Mambetova Lobar Mirzavali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “9-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy komretensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5057.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Masharipova Umida Abduvoxidovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Kenjaeva Muhayyo Abdumurodovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 9-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy komretensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
9-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘rtasida turli munosabatni ifodalovchi yordamchi birliklarni qo‘llash va semantik mohiyatini interpretatsiya qilish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash hamda subektiv munosabat bildirish malakalarini intensiv rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;
9-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modeli kommunikativ-kompetensiyaviy, integrativ-aksiologik yondashuvlar didaktik yaxlitligini ta’minlashga yo‘naltirilgan onglilik va faollik tamoyillariga ko‘ra pedagogik mikromuhit yaratish va subekt-subekt munosabatlarining qayta aloqasiga ustuvorlik berish asosida  takomillashtirilgan;
9-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish jarayoni tanqidiy fikrlash erkinligini oshirishga yo‘naltirilgan  kommunikativlik va kollaboratsiya faoliyatining yaxlit mazmunini maqsadli uyg‘unlashtirish hamda tinglab tushunish, o‘qib tushunish, so‘zlash va yozish malakalarini rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarini izchil kiritib borish asosida takomillashtirilgan;
9-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi nutqiy faoliyatning reseptiv va produktiv turlarini hamkorlikda rivojlantirishga moslashtirilgan ta’limiy maqsadlarini tashkiliy-motivatsion va faoliyatli- rivojlantiruvchi bosqichlarning ierarxik dinamikligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion ta’lim sharoitida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
9-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘rtasida turli munosabatni ifodalovchi yordamchi birliklarni qo‘llash va semantik mohiyatini interpretatsiya qilish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash hamda subektiv munosabat bildirish malakalarini intensiv rivojlantirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Ona tili  o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 149175 raqamli ruxsatnomasi).  Natijada o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha metodik ta’minot takomillashtirilgan;
9-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modeli kommunikativ-kompetensiyaviy, integrativ-aksiologik yondashuvlar didaktik yaxlitligini ta’minlashga yo‘naltirilgan onglilik va faollik tamoyillariga ko‘ra pedagogik mikromuhit yaratish va subekt-subekt munosabatlarining qayta aloqasiga ustuvorlik berish asosida  takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ona tili  o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 149175 raqamli ruxsatnomasi). Natijada ona tili ta’limida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiya tarkibiy elementlarini rivojlantirishning innovatsion metodlari, ta’limiy o‘quv topshiriqlari mazmuni takomillashtirilgan;
9-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish jarayoni tanqidiy fikrlash erkinligini oshirishga yo‘naltirilgan  kommunikativlik va kollaboratsiya faoliyatining yaxlit mazmunini maqsadli uyg‘unlashtirish hamda tinglab tushunish, o‘qib tushunish, so‘zlash va yozish malakalarini rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarini izchil kiritib borish asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Ona tili  o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 149175 raqamli ruxsatnomasi). Natijada ona tili fani mazmuni takomillashtirilgan  va o‘qitish sifati oshirilgan;
9-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi nutqiy faoliyatning reseptiv va produktiv turlarini hamkorlikda rivojlantirishga moslashtirilgan ta’limiy maqsadlarini tashkiliy-motivatsion va faoliyatli- rivojlantiruvchi bosqichlarning ierarxik dinamikligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga  oid tavsiyalar “Ona tili  o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 149175 raqamli ruxsatnomasi). Natijada ona tili fani mazmuni takomillashtirilgan  va o‘qitish sifati oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish