To‘xtasinov Farxod Raxmonberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sabzavot-poliz ekinlari nematodalari va parazit turlariga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralarini ishlab chiqish (Farg‘ona viloyati misolida)», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/B882.
Ilmiy rahbar: Eshova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Xurramov Alisher Shukurovich, biologiya fanlari doktori, professor; Haydarova Pardaxol Boboqulovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyati sharoitida etishtiriladigan sabzavot va poliz ekinlari va ularning ildiz tizimi atrofidagi tuproqlarda tarqalgan fitonematodalar faunasi tarkibini aniqlash hamda keng tarqalgan parazit turlariga qarshi samarali kurash chora tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona viloyati sabzavot-poliz ekinlari nematodalari faunasi tarkibi 98 turdan iborat ekanligi va topilgan turlarning koordinatalari aniqlangan;
Farg‘ona viloyati sabzavot-poliz ekinlari nematodalarining taksonomik va ekologik tarkibi o‘simlik organlarining tuzilishi va agrotexnik tadbirlar bilan bog‘liqligi ochib berilgan;
Farg‘ona viloyatida sabzavot-poliz ekinlari nematodalari jamoasining o‘zaro o‘xshashlik koeffisienti aniqlangan;
ilk marotaba ildiz bo‘rtma nematodalarining o‘simliklarga keltiradigan zararini kamaytirishda bodring va oshqovoq ildizlarini “naycha” payvandlash orqali payvandlashning ahamiyati ochib berilgan.
sabzavot-poliz ekinlarida ildiz bo‘rtma nematodalarining tarqalishi va zararlilik darajasi aniqlangan;
sabzavot-poliz ekinlari parazit nematodalarining tarqalishiga qarshi oldini olish, kimyoviy hamda atrof muhit uchun bezarar chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sabzavot-poliz ekinlari nematodalari, parazit turlari va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish (Farg‘ona viloyati misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Meloidogyne avlodi bo‘rtma nematodalari bilan zararlangan tuproqlardagi pomidor ekinida nematodalarga qarshi nematozin (30% s.k.) preparatini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi “Sarvarjon Ortiqboy o‘g‘li” fermer xo‘jaligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 2 iyundagi 05/34-05/2680-son maʼlumotnomasi). Natijada, bo‘rtma nematodalari bilan zararlangan tuproqlarda o‘rtacha 3.6 tonnagacha pomidor hosilini saqlab qolish imkonini bergan;
Meloidogyne avlodi bo‘rtma nematodalari bilan zararlangan tuproqlardagi bodring va pomidor ekinlarida nematodalarga qarshi nematorin (30 kg/ga sarf-meyori) preparatini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi “Sarvarjon Ortiqboy o‘g‘li” fermer xo‘jaligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining 2023 yil 31 avgustdagi 2-20/1386-son maʼlumotnomasi). Natijada, bo‘rtma nematodalari bilan zararlangan tuproqlarda o‘rtacha 4 tonnagacha bodring hosili va bo‘rtma nematodalari bilan zararlangan tuproqlarda gektariga o‘rtacha 2,8 tonnagacha pomidor hosilini saqlab qolish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish