Juraeva Sevara Zakirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi):
“Jismoniy shaxslarga kreditlar ajratishda xulq-atvor iqtisodiyoti omilini joriy etish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt3951
Ilmiy rahbar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Kadirova Xadicha To‘raevna, iqtisodiyot fanlari doktori professor;
Qulliev Istam Yangimurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Biznes va Boshqaruv oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jismoniy shaxslarni kreditlash va kreditlash faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida xulq-atvor iqtisodiyoti omilini joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
intizomli kredit to‘lovchi mijozlarga tashakkurnoma-“motivatsion stimulyator” (sms xabarnoma, veb-saytda va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish, moddiy rag‘batlantirish)  berish orqali boshqa mijozlarni ham qarzni o‘z vaqtida qaytarishga bo‘lgan moyilligini oshirish va ko‘proq bank xizmatlaridan foydalanishga undash asoslab berilgan.
moliyaviy xulqni va insonlarning kelajakdagi moliyaviy qarorlarini “katta beshlik” xarakterlari ko‘rsatkichlari asosida aniqlagan holda kredit to‘loviga layoqatlilikni oldindan baholash orqali moliyaviy xizmatlarning riski va qarz yukini kamaytirishni  inobatga olish taklif etilgan.
ijtimoiy kredit skoring metodi bilan mijozlarning to‘lovga layoqatliligini baholashning xulq-atvor omillariga asoslangan psixometrik test metodi asosida baholash orqali kredit tarixi va doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan mijozlarni  kreditlash taklif etilgan.
banklarda xulq-atvor institutini joriy etish orqali mijozlarning  ijtimoiy-moliyaviy portretini aniqlashga hamda ularning xarakter-xususiyatlarini moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sirini o‘rganish zaruriyati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda byudjet siyosati ustuvorliklaridan foydalanishni takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
intizomli kredit to‘lovchi mijozlarga tashakkurnoma-“motivatsion stimulyator” (sms xabarnoma, veb-saytda va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish, moddiy rag‘batlantirish)  berish orqali boshqa mijozlarni ham qarzni o‘z vaqtida qaytarishga bo‘lgan moyilligini oshirish va ko‘proq bank xizmatlaridan foydalanishga undashga doir taklifi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 maydagi “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”dagi PF-5992-sonli qarori 1-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilishida foydalanildi. (“Trastbank” XABning 2024 yil 7- martdagi 01-17/992-sonli ma’lumotnomasi; ATB Turonbank ning 2024 yil 6-martdagi 25/03-09 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Trastbank” XABning 2023 yil yakunlariga ko‘ra 90 182 ta  jismoniy shaxslarga kreditlar ajratilgan bo‘lib, 2023 yilda 2022 yilga nisbatan jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar soni 3 965 taga ortgan hamda mijozlarning kreditlarining o‘z vaqtida qaytarilishiga erishilgan hamda kredit portfeli o‘sishi barobarida shakana biznes yo‘nalishi daromadlarining 2023 yil yakuniga ko‘ra 93% qismi jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar hisobiga to‘g‘ri kelgan.
moliyaviy xulqni va insonlarning kelajakdagi moliyaviy qarorlarini “katta beshlik” xarakterlari ko‘rsatkichlari asosida aniqlagan holda kredit to‘loviga layoqatlilikni oldindan baholash orqali moliyaviy xizmatlarning riski va qarz yukini kamaytirishni  inobatga olishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3620-son qarori 7-bandida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanildi (“Trastbank” XABning 2024 yil 7-martdagi 01-17/992-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xulq-atvor mezonlariga asoslangan so‘rovnoma testi ishlab chiqilgan va 600 nafar mijozlar o‘rtasida so‘rovnoma natijasiga ko‘ra xarajatlarini rejalashtira oladiganlar buning aksi bo‘lganlarga nisbatan 32 ball ko‘proq skoring baliga ega bo‘lishi hamda ko‘p narsadan asabiylashadiganlar asabiylashmaydiganlarga nisbatan 15,7 ballga kam skoring baliga ega bo‘lishi aniqlangan.
ijtimoiy kredit skoring metodi bilan mijozlarning to‘lovga layoqatliligini baholashning xulq-atvor mezoniga asoslangan psixometrik test metodi asosida baholash orqali kredit tarixi va doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan mijozlarni va kreditlashga doir taklifi  “Trastbank” XAB  tomonidan Bank Kuzatuv Kengashining 2022 yil 24-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan “Trastbank” XAB tomonidan jismoniy shaxslarga mikroqarz berish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori 9-ilovasida hamda 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan Biznes-rejasini ishlab chiqishda foydalanildi (“Trastbank” XABning 2024 yil 7- martdagi 01-17/992-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yilda jismoniy shaxslarning kredit qoldiqlarini o‘tgan yilga nisbatan 580 000,00 mln so‘mga oshirish va jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlardan olinadigan foizli daromadlar hajmini 605 920,00 mln so‘mga etkazish belgilandi.
banklarda xulq-atvor institutini joriy etish orqali mijozlarning  ijtimoiy-moliyaviy portretini aniqlashga hamda ularning xarakter-xususiyatlarini moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sirini o‘rganishga doir taklifi (ATB Turonbank ning 2024 yil 6-martdagi 25/03-09 sonli ma’lumotnomasi). Natijada jalb qilinadigan mijozlar sonini oshirish, kreditga layoqatliligini aniq va to‘liq baholash hisobiga sog‘lom kredit portfelini oshirish, kredit risklarini minimallashtirish, muommoli kreditlarni oldini oldini olish Breusch-Pagan va Ramsey RESET testi, Breusch-Godfrey va Durbin-Watson testlari, Skewness va Kurtosis testlari va ekonometrik modellar yordamida aniqlangan test metodi orqali mijozlarni xulq-atvorini o‘rganish  ilmiy asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish