Orakbaev Azamat Amanbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qizilmiya chiqindilari va Qoraqalpog‘iston fosforitlari asosida organik va organik mineral o‘g‘itlar olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3236.
Ilmiy rahbar: Namazov Shafaat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.20.03.
Rasmiy opponentlar: Nurmurodov Tulqin Isamurodovich, texnika fanlari doktori, professor; Madenov Berdimurat Dauletmuratovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston fosforitlari, bentonitlari va qizilmiya chiqindilari asosida organik va OO‘, meliorantlar va o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi stimulyatorlari olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
FX sul`fat kislotada parchalangan maxsulotini oksidlangan shrot ishtirokida ammonizatsiyalaganda o‘simliklar uchun o‘zlashuvchan fosforni 1,17 barobar ortishi aniqlangan;
vodorod peroksid konsentratsiyasi va miqdorini shrotni oksidlanish jarayoniga ta’siri o‘rganilib maqbul sharoitda ekstraksiyalanuvchi faol moddalar (EFM) miqdori 10,86 barobar ortishi aniqlangan;
EFM fosforitlar bilan o‘zaro ta’sirlashganda yuqori molekulyar organik kislotalarni kal`siyli tuzlari xosil bo‘lishi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston fosfatlari va oksidlangan QSh asosida olingan guminli oddiy superfosfatning boshlang‘ich moddalar nisbatiga bog‘liq ravishda asosiy kimyoviy, fizik-kimyoviy va texnologik tavsiflarini o‘zgarishi asoslangan;
QSh vodorod peroksidi bilan bosqichma-bosqich oksidlash yo‘li bilan EFM unumini 68,45% dan 88,75% oshirish va birinchi bosqichda oksidlashdan so‘ng o‘simliklarni o‘stiruvchi va rivojlantiruvchi stimulyatorlar olish, ikkinchi bosqichdan so‘ng tuproq tuzilishini yaxshilovchi meliroantlar olish imkoniyati isbotlangan;
maydalangan QSh vodorod peroksid bilan oksidlash, so‘ngra bentonit ishtirokida donadorlash orqali organik o‘g‘itlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
oksidlangan QSh va sul`fat kislotaning kam me’yorida parchalangan fosforit xom ashyosi asosida guminli oddiy superfosfat olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Oksidlangan QSh, fosforitlarni sul`fat kislotada parchalangan maxsuloti asosida organik va OO‘, o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishi stimulyatorlari va meliorantlar olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fosforitlarini sulfat kislotada kam me’yorda parchalash va nordon superfosfat massaga ammonizatsiyalash va quritishdan oldin oksidlangan shrot qo‘shish yo‘li bilan guminli oddiy superfosfat olish texnologiyasi "Elektrokimyozavod" AJ-QKning “2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan ("Elektrokimezavod" AJ QKning 2024 yil 22 fevraldagi 25-son ma’lumotnomasi). Natijada, sul`fat kislota sarfini sezilarli darajada kamaytirish va agrokimyoviy samarali guminli oddiy superfosfat olish imkoniyatini beradi;
oksidlangan QSh donadorlashda bentonit suspenziyasini kiritish yo‘li bilan donador organik o‘g‘it olish texnologiyasi "Elektrokimezavod" AJ QKning “2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan ("Elektrokimezavod" AJ-QKning 2024 yil 22 fevraldagi 25-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali organik o‘g‘itlar olish imkonini beradi.