Abdukarimova Mashxura Abduraimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kontaktsiz usullar asosida ayollar kiyimlarini loyihalash texnologiyasini ishlab chiqish», 05.06.04–Tikuv buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSs/T155.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Jilisbaeva Raushan Orazovna, texnika fanlari doktori, professor; Alimova Xalimaxon Alimovna, texnika fanlari doktori, professor; Siddikov Isomiddin Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tikuv buyumlarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradigan odam qomati antropometrik ko‘rsatkichlarini kontaktsiz o‘lchash usullari asosida kiyimni manzilli loyihalash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
manzilli ishlab chiqarish sharoitida iste’molchilar talabi qondirilishini ta’minlaydigan uch o‘lchamli skanerlash texnologiyasini qo‘llagan holda tikuv buyumlarini loyihalash texnologiyasi va instumental vositalari yaratilgan;
yorug‘lik nurlari yordamida qomatda aks ettirilgan belgilardan foydalangan holda olingan proeksion o‘lchamlar bo‘yicha odam tanasining tashqi shaklini kontaktsiz o‘lchash usuli ishlab chiqilgan;
Viola-Djons aniqlash algoritmidan foydalangan holda qomatning virtual uch o‘lchamli raqamli modeli qurilishini ta’minlovchi tasvirda qomatning antropometrik nuqtalari holatini analitik tavsiflash usuli ishlab chiqilgan;
qomatning assimetriya kesimi va uni kuzatilayotgan kesim konturiga nisbatan markazning siljishini hisobga olgan odam qomatining aylana antropometrik parametrlarini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
to‘g‘ri va elliptik egri chiziqlardan hamda Bez`e egri chizig‘i yordamida aylana ko‘rsatkichlari hisobining aniqligi bilan farqlanadigan qomat aylana kesimini approksimatsiyalash usuli ishlab chiqilgan;
qomatning proeksion tasviri bo‘yicha 3D skanerlash va antropometrik parametrlarni o‘lchash texnologiyasining axborot, instrumental va dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan;
buyumning turli hajmiy-siluetli shaklli chizmasi alohida elementlari orasida aniqlangan analitik bog‘liqligi asosida ayollar elkali kiyimlarining konstruksiyalash uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kontaktsiz usulni qo‘llagan holda ayollar kiyimini loyihalash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ayollar kiyimini individual tarzda ishlab chiqarish uchun uch o‘lchamli skanerlash tizimining instrumental-dasturiy vositalari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarida, xususan “Istiqlol Dizayn Markazi” MChJda joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 12 iyundagi BM-06-4026-son ma’lumotnomasi). Natijada avtomatlashtirilgan rejimda tikuv buyumlarini ishlab chiqarishning uzluksiz sikllarini tashkil etish imkoni yaratilgan;
ayollar ustki kiyimini konstruksiyalash uslubi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarida, xususan “Avrora Textile Business” MChJda joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 12 iyundagi BM-06-4026-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha-konstruk-torlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun ketadigan vaqt xarajatlarini qisqartirish imkonini bergan;
tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli modellar bazaviy hajmli-siluet shakllarining parametrlari hamda yarim jun matosidan ayollar kostyumi modellari uchun “Texnik tavsif” ko‘rinishidagi me’yoriy hujjatlar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan “IDEAL” tovar belgisi ostidagi tikuv korxonalarida va “Istiqlol Dizayn Markazi” MChJda joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 12 iyundagi BM- 06-4026-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihalash jarayonini avtomatlashtirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmini 3%ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
kontaktsiz usullar asosida ayollar kiyimini manzilli loyihalash texnologiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarida, xususan “Istiqlol Dizayn Markazi” MChJda joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 12 iyundagi BM-06-4026-son ma’lumotnomasi). Natijada buyumni loyihalash uchun ketadigan vaqt xarajatlarini 17,5%ga qisqartirish, mehnat unumdorligini esa 21,2%ga oshirish imkoni yaratilgan.