Shadieva Dilnoza Aminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Qarshi davlat universiteti: tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tar582
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor Xoliqova Rahbar Ergashevna.
Yetakchi tashkilot: Shaxrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mustaqillik yillarida oliy ta’lim tizimining yo’lga qo’yilishi va bu sohada amalga oshirilgan islohotlarni Qarshi davlat universiteti misolida ilmiy tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
1945-1958-yillarda O‘zbekistonning qator viloyatlarida oliy ta’limning ilk bosqichi va mustaqil pedagogika institutining barpo etilishi, 1973-1985 yillarda OTMlarda ilmiy-tadqiqot ishlarining rivojlanishi hamda markaziy shahar oliygohlari bilan hamkorlikda matematika, fizika, tarix, filologiya fanlari bo‘yicha ilmiy maktablarning shakllanishi, 1991-2021 yillar ixtisoslashtirilgan oliy ta’limning rivojlanishi hamda xorijiy davlatlar bilan qo‘shma dastur asosida kadrlar tayyorlashning yo‘lga qo‘yilishi kabi bosqichlarda shakllanganligi Qarshi davlat universiteti misolida asoslangan;
sovet davrida, bir tomondan, Qarshi davlat pedagogika institutida oliy ma’lumotli o‘qituvchi kadrlarni etishtirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan kadrlar tayyorlash ishidagi xususan, oliy ta’limga kvotalar ajratishdagi xatoliklar, ya’ni, hududlarning o‘qituvchi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojining etarli darajada o‘rganilmaganligi, qolaversa, kvotalarni ixtisosliklar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanmaganligi bilan bog‘liq nooqilona siyosat tufayli umumta’lim maktablarini ayniqsa, qishloq maktablarida kadrlar etishmasligi va ularning qo‘nimsizligi yuqori bo‘lgani aniqlangan;
Qarshi davlat universitetida talabalar va professor-o‘qituvchilar soni dinamikasi tarixiy davrlarga bo‘lingan holda aniqlanib, OTMda o‘quv jarayoniga to‘siq bo‘lib kelgan sabablar (ta’lim berish jarayonida konservativ yo‘nalishning ustunligi, o‘quv rejalarida majburiy fanlar ulushining yuqoriligi, o‘quv adabiyotlarining keskin tanqisligi, professor-o‘qituvchilarning ba’zilari o‘quv mashg‘ulotini olib borish ishiga mas’uliyasizlik bilan yondashganligi) va ilmiy ishlarni rivojlantirishdagi muammolar (ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirishning pastligi, yosh o‘qituvchilarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etishda targ‘ibotning deyarli yo‘qligi, OTMda doktarantura kvotalarining juda kamligi va h.k.) Qarshi davlat universiteti misolida aniqlangan;
so‘nggi yillarda Respublikada oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tufayli oliy ta’lim muassasalari ixtisosliklari sonining ortib borish dinamikasi QarDU misolida shakllantirilib, natijada kadrlar tayyorlash ishidagi ijobiy o‘zgarishlar, xususan, oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish usullarining yangilanishi, OTM boshqaruvini takomillashtirish va ta’lim bozoriga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga kuchli e’tibor qaratilishi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Qarshi davlat universiteti tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston viloyatlarida 1945-1958-yillarda oliy ta’limning ilk bosqichi va mustaqil pedagogika institutining barpo etilishi, institutda ilmiy-tadqiqot ishlarining rivojlanishi (1973-1985 yillar), ixtisoslashtirilgan oliy ta’limning rivojlanishi hamda xorijiy davlatlar bilan qo‘shma dastur asosida kadrlar tayyorlashning yo‘lga qo‘yilishi (1991-2021 yillar) kabi bosqichlarda shakllanganligiga oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuviining senariysini shakllantirishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-yilning 23-sentyabrdagi 02-29-1579-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekiston oliy ta’lim tarixi bo‘yich tasavvurlarini kengaytirishga va yosh avlodni vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan.
sovet davrida bir tomondan, pedagogika institutlarida oliy ma’lumotli o‘qituvchi kadrlarni etishtirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan kadrlar tayyorlash ishidagi xususan, oliy ta’limga kvotalar ajratishdagi xatoliklar, ya’ni, hududlarning o‘qituvchi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojining etarli darajada o‘rganilmaganligi, qolaversa, kvotalarni ixtisosliklar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanmaganligi bilan bog‘liq nooqilona siyosat tufayli umumta’lim maktablarini ayniqsa, qishloq maktablarida kadrlar etishmasligi va ularning qo‘nimsizligi yuqori bo‘lgani kabi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan (guvohnoma №302-0330) nashr etilgan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” darsligini tayyorlashda foydalanildi (Qarshi davlat universiteti 2023-yilning 3-iyundagi 04/2060-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi yoshlar ongida sovet davri oliy ta’lim tizimi muammolari xususidagi tasavvurlarini kengaytirish imkonini bergan;