Pronin Roman Olegovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh va kasbiy ko‘nikmalarning vizual illyuziyalarni idrok etishgata’siri”, 19.00.01 – Psixologiya tarixi. Shaxs psixologiyasi. Umumiy psixologiya (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/P107.
Ilmiy rahbar: Menshikova Galina Yakovlevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Maxmudov Ibragimjon Ismailovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli yosh davrlarida va ma’lum bir kasb faoliyatiga oid kasbiy malakalar bilan bog‘liq holda idrok jarayonidagi vizual illyuziyalarning xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘rish illyuziyalari materiali asosida maktabda o‘qitish ta’siri natijasida va perseptiv tajriba to‘planishi oqibatida umumta’lim maktablarining 1-5-9-sinf o‘quvchilarida turlicha illyuzor tafovutlar borligi aniqlangan;
turli kasb vakillarida modifikatsiyalashgan ko‘rish illyuziyalari materiali va ularni oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislik bo‘yicha o‘qitish natijasida ko‘rish illyuziyalariga moyilligi turlicha bo‘lishi asoslangan;
psixolog, dasturchi va rassom kasbi mutaxassisliklar bo‘yicha bir yildan ortiq vaqt davomida ishlayotganlar o‘zlari tanlagan kasblari bo‘yicha ishlashlari natijasida o‘zgartirilgan, modifikatsiyalashtirilgan vizual illyuziyalar materialiga asoslangan vizual illyuziyalarga, turli xil moyilliklarga ega ekanligi isbotlangan;
korreksion-trening dasturini o‘tkazish natijasida ikki o‘lchamli va uch o‘lchamli fazoviy tavsiflarni (o‘lchov, shakl) baholash aniqligining ortishida namoyon bo‘luvchi  idrok mexanizmi yaxshilanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh va kasbiy mahoratning vizual illyuziyalarni idrok etishga ta’sirini o‘rganuvchi ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ko‘rish illyuziyalari materiali asosida maktabda o‘qitish ta’siri natijasida va perseptiv tajriba to‘planishi oqibatida umumta’lim maktablarining 1-5-9-sinf o‘quvchilarida turlicha illyuzor tafovutlar borligi aniqlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 6 maydagi PM-32a-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Yosh davrlar psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 6 maydagi PM-32a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta maktab o‘quvchilarining fazoviy xususiyatlarini baholashning aniqligini oshirish imkoni yaratilgan;
turli kasb vakillarida modifikatsiyalashgan ko‘rish illyuziyalari materiali va ularni oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislik bo‘yicha o‘qitish natijasida ko‘rish illyuziyalariga moyilligi turlicha bo‘lishi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 6 maydagi PM-32a-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 6 maydagi PM-32a-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy ijod va matematika bilan shug‘ullanishda xayoliy ta’sirning og‘irligini pasaytirish imkoni yaratilgan;
psixolog, dasturchi va rassom kasbi mutaxassisliklar bo‘yicha bir yildan ortiq vaqt davomida ishlayotganlar o‘zlari tanlagan kasblari bo‘yicha ishlashlari natijasida o‘zgartirilgan, modifikatsiyalashtirilgan vizual illyuziyalar materialiga asoslangan vizual illyuziyalarga, turli xil moyilliklarga ega ekanligi asosida aniqlashga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 6 maydagi PM-32a-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 6 maydagi PM-32a-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy ijod va matematika bilan shug‘ullanishda xayoliy ta’sirning og‘irligini pasaytirish imkoni yaratilgan;
korreksion-trening dasturini o‘tkazish natijasida ikki o‘lchamli va uch o‘lchamli  fazoviy tavsiflarni (o‘lchov, shakl) baholash aniqligining ortishida namoyon bo‘luvchi  idrok mexanizmi yaxshilanishi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 6 maydagi PM-32a-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 6 maydagi PM-32a-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu dastur ma’lum parametrlarga ko‘ra ma’lum ob’ektlarga nisbatdan kuzatish va qiymat baholarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish