Kosimov Jamshid Nortojievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xo‘jalik yurituvchi subektlarning investisiya loyihalarini moliyalashtirishni takomillashtirish (“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati misolida)” (Improving the financing of investment projecs of economic subjecs (in the example jf joint stock society “Uzkimyosanoat”), 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2023.3.PhD/Iqt3259
Ilmiy rahbar: Shernaev Akbar Aqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent xalqaro universiteti DSc. 22/29.12.2023.I.175.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xujamuradov Asqar Jalolovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xo‘jalik yurituvchi subektlarning investisiya loyihalarini moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharoiti og‘ir bo‘lgan hududlarda yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik subektlariga aylanmadan olinadigan soliqni 1 foiz stavkada qo‘llash orqali respublika tuman va shaharlarining 4 va 5-toifalardagi investisiya loyihalariga mablag‘larni jalb etishni ko‘paytirishga oid taklifi asoslangan;
Yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlarni muayyan muddatga qadar barcha turdagi soliqlardan (ijtimoiy soliqdan tashqari) ozod qilish taklifi asosalangan;
Kimyo sanoatida qulay bozor sharoitlarini yaratish uchun “O‘zkimyosanoat” AJning kimyo sohasidagi regulyatorlik vakolatini va kimyo sanoati korxonalaridagi aksiya paketlarini davlat boshqaruv organlariga o‘tkazish taklifi asoslangan;
Kimyo tarmog‘ini xorijiy investisiyalarni jalb etgan holda moliyalashtirish jarayoniga ekologik, ijtimoiy va korporativ moliyaviy menejment medotlari (ESG)ni joriy qilish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharoiti og‘ir bo‘lgan hududlarda yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik subektlariga aylanmadan olinadigan soliqni 1 foiz stavkada qo‘llash orqali respuplika tuman va shaharlarining 4 va 5-toifalardagi investisiya loyihalariga mablag‘larni jalb etishni ko‘paytirishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 17 fevraldagi 08/41-2-3718-sonli ma'lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022 yilda ushbu hududlarda oldingi yilga nisbatan yangidan ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 1,27 martaga, yangi investisiya loyihalari soni 1,34 martaga, o‘zlashtirilgan investisiyalar summasi 1,42 martaga oshishiga, soliq imtiyozi hisobiga tadbirkorlar ixtiyorida 79,7 mlrd.so‘m mablag‘ qolishiga erishilgan.
Yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlarni muayyan muaddaga qadar barcha turdagi soliqlardan (ijtimoiy soliqdan tashqari) ozod qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22-yanvardagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5308-sonli Farmonida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 17 fevraldagi 08/41-2-3718-sonli ma'lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida, 2019-2022-yillarda mamlakatimizda yuqori texnologiyali innovatsion loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilingan 4 ta venchur fondlarning ixtiyorida 49,1 mlrd.so‘mlik mablag‘lar qoldirildi va ushbu mablag‘larning investision maqsadlarda qayta taqsimlanishiga erishildi.
Kimyo sanoatida qulay bozor sharoitlarini yaratish uchun “O‘zkimyosanoat” AJning kimyo sohasidagi regulyatorlik vakolatini va kimyo sanoati korxonalaridagi aksiya paketlarini davlat boshqaruv organlariga o‘tkazish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 12-otyabrdagi PV-169-son Farmonida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 17 fevraldagi 08/41-2-3718-sonli ma'lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida, kimyo sanoati tarmog‘ida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mavjud tabiiy resurslarni chuqur qayta ishlash va talab yuqori bo‘lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish rag‘batlantirilishiga erishiladi.
Kimyo tarmog‘ini xorijiy investisiyalarni jalb etgan holda moliyalashtirish jarayoniga ekologik, ijtimoiy va korporativ moliyaviy menejment medotlari (ESG)ni joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida mavjud quvvatlardan samarali foydalanish hamda ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023 yil 27-iyuldagi PQ-242-son Qarorida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 17 fevraldagi 08/41-2-3718-sonli ma'lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida. “Farg‘onaazot”AJning ustav kapitalida 99,02 foiz aksiyalar paketi 130 mln. AQSh dollari va 107 mlrd.so‘mga sotib olish hamda investisiya kiritish sharti bilan “Indorama SorporationPte Ltd” kompaniyasiga sotildi.