Bakirov Juma Ashurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida metall korroziyasini oldini oluvchi  antikorrozion qoplamalar olish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K655.
Ilmiy rahbar: Xoliqova Sevara Jasurovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Aliqulov Rustam Valievich, kimyo fanlari doktori, professor; Namozov Abror Karim o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida olingan oligomer korroziya ingibitorlari asosida antikorrozion qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polietilenpoliamin, epoksid smola, kroton aldegidi va vermikulit minerali asosida KAESV-1 va KAPAESV-1 markali antikorrozion qoplamalar olish jarayonining maqbul sharoitlari aniqlangan;
olingan KAESV-1 va KAPAESV-1 markali antikorrozion qoplamalarning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
olingan KAESV-1 va KAPAESV-1 markali kompozit antikorrozion qoplamalarning skanerlovchi elektron mikroskop va atom kuch mikroskop usullari orqali olingan mikrofotografiyalar hamda tirnalishga chidamliligini baholash uchun HUATECh skretch testeri yordamida qoplama bilan qoplangan po‘lat sirtining morfologik o‘zgarishlari asoslangan;
polietilenpoliamin, epoksid smola, kroton aldegidi va vermikulit minerali asosida asosida KAESV-1 va KAPAESV-1 markali antikorrozion qoplamalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyo vermikulit mnerali asosida olingan antikorrozion qoplamalarini olish va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan gibrid antikorrozion qoplamalar “BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ O‘ZBEKISTON-TURKIYa qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ O‘ZBEKISTON-TURKIYa qo‘shma korxonasining 2023 yil 25 avgustidagi 33-son ma’lumotnomasi) Natijada, lok-bo‘yoq materiallari olish uchun qoplama hosil qiluvchi modda olish imkonini bergan;
gibrid antikorrozion qoplamalarni olish texnologiyasi “BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ O‘ZBEKISTON-TURKIYa qo‘shma korxonasida lok-bo‘yoq qoplamalar olishda amaliyotga joriy qilingan (“BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ O‘ZBEKISTON-TURKIYa qo‘shma korxonasining 2023 yil 25 avgustidagi 33-son ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi yuqori sifatli qoplamalarini mahalliy mahsulot sifatida qo‘llash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish