Xaydarov Xayrulla G‘ulamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston mashinasozlik sanoatida tarkibiy o‘zgarishlar jarayonini faollashtirish”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt464.
Ilmiy rahbar: Yusupov Musaxon Yusupjanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.12.2020.I.09.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Naima Abitovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Sanjar Mirvositovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mashinasozlik sanoatida tarkibiy o‘zgarishlarni faollashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mashinasozlik sanoatida tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligini aniqlash indeksi miqdoriy mezonlarini korxonalarning bozordagi faolligi, moliya-iqtisodiy holati hamda boshqaruv strategiyasiga oid ko‘rsatkichlarni e’tiborga olgan holda diapazonlar chegarasi bir balli baholash shkalasi bo‘yicha takomillashtirilgan.
mashinasozlik sanoatida investision loyihalarni ishlab chiqishda innovatsion infratuzilma, texnik modernizatsiya, innovatsion faollikni oshirish holatining optimal me’yorlariga tayanib, har bir shartli birlik qiymat uchun inflyasiya miqdorlarini hisobga olgan xolda investisiyalarning qoplanish muddatlarini qisqartirish asoslangan;
mashinasozlik sanoatida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning o‘zaro sheriklikni rivojlantirish tamoyili asosida «UzAuto» AJning ishlab chiqarish bo‘linmalari tarkibida innovatsiyalarni tijoratlashtiruvchi «Fan-texnik tadqiqot va rejalashtirish» markazi faoliyatini venchur fondlari orqali yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
davlat va xorijiy investisiyalar mablag‘laridan samarali foydalangan xolda tarkibiy o‘zgarishlar jarayonini moliyalashtirish manbalarini nazarda tutgan xolda mashinasozlik tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmini 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Mashinasozlik sanoatida tarkibiy o‘zgarishlar jarayonini faollashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mashinasozlik sanoatida tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligini aniqlash indeksi miqdoriy mezonlarini korxonalarning bozordagi faolligi, moliya-iqtisodiy holati hamda boshqaruv strategiyasiga oid ko‘rsatkichlarni e’tiborga olgan holda diapazonlar chegarasi bir balli baholash shkalasi bo‘yicha berilgan taklifi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 19-iyuldagi 12/06-25-1065-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi aksiyadorlik jamiyati korxonalarida tarkibiy o‘zgarishlarni samarali mexanizmini tashkil etishga xizmat qilgan hamda korxonalarning asosiy vositalardan foydalanish imkoniyatlari 2020-yilda 2019-yilga nisbatan mos ravishda 2,1 foizdan 3,2 foizga ortgan.
mashinasozlik sanoatida investision loyihalarni ishlab chiqishda innovatsion infratuzilma, texnik modernizatsiya, innovatsion faollikni oshirish holatining optimal me’yorlariga tayanib, har bir shartli birlik qiymat uchun inflyasiya miqdorlarini hisobga olgan xolda investisiyalarning qoplanish muddatlarini qisqartirish bo‘yicha berilgan taklif “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 19-iyuldagi 12/06-25-1065-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida O‘zavtosanoat aksiyadorlik jamiyati korxonalarida investision loyihalarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish sohalariga qo‘shimcha investisiyalar va yangi uskunalar kiritish imkoniyatining ortishiga xizmat qilgan.
mashinasozlik sanoatida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning o‘zaro sheriklikni rivojlantirish tamoyili asosida «UzAuto» AJning ishlab chiqarish bo‘linmalari tarkibida innovatsiyalarni tijoratlashtiruvchi «Fan-texnik tadqiqot va rejalashtirish» markazi faoliyatini venchur fondlari orqali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan taklif “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 19- iyuldagi 12/06-25-1065-son ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish natijasida mashinasozlik tarmog‘ining ilm-fan va innovatsiya markazlari bilan o‘zaro sheriklik tamoyili asosida innnovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda venchur fondlari mablag‘lari hisobidan innovatsiyalarni tijoratlashtirish imkoniyatlari ortgan.
davlat va xorijiy investisiyalar mablag‘laridan samarali foydalangan xolda tarkibiy o‘zgarishlar jarayonini moliyalashtirish manbalarini nazarda tutgan xolda mashinasozlik tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmini 2026-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekistonda 2030-yilgacha mashinasozlik tarmog‘ini strategik rivojlantirish maqsadli dasturiga kiritilgan. (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 19-iyuldagi 12/06-25-1065-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda mashinasozlik tarmog‘ini strategik rivojlantirishning maqsadli parametrlariga o‘zgartirishlar kiritilgan.