Boltabaev Baxtiyor Sabirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asrning oxiri - XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasidagi saylovlar tarixi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar603.
Ilmiy rahbar: Rasulov Baxtiyor Maxmudjonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Xoshimov Soyibjon Abdurazzoqovich, tarix fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasidagi saylovlar tarixini, saylov jarayonidagi muammo va kamchiliklar tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda mustamlaka ko‘rinishidagi saylov qonunchiligining vujudga kelishi va saylov komissiyalarining qarorlari, o‘ziga xos xususiyatlari, saylov komissiyalari hamda saylovlarda ishtirok etuvchi siyosiy guruhlar, partiyalar, mahalliy aholining noroziliklari faoliyati, mitinglar, Turkiston o‘lkasida saylov tashviqotini o‘tkazish natijasida o‘lkada saylov bo‘yicha yangi qonun va qarorlarning saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha nizom loyihalarini paydo bo‘lishi jarayonlari ochib berilgan;
O‘lkaning “siyosiy uyg‘onish”i, I va II Davlat Dumasiga saylovlar, 1905–1907- yillarda Turkistonning Davlat Dumasidagi vakilligida deputatlarni sonini kam ajratilishi faoliyati tarixi, deputatlarni qonun muhokamalarida ishtirokini taqiqlanishi, siyosiy huquqlari, partiyalarning saylovoldi kurashi natijasida Turkistonlik deputatlarning siyosiy jihatdan kamsitilishi, deputatlarning Turkistonliklar uchun berilgan g‘oya va takliflari duma yig‘ilishlarida inobatga olinmaganligi dalillangan;
Turkistonda Davlat Dumasiga o‘tkazilgan mahalliy o‘z o‘zini boshqarish organlariga o‘tkazilgan saylov hisobotlari, mahalliy aholini saylovlarda siyosiy mustaqillikga intilish uchun harakatlari, saylangan deputatlarning boshqa millat vakillaridan iborat ekanligi, milliy tarkibi, ijtimoiy iqtisodiy ahvoli, deputatlar tarkibida Turkiston xalq vakillarining, ko‘chirib keltirilgan rusiyzabon aholi vakillariga nisbatan kam ekanligi dalillar asosida isbotlangan;
Davlat duma yig‘ilishlarida Turkiston masalasini muhokama qilmaydigan, faqatgina duma yig‘ilishlarida ishtirokchi sifatida Turkistonliklarni kamsitilishi masalasi, 1907–1917- yillarda Turkiston o‘lkasi va uning barcha axolisi saylov huquqidan mahrum qilinishi natijasida Turkiston masalasida mahalliy millat vakillaridan siyosiy jihatdan boshqaruvchi kerak emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asrning oxiri XX asr boshlaridagi Turkistondagi saylovlar tarixiga oid ishlab chiqilgan amaliy takliflar asosida:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda mustamlaka ko‘rinishidagi saylov qonunchiligining vujudga kelishi va saylov komissiyalarining qarorlari, o‘ziga xos xususiyatlari, saylovlarda ishtirok etuvchi siyosiy guruhlar, partiyalar, mahalliy aholining noroziliklari faoliyati, mitinglar, kabi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston teleradiokanalida” 2023- yil 26- yanvardagi 04-36/127- son ma’lumotnomasi “Millat va ma’naviyat” “O‘zbekiston yoshlari” ko‘rsatuvini navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda va halqimizga saylov jarayonlari qanday amalga oshirilganligini ilmiy jixatdan asoslab berishda foydalanilgan. Natijada, halqimiz tafakkurida saylov tushunchasini ahamiyatini oshishiga, saylov qonunchiligini yanada xalqchil va demokratik normalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan.
Turkiston o‘lkasida saylov tashviqotini va uni o‘tkazish jarayonlari, Turkistonda davlat Dumasiga o‘tkazilgan saylov natijalari, Turkiston deputatlarining keyingi taqdiri, O‘lkaning siyosiy uyg‘onishi, I va II Davlat Dumasiga saylovlar, partiyalarning saylovoldi kurashi natijasida deputatlarning tomonidan berilgan g‘oya va takliflari inobatga olinmasligi, to‘g‘risidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylov va saylovoldi jarayonlari tarixiga oid ilmiy ma’lumotlardan partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda saylov kompaniyalarini takomillashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashining 2023 yil 2 martdagi 1-66-son ma’lumotnomasi). Natijada Turkistondagi saylovlar tarixi tizimi dolzarb masala ekanligi haqidagi tushunchalarni respublikamiz aholisi orasida targ‘ib qilishga va bugungi kunda saylov qonunchiligi va amaliyotini, saylov huquqining yangi kafolatlarini takomillashishiga xizmat qilgan.
Duma va boshqaruv organlarida Turkiston masalasi, Turkistonda Davlat Dumasiga o‘tkazilgan mahalliy o‘z o‘zini boshqarish organlariga o‘tkazilgan saylov hisobotlari, mahalliy aholini saylovlarda siyosiy mustaqillikga intilish uchun harakatlari, saylangan deputatlarning boshqa millat vakillaridan iborat ekanligi, milliy tarkibi, kabi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston teleradiokanalida” 2023- yil 26- yanvardagi 04-36/127- son ma’lumotnomasi “Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvini navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda saylov jarayonlarida saylov kompaniyalarining va siyosiy partiyalarning o‘z oldidagi masuliyatini oshirishda foydalanilgan. Natijada, Yangi O‘zbekistonda ham buguni kunda saylov jarayonlari tarixi dolzarb masala ekanligini xalqimizga etkazishga xizmat qilgan.
Turkiston masalasini Duma va boshqaruv organlarida ko’rib chiqilishi, Davlat duma yig‘ilishlarida Turkiston masalasini muhokama qilmaydigan, faqatgina duma yig‘ilishlarida ishtirokchi sifatida qatnashishi, Turkistonliklarni kamsitilishi masalasi, Turkistonlik deputatlaming “taqdiri”, 1907-1917 yillarda Turkiston o‘lkasi va uning barcha aholisi saylov huquqidan mahrum qilinganligi to‘g‘risidagi ilmiy dalillardan, XlX-asr oxiri - XX-asr boshlarida Turkistonda amalga oshirilgan targ‘ibottashviqot ishlari va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining mafkuraviy targ‘ibotlar, o‘quv-seminarlar va saylovoldi kompaniyalarini tashkil etishdagi samarali usullaridan foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashining 2023 yil 2 martdagi 1-66-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda xalqimiz, ayniqsa yoshlar qalbida bugungi kunda saylov tizimini to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotlarni keng jamoatchilikga etkazib berish, milliy saylov qonunchiligini safat jiahatdan yangi bosqichga olib chiqishiga xizmat qilgan.