To‘raxanov Ummatali  Davlatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘z-o‘zini identifikatsiya qilishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P510.
Ilmiy rahbar: Arzikulov Dilshod Ne’matovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Azim Meylikulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Bafaev Muxiddin Maxamatovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik yo‘nalishlardagi bo‘lajak o‘qituvchilarni  tayyorlashda  o‘z-o‘zini identifikatsiya qilishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lg‘usi o‘qituvchilar shaxsiy identifikatsiyalashuvining gorizontal va vertikal tuzilmasi talaba shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida boshqaruvchi funksiya ekanligiga mos ravishda emotsional va xulqiy komponentlari ta’sirida jamoa a’zosi sifatida eʼtirof etilishi yoki etilmasligiga ko‘ra "Biz”, "Bizniki”, "O‘zimizniki” anglash asosida inguruh yoki autguruhga mansubligi asoslangan;
bo‘lg‘usi o‘qituvchining muayyan sharoitlarda ma’lum xatti-harakatlarga moyilligi, faoliyatni tanlash qobiliyati hisobida shaxslilik dispozisiyasi o‘zini o‘zi identifikatsiyalashning belgilovchi psixologik kompetensiyasi ekanligi inson rituallari asosida isbotlangan;
bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning o‘zini o‘zi identifikatsiyasida gender, sotsial identifikatsiyalashuvidan tafovutlanishida ularning ijodiy faollik va kasbiy shakllanishidagi maqsadga yo‘nalganlik asosiy motivator ekanligi kognitivlik asosida dalillangan;
kasbiy ta’limdagi ijobiy muhit ta’sirida bilim, ko‘nikmalar va kasbiy shakllanishi bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning o‘zini o‘zi identifikatsiyalashuvining ya’ni moslashuvchanligining kasbiy bilish, kasbga nisbatan munosabati, kasbni egallash motivlarining shakllanishi, kasbni o‘rganishdan iborat ierarxik bosqichlari ijtimoiy rollarni qabul qilish asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘z-o‘zini identifikatsiya qilishning ijtimoiy-psixologik rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot  natijalari asosida:
bo‘lg‘usi o‘qituvchilar shaxsiy identifikatsiyalashuvining gorizontal va vertikal tuzilmasi talaba shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida boshqaruvchi funksiya ekanligiga mos ravishda emotsional va xulqiy komponentlari ta’sirida jamoa a’zosi sifatida eʼtirof etilishi yoki etilmasligiga ko‘ra "Biz”, "Bizniki”, "O‘zimizniki” anglash asosida inguruh yoki autguruhga mansubligi asoslanganligiga doir ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 29 iyundagi 10-son buyrug‘i bilan markaz amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 1 martdagi PM-116-A-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning amaliy ko‘nikmalari yuzasidan ijtimoiy-psixologik jihatdan sifatini oshirish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
bo‘lg‘usi o‘qituvchining muayyan sharoitlarda ma’lum xatti-harakatlarga moyilligi, faoliyatni tanlash qobiliyati hisobida shaxslilik dispozisiyasi o‘zini o‘zi identifikatsiyalashning belgilovchi psixologik kompetensiyasi ekanligi inson rituallari asosida isbotlanganligiga doir ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 29 iyundagi 10-son buyrug‘i bilan markaz amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 1 martdagi PM-116-A-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy persepsiya tarkibida ijtimoiy-treninglar va vebinarlar orqali o‘z-o‘zini boshqarishning sifati oshirilgan;
bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning o‘zini o‘zi identifikatsiyasida gender, sotsial identifikatsiyalashuvidan tafovutlanishida ularning ijodiy faollik va kasbiy shakllanishidagi maqsadga yo‘nalganlik asosiy motivator ekanligi kognitivlik asosida dalillanganigiga doir tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 29 iyundagi 10-son buyrug‘i bilan “Jamiyatda dolzarb ijtimoiy muammolarni o‘rganish, tahlil qilish va hal etish bo‘yicha ilmiy psixologik tadqiqotlar o‘tkazish hamda ularda qo‘llaniladigan samarali metodlarni ishlab chiqilishini ta’minlash” metodikasiga tadbiq etilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 1 martdagi PM-116-A-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak amaliy psixologlarining pedagogik-psixologik rivojlanishiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri ochib berilgan;
kasbiy ta’limdagi ijobiy muhit ta’sirida bilim, ko‘nikmalar va kasbiy shakllanishi bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning o‘zini o‘zi identifikatsiyalashuvining ya’ni moslashuvchanligining kasbiy bilish, kasbga nisbatan munosabati, kasbni egallash motivlarining shakllanishi, kasbni o‘rganishdan iborat ierarxik bosqichlari ijtimoiy rollarni qabul qilish asosida dalillanganligi bo‘yicha takliflari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 29 iyundagi 10-son buyrug‘i bilan “Davlat buyurtmasi hamda ijtimoiy talablar asosida jamiyat hayotidagi shaxs psixologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus va tizimli muammolar bo‘yicha amaliy psixologik tadqiqotlar o‘tkazib, ularning echimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish” metodikasiga tatbiq etilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 1 martdagi PM-116-A-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘z-o‘zini aniqlash jarayonida ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish modeli takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish