Norbaeva Muxlisa Akrom Qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Valyuta siyosati orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3770
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Mamadiyarov Zokir Tostemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
Zunnunova Xulkar Muxtorovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: “Poytaxt bank” aksiyadorlik jamiyati
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida valyuta siyosati orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish jarayonida banklarda birjadan tashqari valyuta bozorlarida valyuta instrumentlarini, xususan to‘g‘ridan-to‘g‘ri forvard, kross-valyuta svop hamda valyuta opsion operatsiyalari amaliyotga joriy etish va bu orqali valyuta kursi tebrinishdan yuzaga keladigan risklarni kamaytirish taklif etilgan;
valyuta bozorini erkinlashtirish jarayonida milliy valyuta kursining tushushi bilan bozor foiz stavkalarning oshishi o‘rtasida mos ravishda 1 foizga 0.15 foiz kabi mantiqiy teskari proporsionallik mavjudligi empirik jihatdan asoslangan;
tijorat banklar tomonidan mahalliy eksportyorlarni rag‘batlantirish va bu orqali iqtisodiy barqarorlikni tahminlash maqsadida valyuta siyosatining tashqi savdo hajmiga ta’sirini oshirish lozimligi asoslangan;
valyuta siyosatini liderallashtirish jarayonida milliy valyuta kursi o‘zgarishining ichki iqtisodiy barqarorlikka ta’siri bilan bog‘liq jihatlarini ifodalovchi ekonometrik baholash modeli asosida 2026 yilga qadar prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda valyuta siyosati orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish jarayonida banklarda birjadan tashqari valyuta bozorlarida valyuta instrumentlarini, xususan to‘g‘ridan-to‘g‘ri forvard, kross-valyuta svop hamda valyuta opsion operatsiyalari amaliyotga joriy etish va bu orqali valyuta kursi tebrinishdan yuzaga keladigan risklarni kamaytirishga doir taklifi XAT Trastbankning 2024 yil 8 fevraldagi 01-09/583-son bayonnoma asosida XAT Trastbank faoliyatiga joriy etilgan (XAT Trastbankning 2024 yil 8 fevraldagi 01-09/583-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi orqali banklarda muddatli valyuta operatsiyalarini rivojlantirish, bank-mijoz munosabatida yuzaga keladigan turli risklarni bartaraf etishga olib keladi.
valyuta bozorini erkinlashtirish jarayonida milliy valyuta kursining tushushi bilan bozor foiz stavkalarning oshishi o‘rtasida mos ravishda 1 foizga 0.15 foiz kabi mantiqiy teskari proporsionallik mavjudligiga doir taklifi XAT Trastbankning 2024 yil 8 fevraldagi 01-09/583-son bayonnoma asosida XAT Trastbank faoliyatiga joriy etilgan (XAT Trastbankning 2024 yil 8 fevraldagi 01-09/583-son dalolatnomasi). Natijada, valyuta bozorida milliy valyutaning bir foizga devalvatsiya bo‘lishi bir oydan keyin pul bozoridagi foiz stavkani 0,15 foizga oshirishi, tijorat banklarining milliy valyutada jalb qilgan qisqa muddatli depozitlari foizini 0,14 foizga hamda milliy valyutada ajratgan qisqa muddatli kreditlari foizini esa 0,15 foizga oshirishi ekonometrik strukturaviy vektor avtoregressiya (SVAR) model orqali aniqlangan va asoslab berilgan.
tijorat banklar tomonidan mahalliy eksportyorlarni rag‘batlantirish va bu orqali iqtisodiy barqarorlikni tahminlash maqsadida valyuta siyosatining tashqi savdo hajmiga ta’sirini oshirishga doir taklifi XAT Trastbankning 2024 yil 8 fevraldagi 01-09/583-son bayonnoma asosida XAT Trastbank faoliyatiga joriy etilgan (XAT Trastbankning 2024 yil 8 fevraldagi 01-09/583-son dalolatnomasi). Natijada, milliy valyuta almashinuv kursining bir foizga oshishi keyingi chorakda import hajmini 1,08 foizga pasaytirishi ekonometrik vektor avtoregressiya (VAR) model orqali aniqlangan va asoslab berilgan.
valyuta siyosatini liderallashtirish jarayonida milliy valyuta kursi o‘zgarishining ichki iqtisodiy barqarorlikka ta’siri bilan bog‘liq jihatlarini ifodalovchi ekonometrik boholash modeli asosida 2026 yilga qadar prognoz ssenariylari XAT Trastbankning 2024 yil 8 fevraldagi 01-09/583-son bayonnoma asosida XAT Trastbank faoliyatiga joriy etilgan (XAT Trastbankning 2024 yil 8 fevraldagi 01-09/583-son dalolatnomasi). Natijada, optimal ssenariyga ko‘ra, 2023 yil dekabr oydan 2025 yil iyun oyiga qadar milliy valyuta almashinuv kursi 7,9 foizga devalvatsiya bo‘lishi va 2025 yil iyun oyida 1 AQSh dollarining milliy valyutadagi qiymati 13242,47 so‘m bo‘lishi, shuningdek, inflyasiya darajasi 2024 yilda 8,9 foizdan 2025 yil boshida 6 foizgacha pasayishi prognoz qilindi.