Xudayqulov Do‘smurod Xidirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sohibqiron Amir Temur axloq falsafasining zamonaviy talqini” 09.00.02- Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Etika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal502.
Ilmiy rahbar: Xusanov Bahodir Ergashevich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Nasiba Bo‘ronovna, falsafa fanlari doktori, professor v.b; O‘roqova Oysuluv Jamoliddinovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Amir Temur axloq falsafasining zamonaviy falsafiy tafakkur rivojida tutgan o‘rni va ahamiyatini ilmiy falsafiy nuqtai nazardan tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amir Temur axloq falsafasining bosh mezoni bo‘lgan vatanparvarlik, adolat, ijtimoiy himoya kabi qarashlarning yoshlarni ajdodlarga hurmat, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati axloqiy me’yorlar va tamoyillarga asoslangan holda falsafiy nuqtai nazardan ochib berilgan;
Amir Temurning axloq falsafasida vatanparvarlik, tinchlikparvarlik, hurfikrlilik kabi axloqiy tamoyillarning ratsional mohiyati, bag‘rikenglik, kechirimlilik, yaratuvchanlik singari axloqiy sifatlarning empirik imkoniyatlari hamda davlatni idora qilishning sadoqat, hamiyat, muruvvatga asoslangan sifatlarni zamonaviy axloqiy tendensiyalar bilan ratsional jihatdan mos kelishi asoslangan;
Globallashuv sharoitida “Temur tuzuklari”ning markaziy axloqiy g‘oyasi bo‘lgan adolat va adolatparvarlikni ulug‘lash kabi tarbiyaga oid qarashlarning mohiyati axloq falsafasining umumnazariy masalalaridan ajratilgan holda uning yurt tinchligi va davlat barqarorligiga erishishning ma’naviy ta’siri isbotlangan;
Sohibqiron Amir Temur axloqiy qarashlarining falsafiy xususiyatlari orqali yoshlarning tafakkurini boyitish, tarbiyalash hamda hayot falsafasini o‘zgartirishning kommunikativ, integrativ va metodologik asoslari germenevtika jihatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amir Temur davrida tasavvufning ijtimoiy-ma’naviy rolini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar va takliflar asosida:
Amir Temur axloq falsafasining bosh mezoni bo‘lgan vatanparvarlik, adolat, ijtimoiy himoya kabi qarashlarning yoshlarni ajdodlarga hurmat, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi axloqiy ahamiyati falsafiy nuqtai nazardan ochib berilganligiga oid taklif tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi” mavzusidagi ensiklopediyani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 19-dekabragi 02/569-son ma’lumotnomasi). Natijalar Amir Temur axloqiy merosini o‘rganish ta'lim va tarbiya mazmunini takomillashtirishning muhim omili ekanligi, uning yoshlar axloqiy dunyoqarashini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan izohlangan;
Amir Temurning sadoqat, bagʻrikenglik, jasurlik, mardlik kabi ratsional qarashlari hamda davlat boshqaruvidagi tolerantlik, adolatparvarlik va tinchliksevarlikni ta’minlash borasidagi muhim strategik qadamlari zamonaviy axloqiy tendensiyalar bilan solishtirilib qiyosiy tahlil etilganligiga oid taklif tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ilgari surilgan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” nomli bosh g‘oyasini hayotga tadbiq etishda foydalnilgan (O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2023-yil 21-dekabragi 02/02-71-sonli dalolatnomasi). Natijalar yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini mustahkamlash, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
“Temur tuzuklari”da ilgari surilgan axloqiy gʻoyalar, xalqparvarlik va ustozlarni ulug‘lash kabi axloqiy tarbiyaga oid qarashlarning mohiyati axloq falsafasining umumnazariy masalalari asosida o‘rganilib, uning jamiyat ravnaqi, yurt tinchligi va davlat barqarorligiga ta’siri isbotlanganligiga oid taklif tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil
26-maydagi 110-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini boyitishga va ularda ajdodlarimiz ma’naviy merosiga hurmat tuygʻusini mustahkamlashga xizmat qilgan;
Sohibqiron Amir Temur axloq falsafasining zamonaviy talqinini tarixiy manbalar asosida tahliliy o‘rganish orqali, axloqiy tarbiyaga oid ta’limotlar konsepsiyasini yaratish hamda zamonaviy yoshlar tarbiyasiga singdirishning metodologik jihatlari ko‘rsatilganligiga oid taklif tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini dasturlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022-yil 13-maydagi 02-3-623-sonli ma’lumotnamasi). Natijalar Amir Temur axloqiy hayot falsafasining milliy va umumbashariy ahamiyati yangilanayotgan O‘zbekiston yoshlarining tarbiyasiga metodologik asosi bo‘lib xizmat qilgan.