Xusainov Jahongir Bahodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa turizm salohiyatidan samarali foydalanish (Xorazm viloyati misolida)”. 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt3081
Ilmiy rahbar: Xudayberganov Dilshod Tuxtabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdurashid Madjidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xodjaniyazov Elbek Sardorovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati mintaqasida turizm salohiyatidan samarali foydalanish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa turizmi salohiyatini oshirish va undan samarali foydalanish imkoniyatlarini iqtisodiy salohiyat (6-10 ball) va resurs salohiyati (1-5 ball) uslublari orqali baholash taklif etilgan;
 “turizm salohiyati” kategoriyasini shakllantiruvchi xususiyatiga ega bo‘lgan Xiva va Urganch shaharlari hududlarini “yuqori salohiyatli hudud” (0,8-1,0), Xiva, Bog‘ot, Hazorasp, Shovot va Tuproqqalʼa tumanlari hududlarini “o‘rta salohiyatli hudud” (0,5-0,7) hamda Gurlan, Qo‘shko‘pir, Urganch, Xonqa, Yangiariq, Yangibozor tumanlari hududlarini “past salohiyatli hudud” (0,1-0,4) darajalarda baholash taklifi asoslangan;
Xorazm viloyati mintaqasida turizmi salohiyatini oshirish va undan samarali foydalanishga qaratilgan o‘zaro integratsion modelni joylashtirish vositalari, oilaviy mehmon uylari va xostellar, tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmi vositalari, turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi subektlar o‘rtasida tashkil etish tuzilmasi taklif etilgan;
Xorazm viloyati mintaqasida turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan ko‘rsatkichlarning 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati mintaqasida turizm salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa turizmi salohiyatini oshirish va undan samarali foydalanish imkoniyatlarini iqtisodiy salohiyat (6-10 ball) va resurs salohiyati (1-5 ball) uslublari orqali baholash bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 546-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 30-yanvardagi 15-339-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada faoliyat ko‘rsatadigan turistik agentlik va operatorlik firmalarining turizm salohiyatini oshirish faoliyatini baholash yo‘nalishlarini tadqiq qilish imkonini bergan;
“turizm salohiyati” kategoriyasini shakllantiruvchi xususiyatiga ega bo‘lgan Xiva va Urganch shaharlari hududlarini “yuqori salohiyatli hudud” (0,8-1,0), Xiva, Bog‘ot, Hazorasp va Shovot tumanlari hududlarini “o‘rta salohiyatli hudud” (0,5-0,7) hamda Gurlan, Qo‘shko‘pir, Urganch, Xonqa, Yangiariq, Yangibozor va Tuproqqalʼa tumanlari hududlarini “past salohiyatli hudud” (0,1-0,4) darajalarda baholash taklifi Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 546-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 30-yanvardagi 15-339-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan samarali reja va dasturlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Xorazm viloyati mintaqasida turizmi salohiyatini oshirish va undan samarali foydalanishga qaratilgan o‘zaro integratsion modelni joylashtirish vositalari, oilaviy mehmon uylari va xostellar, tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmi vositalari, turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi subektlar o‘rtasida tuzilmasini tashkil etish taklifi Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 546-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 30-yanvardagi 15-339-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-2030-yillar uchun mo‘ljallangan Xorazm viloyatida turizmi salohiyatini oshirish va undan samarali foydalanishga qaratilgan o‘zaro integratsion model tuzilmasi tuzilib, shu asosda turizmi salohiyatidan samarali foydalanishga erishilgan;
Xorazm viloyati mintaqasida turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan ko‘satkichlarning 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 546-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 30-yanvardagi 15-339-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz natijalariga ko‘ra, mintaqada turizm salohiyatini oshirish hajmi o‘rtacha 5-10 foizga oshgan hamda mazkur prognoz ko‘rsatkichlari qiymatlaridan turizm salohiyatiga oid rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish