Kenjaev Xamdam Bazarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kalitli komponentlardan foydalangan holda bir jinsli hujjatlardan ma’lumotlarni ajratib olishning algoritmik va dasturiy majmuasi” mavzusidagi, 05.01.04-“Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligi (texnika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3636.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nishanov Axram Xasanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali, PhD.13/05.05.2023.T.162.01.
Rasmiy opponentlar: Djumanov Jamoljon Xudaykulovich, texnika fanlari doktori, professor, Raximboev Xikmat Jumanazarovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bir xil tuzulmaga ega matnli hujjatlardan kalit so‘zlar orqali muhim axborot birliklarini ajratib olishning va bu ma’lumotlardan ehtiyojga ko‘ra umumlashtiruvchi hisobotlar shakllantirishning algoritmik va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
elektron hujjatning fragment andozalari, kalit so‘zlar va bilimlar bazasi asosida matnlarni qayta ishlash usullari loyhalashtirilgan;
hujjatlardan toifali fragment bloklarini aniqlash va bu bloklardan kalit so‘zlar asosida qiymatli axborotlarni ajratib olish jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
o‘zbek tilida ifodalangan matnli hujjatlarni fragmentlash, fragment matnidan kalit so‘zlar asosida qiymatli axborotlarni ajratib olish va umumlashtirishning qoidalar bazasi ishlab chiqilgan;
bir jinsli elektron hujjatlarning fragment matnidan qiymatli axborotlarni ajratib olish va umumlashtirish qoidalar bazasi asosida qiymatli axborotlarni chiqarib olish va umumlashtirish algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbek tilida ifodalangan matnli hujjatlarini fragmentlash, fragment matnidan kalit so‘zlar orqali qiymatli axborotlarni ajratib olish hamda umumlashtirishning qoidalar bazasi bo‘yicha ishlab chiqilgan “O‘zbek tilidagi bir jinsli matnli hujjatlardan yarim avtomat hisobot tayorlovchi axborot tizimi”ni amaliyotga joriy etilishi natijalar asosida:
Tadqiqotchi tomondan ishlab chiqilgan axborot tizim Ellikqal’a tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga joriy etildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 02 noyabrdagi №01-03/4034-son ma’lumotnomasi). Natijada tashkilotning yuqori hamda quyi bo‘g‘inidagi tashkilotlaridan keladigan turli ko‘rinishdagi axborotlar (xat, buyruq va hokazolar) hamda fuqoralar murojaatlarini tahlil qilish va tezkorlikda javob qaytarish kabi jarayonlar uchun ketadigan vaqtni 21% ga qisqartirgan. Bu esa ish samaradorligini 23% ga oshirish imkonini bergan.
elektron hujjat tuzilishi va fragment andozalari, kalit so‘zlar va bilimlar bazasini loyhalashtirish va hujjatlardan toifali fragment bloklarini aniqlash hamda bu blokdan kalit so‘zlar asosida qiymatli axborotlarni ajratib olish jarayoni matematik modeli qurish asosida yaratilgan dasturiy majmuasi Beruniy tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga joriy etildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 02 noyabrdagi №01-03/4034-son ma’lumotnomasi). Natijada tashkilotga keladigan elektron hujjatlardan toifali fragment bloklarini aniqlash va bu blokdan kalit so‘zlar asosida qiymatli axborotlarni ajratib olish jarayoni avtomatlashtirilgan holda ishlash imkonini bergan. Bu esa soha xodimlarini ish yuklama hajmini 17% ga qisqartirgan hamda keladigan hujjatlarga qayta ishlov berish asosida javob qaytarish tezkorligini oshirish orqali ish samaradorligini 19% ga oshirish imkonini bergan.
elektron hujjatlarni kalit so‘zlar asosida qiymatli axborotlarni ajratib olish va umumlashtirish algoritmi asosida yaratilgan dasturiy majmuasi Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga joriy etildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 02 noyabrdagi №01-03/4034-son ma’lumotnomasi). Natijasida tashkilot xodimlari uchun 7 xil kategoriyaga tegishli kalit so‘zlar bazasi asosida hujjatlarni qabul qilib olish va avtomatik tahlil qilish jarayonnini bajarish hamda talab asosida har bir hujjatdagi qiymatli ma’lumotlarni ajratib berish kabi imkoniyatlarni yaratgan. Bu esa vaqtni 22% ga qisqartirish orqali ish samaradorligini 24% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish