Ruzibaeva Nargiza Xakimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turistik korxonalar innovatsion faoliyatini tartibga solishning moliyaviy mexanizmlari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1590.
Ilmiy rahbar: Zaynalov Jaxongir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisod fanlari doktori, dotsent; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turistik korxonalar innovatsion faoliyatini tartibga solishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turistik korxonalar innovatsion faoliyatini tartibga solish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni turizm sohasida faoliyat yurituvchi iqtisodiy sub’ektlar tomonidan turistik xizmatlarni taklif etishda innovatsion jarayon va mahsulotlarning salmog‘ini oshirib borishga rag‘batlantiruvchi moliyaviy dastaklarni yo‘lga qo‘yish jihatidan takomillashtirilgan;
turizmni kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqishda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan turizm infratuzilmasini rivojlantirishga investisiyalar, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etishda innovatsion tavsifdagi turistik mahsulot va xizmatlar uchun yo‘naltirilgan moliyaviy mablag‘larning o‘sib boruvchi nisbatini tatbiq etish taklifi asoslangan;
Samarqand viloyatidagi turistik korxonalarning innovatsion faoliyatini rivojlantirish tendensiyalari va innovatsion xulq-atvorini baholash asosida innovatsion faollik dinamikasining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
iqtisodiyotni dinamik rivojlanishi sharoitida turistik korxonalarni innovatsion faoliyatini tartibga solishning moliyaviy baholash modeli asosida O‘zbekistonda 2027 yilga qadar asosiy ko‘rsatkichlarning prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turistik korxonalar innovatsion faoliyatini tartibga solishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turistik korxonalar innovatsion faoliyatini tartibga solish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini turizm sohasida faoliyat yurituvchi iqtisodiy sub’ektlar tomonidan turistik xizmatlarni taklif etishda innovatsion jarayon va mahsulotlarning salmog‘ini oshirib borishga rag‘batlantiruvchi moliyaviy dastaklarni yo‘lga qo‘yish jihatidan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurti 60411700 – Logistika (yo‘nalishlar bo‘yicha), 60412500 – Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) talabalari (magistrlari) uchun tavsiya etilgan “Kreativlik va innovatsiya” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2023 yil 30 maydagi 10-sonli qarori). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda turistik xizmatlarni taklif etishda innovatsion jarayon va mahsulotlarning salmog‘ini oshirib borishga rag‘batlantiruvchi moliyaviy dastaklarni yo‘lga qo‘yish jihatidan takomillashtirilgan turistik korxonalar innovatsion faoliyatini tartibga solish bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
turizmni kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqishda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan turizm infratuzilmasini rivojlantirishga investisiyalar, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etishda innovatsion tavsifdagi turistik mahsulot va xizmatlar uchun yo‘naltirilgan moliyaviy mablag‘larning o‘sib boruvchi nisbatini tatbiq etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Turistik korxonalar innovatsion faoliyatini tartibga solishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 28 martdagi 03-12-17-1930-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda kreditlar va grantlarini jalb etishda innovatsion tavsifdagi turistik mahsulot va xizmatlar uchun yo‘naltirilgan moliyaviy mablag‘larning o‘sib borishini rag‘batlantirish imkoni yaratilgan;
Samarqand viloyatidagi turistik korxonalarning innovatsion faoliyatini rivojlantirish tendensiyalari va innovatsion xulq-atvorini baholash asosida innovatsion faollik dinamikasining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Turistik korxonalar innovatsion faoliyatini tartibga solishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 28 martdagi 03-12-17-1930-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Samarqand viloyatidagi turistik korxonalarning innovatsion faollik dinamikasining uzoq muddatli istiqbol ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish hamda hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy parametrlariga muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan;
iqtisodiyotni dinamik rivojlanishi sharoitida turistik korxonalarni innovatsion faoliyatini tartibga solishning moliyaviy baholash modeli asosida O‘zbekistonda 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan asosiy ko‘rsatkichlarning prognozidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Turistik korxonalar innovatsion faoliyatini tartibga solishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 28 martdagi 03-12-17-1930-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatdagi turistik korxonalarni innovatsion faoliyatini tartibga solishning moliyaviy baholash modeli asosida uzoq muddatli istiqbol ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy parametrlariga muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish