Muxammadov Nodir Karimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ma’lumotlarni elektron hujjat aylanish tizimida shakllantirish orqali soliq ma’murchiligini takomillashtirish masalalari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit va 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3548.
Ilmiy rahbar: Gadoev Erkin Fayzievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘chqorov Toxir Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Buranova Lola Vaxobovna, iqtisod fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respubliksi Bank-Moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soliq ma’murchiligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali soliq bazasini kengaytirish va soliq jarayonlariga inson omilini kamaytirish orqali soliqlarni yig‘iluvchanligini oshirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq organidan tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyadan o‘tkazilishi munosabati bilan ma’lum bir muddatga rasmiylashtiriladigan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilish va etkazish funksiyalarini vaqtincha to‘xtatib turish zaruriyati vujudga kelganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan holatda rouming operatori tomonidan EHF qabul qilmaslik va hujjat kelib tushgan kundan kechiktirmasdan tegishli operator orqali uni shakllantirgan tovarlarni sotuvchiga qaytarish taklifi asoslangan;
soliq organlari tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqni elektron hisobvaraq-faktura va onlayn nazorat-kassa texnikasi ma’lumotlari hamda soliq organlarida mavjud boshqa ma’lumotlar asosida hisoblab chiqarish va soliq hisobotini shakllantirish taklifi asoslagan;
tovarlar xarid qilinishida hisobvaraq-fakturalar elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida rasmiylashtirilmagan hamda soliq to‘lovchi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar bo‘yicha hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish to‘liq elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimi orqali amalga oshirilmaganligi aniqlangan holatda qaror orqali soliq summasini qoplashni to‘liq yoki qisman rad etish taklifi asoslangan;
Davlat soliq qo‘mitasi bilan uyushmalar, direksiyalar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ularga a’zolik (rezidentlik) asosida soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni real vaqt rejimida almashish tizimini joriy etish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Soliq ma’murchiligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali soliq bazasini kengaytirish va soliqlarni yig‘iluvchanligini oshirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
soliq organidan tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyadan o‘tkazilishi munosabati bilan ma’lum bir muddatga rasmiylashtiriladigan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilish va etkazish funksiyalarini vaqtincha to‘xtatib turish zaruriyati vujudga kelganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan holatda rouming operatori tomonidan EHF qabul qilmaslik va hujjat kelib tushgan kundan kechiktirmasdan tegishli operator orqali uni shakllantirgan tovarlarni sotuvchiga qaytarish taklifi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyundagi “O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 522-son qarorining 1-ilovasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2022 yil 24 iyundagi 18/2-83267-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi takomillashib, 25 ta korxona elektron hujjat almashinuvi operatorlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va 130 dan ortiq ish o‘rni tashkil etish imkoni yaratilgan;
soliq organlari tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqni elektron hisobvaraq-faktura va onlayn nazorat-kassa texnikasi ma’lumotlari hamda soliq organlarida mavjud boshqa ma’lumotlar asosida hisoblab chiqarish va soliq hisobotini shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 sentyabrda “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik sub’ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6307-sonli Farmonining 3-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2022 yil 24 iyundagi 18/2-83267-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat soliq organi xodimlarining soliq to‘lovchilarning hisobotidagi kirim va chiqimlarni solishtirish bilan bog‘liq juda katta miqdordagi vaqtini, jumladan, 2021 moliya yili davomida rasmiylashtirilgan 36 million dona EHFning qog‘oz shaklini taqqoslash uchun zarur bo‘ladigan 1000 nafar kameral bo‘limi xodimlarining 360 kun sarfini tejash imkoni yaratilgan;
tovarlar xarid qilinishida hisobvaraq-fakturalar elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida rasmiylashtirilmagan hamda soliq to‘lovchi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar bo‘yicha hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish to‘liq elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimi orqali amalga oshirilmaganligi aniqlangan holatda qaror orqali soliq summasini qoplashni to‘liq yoki qisman rad etish taklifi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 avgustdagi “Qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda chet el yuridik shaxslari bilan bog‘liq soliq ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 489-son qarorining 2-ilovasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2022 yil 24 iyundagi 18/2-83267-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 138,9 milliondan ortiq hujjatlarning elektron shaklda rasmiylashtirish orqali vaqt hamda moddiy resurslar sarfi kamaytirildi;
Davlat soliq qo‘mitasi bilan uyushmalar, direksiyalar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ularga a’zolik (rezidentlik) asosida soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni real vaqt rejimida almashish tizimini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-73-sonli qarorining 8-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha” tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”da o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2022 yil 24 iyundagi 18/2-83267-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ma’lumotlarni real vaqt rejimida almashish tizimini joriy etish orqali EHFlarni shakllantirish va qabul qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilariga lozim darajada ehtiyotkorlik qilish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat yaratish, tovar-transport yuk xatlarini va tovar-moddiy boyliklar uchun ishonchnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish imkoni yaratilgan.