Qodirov Sardor Musurmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida piridin hosilalarini geterogen-katalitik sintezi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T2612.
Ilmiy rahbar: Vapoev Husnitdin Mirzoevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Xasan Irgashevich, texnika fanlari doktori, professor; Abdurazakov Askar Sheralievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: piridin hosilalarini sintez qilish uchun mahalliy xomashyolardan samarali geterogen katalizatorlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolardan (kaolin, bentonit va opoka jinsi) turli nisbatlariga ega yangi geterogen yuqori selektiv katalizatorlar ishlab chiqilgan;
2-metilpiridin va 4-metilpiridinni sintez qilishda kaolin, bentonit va opoka jinsi asosidagi yangi geterogen katalizatorlarning katalitik xossalari (faolligi, selektivligi va mexanik xususiyatlari) aniqlangan;
geterogen-katalitik sintez jarayoni vaqtining davomiyligi va harorati, katalizatorlar tabiatining asosiy mahsulotlar unumiga ta’siriga aniqlangan hamda mono va diaktiv katalitik tizimlarning faollik qatori tuzilgan;
mahalliy komponentlar asosida geterogen-katalitik usul yordamida piridin hosilalarini sintez qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, jarayonning moddiy balanslari tuzilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida piridin hosilalarini geterogen-katalitik sintezi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida quyidagi natijalarga erishildi:
piridin hosilalarini geterogen-katalitik usulda sintez qilish texnologiyasi “Navoiyazot” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiyazot” AJning 2024 yil 14 maydagi 02/2589-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy komponentlar asosida piridin hosilalarini olish imkonini bergan;
metall korroziya ingibitorlarining samaradorligini aniqlash usuli «Navoiy KMK» aksiyadorlik jamiyatida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy KMK» AJning 2024 yil yil 29 martdagi 23/01-01-07/139-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2-metilpiridin va 4-metilpiridindan iborat ingibitorlarni 50-200 mg/l konsentratsiyada aylanma suv ta’minoti tizimlari uchun qo‘llaganda metall namunalarini mos ravishda 92,4-91,4% himoya qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish