Ibrohimova Dilobar Xabibullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erkaklarda semiizlik profilaktikasini takomillashtirish», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2087.
Ilmiy rahbar: Shayxova Guli Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: erkaklardagi semizlikni oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
30 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklarda ortiqcha tana og‘irligining chastotasi (semizlikning I-III darajasi), kasallanish va salomatlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xavf omillari, I-III darajadagi semizlik bilan kasallanish o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
ilk bor semiz erkaklar uchun fraksiyalangan va termik qayta ishlangan bo‘g‘doy kepagi uchun texnik shartlar va texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqilgan;
ilk bor yangi mahsulot – ozuqaviy kepakning biologik va ozuqaviy qiymati isbotlanib, tajriba hayvonlarining tana og‘irlik statusiga yangi mahsulotning ta’siri aniqlangan;
I-III darajali semizligi bo‘lgan erkaklar uchun ilmiy asoslangan gipokaloriyali yuqori oqsilli parhezning, shuningdek sog‘lom turmush tarzining ustivorliklari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 4 maydagi 03/97-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024 yil 23 fevraldagi 03/402-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: 30 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklarda ortiqcha tana vaznining darajasi (semizlikning I-III darajasi), kasallanish va salomatlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xavf omillari, I-III darajadagi semizlik bilan kasallanish o‘rtasidagi bog‘liqlikligi asosida semiz erkaklarning amaldagi ovqatlanishining son va sifat ko‘rsatkichlari asoslangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘yicha 20.03.2024 yildagi 47-son hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Andijon viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasining Andijon tuman bo‘limi bo‘yicha 20.03.2024 yildagi 04-39-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 30 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklarda ortiqcha tana vaznining darajasi (semizlikning I-III darajasi), kasallanish va salomatlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xavf omillari, I-III darajadagi semizlik bilan kasallanish o‘rtasidagi bog‘liqlikligi asosida semiz erkaklarning amaldagi ovqatlanishining son va sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi kasallikning rivojlanishga asos bo‘lishi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 30 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklarda ortiqcha tana vaznining darajasi (semizlikning I-III darajasi), kasallanish va salomatlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xavf omillari, I-III darajadagi semizlik bilan kasallanish o‘rtasidagi bog‘liqlikligi asosida semiz erkaklarning amaldagi ovqatlanishining son va sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarishi baholash maqsadida bir nafar bemor uchun 109000 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan (shifoxonalarning preyskurantiga ko‘ra turli ortiqcha tana vaznini o‘zgarishini baholash maqsadida 1 kun davolanish 109000 so‘mni, semizlikni oldini olish maqsadida 110000 ming so‘mni, xo‘jalik hisobida davolash uchun bir patsient uchun bir kunga 130000 so‘mni iqtisod qilinadi). Xulosa: 30 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklarda ortiqcha tana vaznining darajasi (semizlikning I-III darajasi), kasallanish va salomatlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xavf omillari, I-III darajadagi semizlik bilan kasallanish o‘rtasidagi bog‘liqlikligi asosida semiz erkaklarning amaldagi ovqatlanishining son va sifat ko‘rsatkichlari bog‘liqligini oldini olish natijasida 109000-130000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor semiz erkaklar uchun fraksiyalangan va termik qayta ishlangan bug‘doy kepagi uchun ishlab chiqilga texnik shartlar va texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘yicha 20.03.2024 yildagi 47-son hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Andijon viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasining Andijon tuman bo‘limi bo‘yicha 20.03.2024 yildagi 04-39-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilk bor semiz erkaklar uchun fraksiyalangan va termik qayta ishlangan bug‘doy kepagi uchun texnik shartlar va texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish orqali patsientlarning salomatlik holatini yaxshilash, kasalliklarning oldini olish va umr ko‘rish davomiyliligi o‘zgarishlarning oldini olishdagi muhim zaxira deb hisoblasa bo‘ladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ilk bor semiz erkaklar uchun fraksiyalangan va termik qayta ishlangan bug‘doy kepagi uchun texnik shartlar va texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish bir mahsulotga 314400 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ilk bor semiz erkaklar uchun fraksiyalangan va termik qayta ishlangan bug‘doy kepagi uchun texnik shartlar va texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish uchun 314400 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor yangi mahsulot – ozuqaviy kepakning biologik va ozuqaviy qiymati isbotlanib, tajriba hayvonlarining tana og‘irlik statusiga yangi mahsulotning ta’siri aniqlangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘yicha 20.03.2024 yildagi 47-son hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Andijon viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasining Andijon tuman bo‘limi bo‘yicha 20.03.2024 yildagi 04-39-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilk bor yangi mahsulot-ozuqaviy kepakning biologik va ozuqaviy qiymati gigienik baholangan hamda tajriba hayvonlarining tana og‘irlik statusiga yangi mahsulot ta’sirining ijobiy xususiyatlari ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan alimentar kasalliklarning oldini olish, turli darajadagi semirish natijasida yuzaga keladigan asoratlar natijasida shakllanadigan kasalliklar sonining keskin ortishi va uning umr ko‘rish davomiyligiga ta’sirini oldini olishning gigienik jihatlariga batafsil echim topishga asos bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ilk bor yangi mahsulot – ozuqaviy kepakning biologik va ozuqaviy qiymati gigienik baholangan hamda tajriba hayvonlarining tana og‘irlik statusiga yangi mahsulot ta’sirining ijobiy xususiyatlari baholash, mahsulotning samaradorligi va xavfsizligini baholash maqsadida toksikologik tadiqoqotlarni amalga oshirish uchun o‘tkir toksikligini baholashga 7000000 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ilk bor yangi mahsulot – ozuqaviy kepakning biologik va ozuqaviy qiymati gigienik baholangan hamda tajriba hayvonlarining tana og‘irlik statusiga yangi mahsulot ta’sirining ijobiy xususiyatlarning o‘rni isbotlash uchun byudjet mablag‘laridan 7000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: I-III darajali semizligi bo‘lgan erkaklar uchun ilmiy asoslangan gipokaloriyali yuqori oqsilli parhezning, shuningdek sog‘lom turmush tarzining ustivorliklari asoslangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘yicha 20.03.2024 yildagi 47-son hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Andijon viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasining Andijon tuman bo‘limi bo‘yicha 20.03.2024 yildagi 04-39-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: I-III darajali semizligi bo‘lgan erkaklar uchun ilmiy asoslangan gipokaloriyali yuqori oqsilli parhez, shuningdek sog‘lom turmush tarzining ustivorliklari ishlab chiqish orqali bemorlarning endogen semirishini oldini olish va uning asoratlarni kamaytirishga erishishning asoslangan qirralari ochib berilganligi bilan izohlanishi va kasallanish darajasini kamaytirish, nogironlikni oldini olishga sharoit yaratilganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: I-III darajali semizligi bo‘lgan erkaklar uchun ilmiy asoslangan gipokaloriyali yuqori oqsilli parhez, shuningdek sog‘lom turmush tarzining ustivorliklari ishlab chiqish va alimentar kasallkilarning oldini olish maqsadida mahsulotning samaradorligini baholashga 3000000 so‘mni, iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: I-III darajali semizligi bo‘lgan erkaklar uchun ilmiy asoslangan gipokaloriyali yuqori oqsilli parhezni samaradorligini baholash uchun 3000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.