Ashurov Mirjalol Arslon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 3D interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3760.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Saidova Mohinur Jonpo‘latovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Toshtemirov Doniyor Eshbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 3D interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 3D interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratishga o‘rgatishning pedagogik imkoniyatlari raqamli ta’lim jarayonining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, omillari, funksiyalari integrativ yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan interaktiv axborot resurslaridan ratsional foydalanish hamda polimodal tashkiliy strukturasi xususiyatlarini qiyosiy tavsiflash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 3D interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratishga o‘rgatish jarayoni obrazli tasavvur ko‘nikmalarni didaktik ma’lumotlarni ta’limiy maqsadga mos vizualizatsiyalash, virtual va real harakat maydoni ichki chegarasi traektoriyasini aniqlashtirish hamda ergonomik va dizayn tuzilishiga qo‘yiladigan talablarga ko‘ra bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 3D interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratishga o‘rgatish samaradorligi fazoviy tasavvurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan prognostik modellashtirish, rivojlantiruvchi amaliy, nazariy topshiriqlar va nazorat qiluvchi testlarni kiritish hamda tashqi olam ob’ektlarini ko‘rgazmali-obrazli tasvirlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 3D interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratishga o‘rgatish modeli tizimli va faoliyatli yondashuvlarning amaliy natijadorligini oshirishga qaratilgan moslashuvchanlik, interaktivlik, amaliyotga yo‘nalganlik, multimedialik tamoyillari integrativligini ta’minlashga ustuvorlik berish hamda shaxsga yo‘naltirilgan kognitiv-transformatsiyalash bosqichlarini funksional integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 3D interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 3D interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratishga o‘rgatishning pedagogik imkoniyatlari raqamli ta’lim jarayonining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, omillari, funksiyalari integrativ yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan  interaktiv axborot resurslaridan ratsional foydalanish hamda polimodal tashkiliy strukturasi xususiyatlarini qiyosiy tavsiflash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi “302”-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-1296 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 3D interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratishga o‘rgatishning imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 3D interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratishga o‘rgatish jarayoni obrazli tasavvur ko‘nikmalarni didaktik ma’lumotlarni ta’limiy maqsadga mos vizualizatsiyalash, virtual va real harakat maydoni ichki chegarasi traektoriyasini aniqlashtirish hamda ergonomik va dizayn tuzilishiga qo‘yiladigan talablarga ko‘ra bosiqchma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi “302”-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-1296 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, 3D interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratishga o‘rgatish jarayonini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 3D interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratishga o‘rgatish samaradorligi fazoviy tasavvurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan prognostik modellashtirish, rivojlantiruvchi amaliy, nazariy topshiriqlar va nazorat qiluvchi testlarni kiritish hamda tashqi olam ob’ektlarini ko‘rgazmali-obrazli tasvirlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi “302”-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-1296 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan 3D interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratishga o‘rgatish imkoni oshirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 3D interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratishga o‘rgatish modeli tizimli va faoliyatli yondashuvlarning amaliy natijadorligini oshirishga qaratilgan moslashuvchanlik, interaktivlik, amaliyotga yo‘nalganlik, multimedialik tamoyillari integrativligini ta’minlashga ustuvorlik berish hamda shaxsga yo‘naltirilgan  kognitiv-transformatsiyalash bosqichlarini funksional integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid  tavsiyalar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi “302”-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-1296 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada 3D interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish modelini takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish