Akramov Shohruh Shuxratjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuproqqa ishlov berish va takroriy ekinlarning tuproq unumdorligini oshirishdagi  samaradorligi (Farg‘ona viloyati tuproq-iqlim sharoiti misolida)”, 06.01.01-Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx987.
Ilmiy rahbar: Botirov Mirzoxid Ismonxo‘jaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dosent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Ataboeva Ma’mura Sadirdin qizi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Salomov Shavkat Turobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyatining eskidan sug‘oriladigan  och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida 2:2 navbatlab ekish tizimida kuzgi bug‘doydan keyin tuproqqa yozgi ishlov berish usullari hamda muddatlarini, takroriy ekilgan soya ekinini  tuproq unumdorligiga, xossalariga bug‘doy, g‘o‘za hosildorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona viloyatining eskitdan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida navbatlab ekishning 2:2 tizimida kuzgi bug‘doydan keyin yozda tuproqqa ag‘darmasdan 20-25 sm chuqurlikda ishlov berib, ikki yil takroriy ekin sifatida soya, ikki yil g‘o‘za ekilishi tuproq xossalariga, o‘simliklarni o‘sish rivojlanishiga ijobiy ta’siri aniqlangan;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida tuproqqa kuzgi bug‘doydan keyin yozda 20-25 sm chuqurlikda ag‘darmasdan ishlov berilib, takroriy ekin sifatida soya ekilishi ta’sirida tuproqning 0-30 sm qatlamidagi agranamik jihatdan qimmatli agregatlar tarkibi 6,05% ga ortgan, hajm og‘irligi 0,4 g/sm3 ga kamaygan, g‘ovakliligi esa 2,5% ga ortganligi aniqlangan;
tuproqni yozda ag‘darmasdan 20-25 sm chuqurlikda haydash, 2:2 navbatlab ekish tizimida takroriy ekin sifatida soyaning ikki marta ekilishi tuproqning suv o‘tkazuvchanligini yaxshilab, dastlabkidan 156,4 m3/ga ortishi, tuproqdagi xarakatchan oziqa moddalari miqdori ortib, N10,68R19,2K286 mg/kg bo‘lishi isbotlangan;
tuproqni yozda 20-25 sm chuqurlikda ag‘darmay haydash takroriy ekin sifatida o‘stirilgan soyadan ikki yilda o‘rtacha 29,3 s/ga don hosili olish bilan tuproqda 25,3 s/ga ang‘iz hamda ildiz qoldiqlari qolishi aniqlangan;
tuproqni haydash usullari, muddatlari va takroriy ekinlarni g‘o‘zaning o‘sishi-rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ikki yilda o‘rtacha bitta o‘simlikda 13 dona ko‘sak hosil bo‘lishi bilan bir dona ko‘sak og‘irligi 5,4 g. ga to‘g‘ri kelishi natijasida hosildorlikni 41,4 s/ga bo‘lishi, olingan tolaning sifatli bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuproqqa ishlov berish usullari, muddatlarini takroriy ekinlar ekilishini g‘o‘zaga bo‘lgan ta’siri bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida:
Respublikamizdagi mavjud fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun “Tuproqqa ishlov berish, sideratlar va takroriy ekinlarning tuproq unumdorligini oshirishdagi axamiyati” bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 8-apreldagi 06/28-28-06/346-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma fermer va dehqon xo‘jaliklarida navbatlab ekishning 2:2 tizimini qo‘llashda muhim amaliy ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda.
Tuproqqa ishlov berishning kuzgi bug‘doydan keyin (yozda) 20-25 sm sm. chuqurlikda ag‘darmay haydash usuli va takroriy ekinlarni ekish texnologiyasi Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida jami 34,4 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 8-apreldagi 06/28-28-06/346-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kuzgi bug‘doyning don hosili 7,0 s/ga, takroriy ekilgan soyaning don hosili 29,3 s/ga va paxta hosili ikki yilda o‘rtacha 41,4 s/ga ni tashkil etgan.
Och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy va g‘o‘zaning qisqa muddatli 2:2 navbatlab ekish tizimini qo‘llashda g‘o‘za va bug‘doy navlarining biologiyasi va etishtirish agrotexnologiyasidan kelib chiqqan holda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 8-apreldagi 06/28-28-06/346-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi bug‘doy va g‘o‘zaning qisqa muddatli 2:2 navbatlab ekish tizimida ikki marta takroriy ekin sifatida soyadan so‘ng g‘o‘za o‘stirilishi orqali ikkinchi yili paxta hosilini ortishiga, o‘rtacha 41,4 s/ga va rentabillik darajasi esa 56,2% bo‘lishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish