Bo‘ronov Olim Murodullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda qishloq aholisi sog‘lig‘ini saqlash tizimining yo‘lga qo‘yilishi va rivojlantirilishi (1991 – 2021 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1. PhD/Tar1021.
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Atamurodovich, tarix fanlari doktori, professor; Temirova Charos Xusanovna, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2021 yillarda O‘zbekistonda qishloq aholisi sog‘lig‘ini saqlash tizimining yo‘lga qo‘yilishi va rivojlantirilishi tarixi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish jarayonlari ikkita asosiy davrga ya’ni, birinchi davr 1991-2016 yillarni o‘z ichiga oladi va bu yillarda Respublikada soha huquqiy asoslarini mustahkamlash,  moddiy-texnika bazasini kuchaytirish borasida chora-tadbirlar olib borilgan bo‘lsada, ammo qishloq davolash muassasalarini kadrlar va tibbiy anjomlar bilan ta’minlash, davolashda ishida hali ham eski usullardan foydalanish, dori-darmon tanqisligi kabi keskin muammolar mavjudligi bilan xarakterlansa, ikkinchi davr, ya’ni 2017-2021 yillari qishloq aholisi sog‘lig‘ini saqlash ishida soha strukturasining yangilanishi, qishloq tibbiy tez yordam, oilaviy poliklinikalar  xizmatining shakllanishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda kasalliklarni davolash bo‘yicha erishilgan natijalar dinamikasi asoslangan;
qishloq aholisi sog‘lig‘ini saqlash muammolari (aholi salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha davlat dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lsada, joylarda uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlari etarli darajada olib borilmaganligi, mahalliy hokimiyat organlari ijtimoiy tadbirlar rejasida bu sohaga kam e’tibor berilganligi) va yutuqlari (qishloq sharoitida ham ixtisoslashgan tibbiy xizmatning yo‘lga qo‘yilishi, ayniqsa, Yangi O‘zbekiston sharoitida  qishloq davolash muassasalarini tubdan qayta qo‘rish va zamonaviy tibbiy jihozlar va kadrlar bilan ta’minlash hamda ularning malakasini oshirish ishlarining uzlyuksiz olib borilishi, ushbu sohada ham kompyuter texnologiyalaridan  foydalanish va raqamlashtirish tadbirlarining kuchaytirilishi) viloyatlar misolida dalillangan;
O‘zbekiston qishloqlarida turli kasalliklarning tarqalish dinamikasi viloyatlar misolida shakllantirilganda, Namangan, Buxoro, Qashqadaryo va Jizzax kabi viloyatlarda ijtimoiy kasalliklarga qarshi kurashda ijobiy natijalarga erishgan bo‘lsa, aksincha Qoraqalpog‘isgon Respublikasi, Navoiy, Toshkent shahri kasalliklarning tarqalish ko‘rsatkichlari Respublika ko‘rsatkichidan yuqorigi, Respublika bo‘yicha teri-tanosil kasalliklari tarqalishi yillar davomida  kamaygan bir sharoitda, ushbu kasallik Navoiy, Sirdaryo, Andijon, Xorazm kabi viloyatlarda oshganligi aniqlangan;
O‘zbekistonda qishloq davolash muassasalari tuzilishidagi jiddiy o‘zgarishlar (qishloq oilaviy poliklinikalari va tez tibbiy yordam shoxobchalari tuzildi) bo‘lsada, ammo qishloq oilaviy poliklinikalari ishidagi muammolar, ya’ni mavjud tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligi Navoyi, Namangan, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo kabi viloyatlarda pastligi, shuningdek, hududlarda profilaktik tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Samarqand, Jizzax, Namangan, Sirdaryo viloyatlarida sust olib borilishi natijasida kasalliklarni erta aniqlash ishlari qoniqarsiz holatda bo‘lganligi  dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda qishloq aholisi sog‘lig‘ini saqlash tizimining yo‘lga qo‘yilishi va rivojlantirilishi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish jarayonlari ikkita asosiy davrga ya’ni, birinchi davr 1991-2016 yillarni o‘z ichiga oladi va bu yillarda Respublikada soha huquqiy asoslarini mustahkamlash,  moddiy-texnika bazasini kuchaytirish borasida chora-tadbirlar olib borilgan bo‘lsada, ammo qishloq davolash muassasalarini kadrlar va tibbiy anjomlar bilan ta’minlash, davolashda ishida hali ham eski usullardan foydalanish, dori-darmon tanqisligi kabi keskin muammolar mavjudligi bilan xarakterlansa, ikkinchi davr, ya’ni 2017-2021 yillari qishloq aholisi sog‘lig‘ini saqlash ishida soha strukturasining yangilanishi, qishloq tibbiy tez yordam, oilaviy poliklinikalar  xizmatining shakllanishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda kasalliklarni davolash bo‘yicha erishilgan natijalar dinamikasiga oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuviining senariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2022-yil 31-yanvardagi 06-31-203-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi yoshlar ongida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida olib borilgan islohotlar haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
qishloq aholisi sog‘lig‘ini saqlash muammolari (aholi salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha davlat dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lsada, joylarda uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlari etarli darajada olib borilmaganligi, mahalliy hokimiyat organlari ijtimoiy tadbirlar rejasida bu sohaga kam e’tibor berilganligi) va yutuqlari (qishloq sharoitida ham ixtisoslashgan tibbiy xizmatning yo‘lga qo‘yilishi, ayniqsa, Yangi O‘zbekiston sharoitida  qishloq davolash muassasalarini tubdan qayta qo‘rish va zamonaviy tibbiy jihozlar va kadrlar bilan ta’minlash hamda ularning malakasini oshirish ishlarining uzlyuksiz olib borilishi, ushbu sohada ham kompyuter texnologiyalaridan  foydalanish va raqamlashtirish tadbirlarining kuchaytirilishi), shuningdek, Namangan, Buxoro, Qashqadaryo va Jizzax kabi viloyatlarda ijtimoiy kasalliklarga qarshi kurashda ijobiy natijalarga erishgan bo‘lsa, aksincha Qoraqalpog‘isgon Respublikasi, Navoiy, Toshkent shahri kasalliklarning tarqalish ko‘rsatkichlari Respublika ko‘rsatkichidan yuqorigi, Respublika bo‘yicha teri-tanosil kasalliklari tarqalishi yillar davomida  kamaygan bir sharoitda, ushbu kasallik Navoiy, Sirdaryo, Andijon, Xorazm kabi viloyatlarda oshganligiga doir ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan (guvohnoma №302-0330) nashr etilgan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” darsligini tayyorlashda foydalanildi (Qarshi davlat universiteti 2023-yilning 20-maydagi 04/1865-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi talaba yoshlar ongida O‘zbekistonnning ijtimoiy soha, xususan, tibbiyot tizimidagi muammolarga qarshi kurash tadbirlari haqidagi tushunchalarni singdirishga xizmat qilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish