Rahimov Qodir Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Professional boshqaruv kompaniyalarini uy-joy fondini boshqarishga jalb etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment”
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3109
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Ilmiy kengash faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat trasnport universiteti, DSc.15/31.12.2020.I.09.04
Ilmiy rahbar: Hasanov Tohir Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Rasmiy opponentlar: Turaev Baxodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Buriev Xakim Toshimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor;
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Iqtisodiyot
II. Tadqiqotning maqsadi professional boshqaruv kompaniyalarini uy-joy fondini boshqarishga jalb etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda jalb etiladigan professional boshqaruv kompaniyalarining moddiy-texnika bazasini minimal talablar asosida shakllantirish zarurligi asoslab berilgan;
ko‘p kvartirali uylarni billing tizimi orqali boshqarishni yo‘lga qo‘yish mexanizmi kommunal to‘lovlar bo‘yicha aholi orasidagi qarzdorlik darajasini pasaytirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
ko‘p kvartirali uy-joy fondini joriy va mukammal ta’mirlash hamda boshqa xizmatlar ko‘rsatish uchun professional boshqaruv organi tomonidan har bir ko‘p kvartirali uy uchun majburiy badallarning alohida hisobini yuritishni joriy etishning zarurati asoslangan.
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlariga majburiy badalni to‘lab berish maqsadida subsidiya ajratish tizimini joriy etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uy-joy fondini boshqarishda professional boshqaruv kompaniyalarini jalb etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda jalb etiladigan professional boshqaruv kompaniyalarining moddiy-texnika bazasini minimal talablar asosida shakllantirish zarurligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 28-noyabrdagi 06/12438-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif ko‘p kvartirali uylarni boshqarishga jalb etiladigan professional boshqaruv kompaniyalarining xizmat ko‘rsatish quvvatini oshishga va boshqaruv xarajatlarini qisqarishga muayyan darajada xizmat qilgan;
ko‘p kvartirali uylarni billing tizimi orqali boshqarishni yo‘lga qo‘yish mexanizmi kommunal to‘lovlar bo‘yicha aholi orasidagi qarzdorlik darajasini pasaytirishga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 28-noyabrdagi 06/12438-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshqarish organlari tomonidan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini billing tizimi orqali amalga oshirilishiga ko‘ra aholidan to‘lovlarni qabul qilib olish samaradorligini muayyan darajaga oshirishga xizmat qilgan;
ko‘p kvartirali uy-joy fondini joriy va mukammal ta’mirlash hamda boshqa xizmatlar ko‘rsatish uchun professional boshqaruv organi tomonidan har bir ko‘p kvartirali uy uchun majburiy badallarning alohida hisobini yuritish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 28-noyabrdagi 06/12438-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mulkdorlar tomonidan yig‘iladigan majburiy badalning boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan har bir ko‘p kvartirali uy uchun sarflanishi ko‘rsatkichi 15-20%gacha oshishiga erishilgan;
“Ijtimoiy himoya yagona reestri” kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlariga majburiy badalni to‘lab berish maqsadida subsidiya ajratish tizimini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Mening uyim” axborot tizimi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj mulkdorlarga majburiy badalni to‘lab berish yo‘lga qo‘yilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 28-noyabrdagi 06/12438-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimi samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.