Botirova Dilafro‘z Bozorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Pedagoglarda kasbiy so‘nish jarayonining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P585.
Ilmiy rahbar: Umarov Bahriddin Mingboevich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Xolyigitova Nasiba Xabibullaevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagoglarda kasbiy so‘nish jarayonining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini empirik jihatdan ochib berish hamda kasbiy so‘nish profilaktikasi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagoglarda kasbiy so‘nish jarayonining shakllanishiga ta’sir etuvchi chidamlilik darajasi, mijoz bilan aloqaning chuqurlashuvi, lokus nazorat, teskari aloqa, qarshilik ko‘rsatish uslubi, o‘z-o‘zini baholash, o‘zi faoliyat olib borayotgan muassasadagi munosabatlar, nevrotizm (tashvishlanish), mehnat obektiga nisbatan bo‘lgan munosabat, ekstroversiya kabi ijtimoiy-psixologik omillar empirik tadqiqotlar asosida aniqlangan;
o‘qituvchilarda kasbiy so‘nish yosh, ish staji bo‘yicha namoyon bo‘lishiga ko‘ra, rezistensiya (qarama-qarshilik), “tanglik darajasi”, “charchoq hissi”, “hissiy reaksiyaning noadekvatligi”, “kasbiy majburiyatlarni bajarish hissining kamayishi” (reduksiya), "tashvishlanish va depressiya" xususiyatlari; erkaklarning voqelikni ichiga yutish, stressogen ta’sirlarni ayollar singari tezda o‘tkazib yubora olmaslik, erkakning oila boquvchisi, ta’minotchisi sifatidagi burch va mas’uliyatini his qilishi kabi gender psixologik xususiyatlar asoslangan;
o‘qituvchilarda jamoadagi noqulay psixologik muhit, ziddiyatning vertikal ravishda, "nazoratchi-bo‘ysunuvchi" va gorizontal ravishda – "hamkasb-hamkasb" munosabatlari tizimida namoyon bo‘lish darajdasi, kognitiv informasion zo‘riqish, kundalik hisobotlar, sinf rahbarligi, jamoat ishlariga jalb qilinish, pedagoglar jamoasidagi rahbar-xodim munosabatlari bilan bog‘liq muammolar asosida shaxsda kelib chiqadigan stress holatining kasbiy so‘nish jarayoniga ta’sir etishi izohlangan;
oliy ta’lim tizimi professor-o‘qituvchilaridagi shaxsiy muammolar, moliyaviy ahvol, hayot sharoitlari va sifati, ishda va uyda o‘zini o‘zi anglamaslik kabi shaxsiy omillar; talabalar, ularning ota-onalari, va boshqaruv faoliyatida samarali muloqotning mavjud emasligi kabi kommunikativ omillar; ishdagi stress darajasining yuqoriligi, ish oqimidan qoniqishning etishmasligi, kam ish haqi, tartibsiz ish jadvali kabi tashkiliy omillar; o‘qitishning yangi texnologiyasini o‘zlashtirish, talabalar orasida adekvat reaksiyaning mavjud emasligi, jamoadagi qo‘llab-quvvatlashning etishmasligi, pedagogik faoliyatdagi ortiqcha yuklamalar kabi o‘quv-ilmiy faoliyat bilan bog‘liq omillar kasbiy so‘nishning rivojlanishiga ta’sir etishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagoglarda kasbiy so‘nish muammosining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
pedagoglarda kasbiy so‘nish jarayonining shakllanishiga ta’sir etuvchi chidamlilik, mijoz bilan aloqaning chuqurlashuvi, lokus nazorat, teskari aloqa, qarshilik ko‘rsatish uslubi, o‘z-o‘zini baholash, o‘zi faoliyat olib borayotgan muassasadagi munosabatlar, nevrotizm (tashvishlanish), mehnat obektiga nisbatan bo‘lgan munosabat, ekstroversiya kabi ijtimoiy-psixologik omillar empirik tadqiqotlar asosida aniqlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya - o‘quv ilmiy markazining 2024 yil 20 maydagi PM-139-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” va “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 25 maydagi PM-139-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi psixologlarning pedagoglarda kasbiy so‘nish jarayonining shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillari haqidagi bilim, tushuncha va tasavvurlari ortishiga erishilgan;
o‘qituvchilarda kasbiy so‘nish yosh, ish staji bo‘yicha namoyon bo‘lishiga ko‘ra, rezistensiya (qarama-qarshilik), “tanglik darajasi”, “charchoq hissi”, “hissiy reaksiyaning noadekvatligi”, “kasbiy majburiyatlarni bajarish hissining kamayishi” (reduksiya), "tashvishlanish va depressiya" xususiyatlari; erkaklarning voqelikni ichiga yutish, stressogen ta’sirlarni ayollar singari tezda o‘tkazib yubora olmaslik, erkakning oila boquvchisi, ta’minotchisi sifatidagi burch va mas’uliyatini his qilishi kabi gender psixologik xususiyatlarga doir ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya - o‘quv ilmiy markazining 2024 yil 20 maydagi PM-139-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” va “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 25 maydagi PM-139-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi psixologlarning pedagoglarda kasbiy so‘nish jarayonining yosh, ish staji bo‘yicha va ijtimoiy psixologik xususiyatlari haqidagi bilim, tushuncha va tasavvurlari ortishiga erishilgan;
o‘qituvchilarda jamoadagi noqulay psixologik muhit, ziddiyatning vertikal ravishda, "nazoratchi-bo‘ysunuvchi" va gorizontal ravishda–"hamkasb-hamkasb" munosabatlari tizimida namoyon bo‘lish darajdasi, kognitiv informasion zo‘riqish, kundalik hisobotlar, sinf rahbarligi, jamoat ishlariga jalb qilinish, pedagoglar jamoasidagi rahbar-xodim munosabatlari bilan bog‘liq muammolar asosida shaxsda kelib chiqadigan stress holatining kasbiy so‘nish jarayoniga ta’sir etishi haqidagi ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya - o‘quv ilmiy markazining 2024 yil 20 maydagi PM-139-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 25 maydagi PM-139-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi psixologlarning pedagoglarda kasbiy so‘nish jarayonining shakllanishiga o‘qituvchilardagi stress holatining ta’siri bo‘yicha bilim, tushuncha va tasavvurlari ortishiga erishilgan;
oliy ta’lim tizimi professor-o‘qituvchilaridagi shaxsiy muammolar, moliyaviy ahvol, hayot sharoitlari va sifati, ishda va uyda o‘zini o‘zi anglamaslik kabi shaxsiy omillar; talabalar, ularning ota-onalari, va boshqaruv faoliyatida samarali muloqotning mavjud emasligi kabi kommunikativ omillar; ishdagi stress darajasining yuqoriligi, ish oqimidan qoniqishning etishmasligi, kam ish haqi, tartibsiz ish jadvali kabi tashkiliy omillar; o‘qitishning yangi texnologiyasini o‘zlashtirish, talabalar orasida adekvat reaksiyaning mavjud emasligi, jamoadagi qo‘llab-quvvatlashning etishmasligi, pedagogik faoliyatdagi ortiqcha yuklamalar kabi o‘quv-ilmiy faoliyat bilan bog‘liq omillar kasbiy so‘nishning rivojlanishiga ta’sir etishi borasidagi olingan yangiliklar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya - o‘quv ilmiy markazining 2024 yil 20 maydagi PM-139-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 25 maydagi PM-139-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi psixologlarning pedagoglarda kasbiy so‘nish jarayonining rivojlanishida stressning o‘qituvchilarda kasbiy so‘nish jarayoni rivojlanishiga ta’siri etishi haqidagi bilim, tushuncha va tasavvurlari ortishiga erishilgan.