mahsulotlari resepturasidagi an’anaviy yog‘ mahsulotlarini (margarin, suvsiz yog‘lar) ishlab chiqilgan yog‘ -unli mahsulotlar bilan almashtirishning maqsadga muvofiqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Margarinlar va yog‘-unli mahsulotlarni olish, shuningdek ulardan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yog‘li emul`sion kompozisiya olish usuli (№ IAP 05975) “SARDOBA AGRO HOLDING” MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2024 yil 18 martdagi  KS/3-73-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 80%-li va 60%-li yog‘lilikka ega margarinlarga 2,5% miqdorida dastlab termik ishlov berilgan mayin disperslangan bug‘doy murtak mahsuloti unini stabilizator sifatida qo‘shish margarin emul`siyasining barqarorligini oshirishga, kristallanishdan keyin margarinlar mo‘rtligining oldini olishga, ularning plastikligini yaxshilashga, rentabellikni mos ravishda 0,51 va 0,61% ga oshirishga erishilgan hamda 4141 t mahsulot ishlab chiqarilishi natijasida yillik samaradorlik o‘rtacha 215 mln. 508 ming so‘mni tashkil etgan;
oziqabop yog‘-unli mahsulotni olish usuli (№ IAP 05863) “SARDOBA AGRO HOLDING” MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2024 yil 18 martdagi  KS/3-73-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ɷ6 va ɷ3 yog‘ kislotalari muvozanatlangan tarkibga ega unli pishiriqlar uchun mo‘ljallangan funksional oziq-ovqat yog‘-unli mahsuloti olingan, moddiy xarajatlar qisqarishi hisobidan rentabellikni 9,0% ga oshirishga erishilgan hamda 3759 t mahsulot ishlab chiqarilishi natijasida yillik samaradorlik 533 mln. 499 ming so‘mni tashkil etgan;
ω6 va ω 3yog‘ kislotalari nisbati muvozanatlashtirilgan oziq-ovqat yog‘-unli mahsuloti va uni olish usuli (№IAP 07165) “SARDOBA AGRO HOLDING” MChJ va “CHIRCHIQ GRAND SAVDO” MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2024 yil 18 martdagi KS/3-73-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ɷ6 va ɷ3 yog‘ kislotalarining muvozanatlangan tarkibiga ega unli pishiriqlar uchun mo‘ljallangan funksional oziq-ovqat yog‘-unli mahsuloti olingan, moddiy xarajatlar qisqarishi hisobidan rentabellikni 2,0% ga oshirishga erishilgan hamda mos ravishda “SARDOBA AGRO HOLDING” MChJda bir yilda 3240 t mahsulot ishlab chiqarilishi natijasida yillik samaradorlik 307 mln. 597 ming so‘mni, “CHIRCHIQ GRAND SAVDO” MChJda  bir yilda 1510 t mahsulot ishlab chiqarilishi natijasida yillik samaradorlik 122 mln. 753 ming so‘mni tashkil etgan;
ixtiro patentlarida bayon etilgan usullarda olingan yog‘li kompozit mahsulotlar “Pasquale” MChJ, “Ko’k Saroy” MChJ va “Oltin Boshoq Issiq Noni” MChJ korxonalarida non va unli qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan (“O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati” uyushmasining 2024 yil 13 maydagi 13-45/05-24-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarishdagi resepturaviy un va yog‘ mahsulotlari sarfining tejalishi hisobidan rentabellikning oshishi natijasida qo‘shimcha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish