Tuksonboev Nurmuxammad Xamzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Katta yoshdagi bemorlarda bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtigini jarroxlik davosidan so‘ng burun deformatsiyasini estetik va funksional reabilitatsiyasi», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib.2837.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Abduazim Abduvalevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupov Ruslan Dokkaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: MARA Texnologiya universiteti (Malayziya).
II. Tadqiqotning maqsadi: bir tomonlama yuqori lab va tanglay to‘liq tug‘ma nuqsonli bemorlada xeyloplastikadan keyingi burunning ikkilamchi deformatsiyasini operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtikli bemorlarning xeyloplastika operatsiyasidan keyingi burun deformatsiyasini rinoplastika+septoplastika va rinoplastikaning o‘zini qo‘llagan xolda burunning funsional va estetik natijalari asoslangan;
bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtigining xeyloplastikadan keyingi burun va yuqori lab qizil xoshiyasining V shaklidagi tirqishi va lab konturining og‘ishi kabi deformatsiyasi asoslangan;
ilk bor, bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtikli bemorlarda burunning ikkilamchi deformatsiyasini bartaraf etish uchun togayli transplantant erdamida septoplastika kilish samaradorligi isbotlangan;
bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtikli bemorlarni xeyloplastikadan keyingi burun deformatsiyasini operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi ko‘rsatkichlar ROE surovnomasiga asoslangan holda rinoplastika+septoplastika o‘tqazilgan guruh bemorlarda burunning ventilyasiya vazifasi va burun tusigini ogishini baxolash orkali reabilitatsiya samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 24 fevraldagi 16-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 15-martdagi 868-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor, bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtikli bemorlarning xeyloplastika operatsiyasidan keyingi burun deformatsiyasini rinoplastika+septoplastika va rinoplastikaning o‘zini qo‘llagan xolda burunning funsional va estetik natijalari asoslangan. Ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtikli bemorlarning xeyloplastika operatsiyasidan keyingi burun deformatsiyasini rinoplastika+septoplastika va rinoplastikaning o‘zini qo‘llagan xolda burunning funsional va estetik natijalari qiyosan tahlil qilindi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtikli bemorlarda xeyloplastikadan keyingi burun deformatsiyasining rinolpastikani septoplastika bilan kullagan xolda burunning fakatgina estetik xolati emas balki funkisonal xususiyatlari yaxshilanganligi isbotlandi.Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Katta yoshdagi bemorlarda bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtigini jarroxlik davosidan so‘ng burun deformatsiyasini estetik va funksional reabilitatsiyasi Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi (24.06.2023 y. №35), Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (28.06.2023 y. №6) yuz-jag‘ jarroxligi bo‘limlarida amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi kuyidagilardan iborat: • olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi aholi o‘rtasida burun ikkilamchi deformatsiyalarini uz vaqtida aniqlash va bartaraf etish; • davo muolajalarini individual tanlab berish bemorlarda kuzatiladigan asoratlarni oldini olishga va davo samarasini oshirish; • bemorlarda estetik va funksional xususiyatlarni tiklaydi; • burunning nafas olish funksiyasi septoplastika qilinmagan bemorlarga nisbatan 85-95 % gacha yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Burun ikkilamchi deformatsiyasi bor bemorlarda davolash tadbirlarni ishlab chiqarilishi natijasida 1 nafar bemor uchun 5500000 so‘m iqtisod qilindi. (tajribaga ko‘ra 15,6 foiz bemorlarda qayta jarroxlik (ikkinchi jarroxlik) operatsiyasi amalga oshiriladi). Qayta jarrohlik amaliyoti darajasini 21,6 foizdan 8,2 foizga kamaytirgan (1 nafar bemordan 5500000 so‘m iqtisod qilinsa yiliga 106 nafar bemordan kasallik kaytalanishi 5 bemordan 2 bemorgacha ikkilamchi jarroxlik operatsiya kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 5500000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy kursatkich 8250000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil etadi. Xulosa: Ushbu holatda aytib o‘tilgan davolash taktikasining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 8900000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 4000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: « Katta yoshdagi bemorlarda bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtigini jarroxlik davosidan so‘ng burun deformatsiyasini estetik va funksional reabilitatsiyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 15-martdagi 869-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtigining xeyloplastikadan keyingi burun va yuqori lab qizil xoshiyasining V shaklidagi tirqishi va lab konturining og‘ishi kabi deformatsiyasi asoslangan. Ilmiy yangilikning mohiyati: Bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtigining xeyloplastikadan keyingi burun va yuqori lab deformatsiyasi kliniko-anatomik xususiyatlari o‘rganildi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Olingan ma’lumotlarga asoslangan xolatda yuqori labning V simon uyig‘i va yuqori lab konturining deviatsiyasi 50,9 % ni tashkil kildi. Shu bilan mos ravishda yuqori labning bir tomonlama qalinlashishi 4.7% ni va bir tomonlama ingichkalashishi 5.6 % ni tashkil qildi. Shu bilan bir vaqtda yuqori labning kelloid deformatsiyasi va dumboqchalar deformatsifiyasi uchramadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Katta yoshdagi bemorlarda bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtigini jarroxlik davosidan so‘ng burun deformatsiyasini estetik va funksional reabilitatsiyasi Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi (24.06.2023 y. №35), Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (28.06.2023 y. №6) yuz-jag‘ jarroxligi bo‘limlarida amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi; • asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlar davolashdan keyingi reabilitatsiya tez amalga oshadi va faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytaradi; • ushbu kasallikka chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 5500000 so‘m iqtisod qilindi (xar xil stomatologik tekshiruv amaliyotlari paytida kasallik rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemorlarning 16% (50 dan 8 ta bemorlar) burunning ikkilamchi deformatsiyasi bor bemorlarda umumiy harajatlarini 44000000 (8 nafar bemor uchun) so‘mga iqtisod qiladi). Xulosa: ushbu xolatning amaliyotga joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 46000000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 15000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Katta yoshdagi bemorlarda bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtigini jarroxlik davosidan so‘ng burun deformatsiyasini estetik va funksional reabilitatsiyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 15-martdagi 869-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor, bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtikli bemorlarda burunning ikkilamchi deformatsiyasini bartaraf etish uchun togayli transplantant erdamida septoplastika kilish samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning mohiyati: Burun ikkilamchi deformatsiyasi mavjud bulgan bemorlarning burun o‘rta to‘sig‘ining og‘ish darajasini aniqlash bo‘yicha qiyosiy tahlildan o‘tkazildi; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Burun deformatsiyasi mavjud bulgan bemorlarning operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyindi davrdagi burun funksiyasi muxim omil xisoblanadi. Ikkala gurux bemorlarda burun o‘rta tusigining og‘ish darajasi antropometrik usulda aniqlanib operatsiyadan oldin va operatsiyadan 3 oy o‘tib qayta tekshirildi. Bu o‘tqazilgan antropometrik usulga asoslangan holda birinchi gurux bemorlarda burun o‘rta to‘sig‘ining og‘ish darajasi 19.4 dan 12.6 gradusgacha, ikkinchi-kontrol guruh bemorlarda 17.6 dan 16.8 gradusgacha kamayganligi, ya`ni deyarli o‘zgarish bo‘lmaganligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Katta yoshdagi bemorlarda bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtigini jarroxlik davosidan so‘ng burun deformatsiyasini estetik va funksional reabilitatsiyasi Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi (24.06.2023 y. №35), Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (28.06.2023 y. №6) yuz-jag‘ jarroxligi bo‘limlarida amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • kasallikdan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi; • kasallikdan keyingi asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtiradi; • ushbu davolanishdan keyin bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun ushbu keltirilgan tekshiruv amaliyoti bemorlarning davolanishdan keyingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi, kuyidagicha: qayta ko‘rik – 100000 sum; xom ashyo – 150000 sum; tikuv materiallari-200000 sum; (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 450000 sum tashkil qildi, yillik qaytalangan bemorlar soni 3, umumiy iqtisodiy samaradorlik esa 1350000 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: ushbu tekshiruv usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 880000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 470000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: « Katta yoshdagi bemorlarda bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtigini jarroxlik davosidan so‘ng burun deformatsiyasini estetik va funksional reabilitatsiyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 15-martdagi 869-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtikli bemorlarni xeyloplastikadan keyingi burun deformatsiyasini operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi ko‘rsatkichlar ROE surovnomasiga asoslangan holda rinoplastika+septoplastika o‘tqazilgan guruh bemorlarda burunning ventilyasiya vazifasi va burun tusigini ogishini baxolash orkali reabilitatsiya samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning mohiyati: bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtikli bemorlarni xeyloplastikadan keyingi burun deformatsiyasini operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi ko‘rsatkichlar ROE savolnomasiga asoslangan holda rinoplastika-septoplastika o‘tqazilgan guruh bemorlarda samaradorlik balandligi isbotlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtikli xeyloplastikadan keyingi burun deformatsiyasi operatsiyadan oldin va operatsiyadan 3 oy utib ROE savolnomasiga asoslangan holda tekshirish o‘tkazildi. 5 ta savoldan iborat bu savolnomada rinoplastida+septoplastika guruh 56 ta bemorda ko‘rsatkich sezilarli darajada oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Katta yoshdagi bemorlarda bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtigini jarroxlik davosidan so‘ng burun deformatsiyasini estetik va funksional reabilitatsiyasi Samarqand shaxar tibbiyot birlamshmasi (24.06.2023 y. №35), Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (28.06.2023 y. №6) yuz-jag‘ jarroxligi bo‘limlarida amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • bemorlarni davolash samaradorligini oshirish natijasida ikkilamchi deformatsiya bor bemorlarning kundalik hayot faoliyati yaxshilanadi va kasalxonaga yotib davolanish kunini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: • bemorning shifoxonada qolish muddatini 9,1 kundan 5,3 kunga (4 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 700 ming so‘mga kamaytirdi (preyskurantga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 175000 so‘mni tashkil qiladi); • shifoxonada bo‘lish davrining 4 kunga qisqartirilishi hisobiga 480 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 120000 so‘m dori vositalari sarflanadi); • shifoxonada bo‘lish davrining 4 kunga qisqartirilishi hisobiga 160 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 40000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 67000000 so‘mni tashkil etadi (50 ta operatsiya bo‘yicha 1 340 000*50 = 67000000 so‘mni tashkil etadi (reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish hisobiga; byudjet mablag‘larini 44800000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 22200000 so‘m); 15000000 - ikkinchi operatsiya narxini kamaytirish orqali samaradorlikka erishiladi. 3 ta bemorda jarroxlikdan keyin asoratlar chastotasini kamaytirish hisobiga 800000 sum iqtisod qilindi. Jami: 82800000 so‘m. Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 57950000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 24850000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: « Katta yoshdagi bemorlarda bir tomonlama yuqori lab va tanglay kemtigini jarroxlik davosidan so‘ng burun deformatsiyasini estetik va funksional reabilitatsiyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 15-martdagi 869-sonli xat yuborilgan.