Dushanov Rustam Xujanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i  nomi): “Ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv faoliyati subektlarining psixologik jihatlari”, 19.00.03 – Inson kasbiy faoliyati psixologiyasi (yuridik psixologiya) (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/P43.
Ilmiy maslahatchi: Shoumarov G‘ayrat Baxromovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD 03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Sattorov Erkin Niyozmetovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Ismailov Isomiddin, yuridik fanlar doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universetiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv faoliyati ishtirokchilarining psixologik xususiyatlarini ilmiy-nazariy nuqtayi nazardan ochib berish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tezkor-qidiruv faoliyati ishtirokchilarida qadriyatlar tizimi, regulyativ sohasi, individual-psixologik xususiyatlari va ijtimoiy tajribalarini integratsiyalashtirish orqali kasbiy dispozisiyani shakllantirishda shaxsiy differensial maydonning adolatlilik (baho), qat’iyatlilik, shijoatlilik, o‘ziga ishonganlik, mustaqillik (kuch) va g‘ayratlilik (faollik) komponentlari xodimlar xulq-atvori barqarorligini ta’minlashning yetakchi omillari ekanligi aniqlangan;
sotsial aloqalarga salohiyatlilikning barqaror munosabalar omili sifatida e’tirof etilishi, jur’atlik, jasurlik, kreativlik esa o‘zini o‘zi kamol toptirtiruvchi kabi intrensiv motivlar ta’sirida o‘zlariga nisbatan talabchanlikning o‘sib borshi sababli tezkor-qidiruv faoliyati xodimlarida “inson – jamiyat – inson” munosabatlarining rivojlantirilishi natijasida ularning murakkab xizmat vazifalarini ishonchli va jasorat bilan bajarish imkoniyatlarini kuchaytirganligi empirik dalillangan;
kasbiy tajribalarining ortib borishi hisobida vaziyatlarga moslashish va hamkorlik usullaridan foydalanishni o‘zlashtirishlari sababli faoliyatdagi nizolarni bartaraf etishda konsesusga va xavotirlanishni susaytirishga erishishlarida muvaffaqiyatga, muvaffaqiyasizlikka va  salomatlikka nisbatan  internalliklar tezkor-qidiruv faoliyati xodimlarida ustuvor sub’ektiv nazorat jabhalari sifatida shakllanishi  isbotlangan;
ishlovga olingan shaxs bilan ishonchli psixologik aloqa o‘rnatishda ularning rejalari, maqsadlari, qadriyatlari, ehtiyojlari, ustanovka va motivatsiyalarini aniqlashning ekstren usullariga tayanishlari orqali tezkor-qidiruv faoliyati vazifalarining muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlanishi xodimlarni ko‘plab puxta tayyorlanayotgan va niqoblangan jinoyatlarning oldini olish imkoniyatlarini kuchaytirishi aniqlangan;
jinoyatchilikka qarshi kurashda tezkor-qidiruv faoliyati mutaxassislari kasbiy faoliyatini optimallashtirish uchun ularning kasbiy-shaxsiy kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim kasbiy-shaxsiy, individual sifatlarining aniqlovchilari va rivojlanish istiqbollarini, kasbiy faoliyat predmeti va ob’ektining uyg‘unlashtirishni, kasbiy  ko‘nikma va malakalarni, layoqatlar va afzalliklarni, kasbiy vazifalari va  ish shakllarini, boshqa kasblar bilan aloqadorligini hamda mutaxassislarni tayyorlash jarayonini tavsiflovchi professiogrammasi tizimli ishlab chiqilgan.
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv faoliyati ishtirokchilari psixologiyasini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tezkor-qidiruv faoliyati ishtirokchilarida qadriyatlar tizimi, regulyativ sohasi, individual-psixologik xususiyatlari va ijtimoiy tajribalarini integratsiyalashtirish orqali kasbiy dispozisiyani shakllantirishda shaxsiy differensial maydonning adolatlilik (baho), qat’iyatlilik, shijoatlilik, o‘ziga ishonganlik, mustaqillik (kuch) va g‘ayratlilik (faollik) komponentlari xodimlar xulq-atvori barqarorligini ta’minlashning yetakchi omillari ekanligi aniqlangan ma’lumotlar  Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 3-maydagi PM-128-son buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Yuridik psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-maydagi PM-128-a – son ma’lumotnomasi). Natijada, tezkor-qidiruv faoliyati ishtirokchilarini shaxsiy differensial semantik tahlil asosida kasbiy-shaxsiy ahamiyatli xususiyatlarini tavsiflovchi yetakchi omillarni aniqlashtirilgan;
sotsial aloqalarga salohiyatlilikning barqaror munosabalar omili sifatida e’tirof etilishi, jur’atlik, jasurlik, kreativlik esa o‘zini o‘zi kamol toptirtiruvchi kabi intrensiv motivlar ta’sirida o‘zlariga nisbatan talabchanlikning o‘sib borshi sababli tezkor-qidiruv faoliyati xodimlarida “inson – jamiyat – inson” munosabatlarining rivojlantirilishi natijasida ularning murakkab xizmat vazifalarini ishonchli va jasorat bilan bajarish imkoniyatlarini kuchaytirganligi empirik dalillanganligi haqidagi ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 3-maydagi PM-128-son buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Kasb psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-maydagi PM-128-a – son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir, ilk o‘spirin, o‘spirinlarda stressga barqarorlik va koping xulq komponenti bo‘lgan ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv faoliyati ishtirokchilarining kasbiy motivatsiya profili va kasbiy-shaxsiy talabchanlik xususiyatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
kasbiy tajribalarining ortib borishi hisobida vaziyatlarga moslashish va hamkorlik usullaridan foydalanishni o‘zlashtirishlari sababli faoliyatdagi nizolarni bartaraf etishda konsesusga va xavotirlanishni susaytirishga erishishlarida muvaffaqiyatga, muvaffaqiyasizlikka va  salomatlikka nisbatan  internalliklar tezkor-qidiruv faoliyati xodimlarida ustuvor sub’ektiv nazorat jabhalari sifatida shakllanishi  asoslangani haqidagi ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 3-maydagi PM-128-son buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Yuridik psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-maydagi PM-128-a – son ma’lumotnomasi). Natijada tezkor-qidiruv faoliyati xodimlarining kasbiy tajribalari dinamikasida  kasbiy faoliyatdagi nizolar va xavotirlanishlarni bartaraf etish usullaridan foydalanishning sub’ektiv nazoratining ustuvor jabhalari takomillashtirilgan;
ishlovga olingan shaxs bilan ishonchli psixologik aloqa o‘rnatishda ularning rejalari, maqsadlari, qadriyatlari, ehtiyojlari, ustanovka va motivatsiyalarini aniqlashning ekstren usullariga tayanishlari orqali tezkor-qidiruv faoliyati vazifalarining muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlanishi xodimlarni ko‘plab puxta tayyorlanayotgan va niqoblangan jinoyatlarning oldini olish imkoniyatlarini kuchaytirishi aniqlanganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 3-maydagi PM-128-son buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Kasb psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-maydagi PM-128-a – son ma’lumotnomasi). Natijada tezkor-qidiruv faoliyati xodimlarning kasbiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishi orqali tayyorlanayotgan va niqoblangan jinoyatlarning oldini olish imkoniyatlarini kuchaytiruvchi psixologik jihatlarni aniqlash imkoniyati yaratilgan.
jinoyatchilikka qarshi kurashda tezkor-qidiruv faoliyati mutaxassislari kasbiy faoliyatini optimallashtirish uchun ularning kasbiy-shaxsiy kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim kasbiy-shaxsiy, individual sifatlarining aniqlovchilari va rivojlanish istiqbollarini, kasbiy faoliyat predmeti va ob’ektining uyg‘unlashtirishni, kasbiy  ko‘nikma va malakalarni, layoqatlar va afzalliklarni, kasbiy vazifalari va  ish shakllarini, boshqa kasblar bilan aloqadorligini hamda mutaxassislarni tayyorlash jarayonini tavsiflovchi professiogrammasi tizimli ishlab chiqilgan takliflar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 3-maydagi PM-128-son buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Kasb psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-maydagi PM-128-a – son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv faoliyati xodimlarining kasbiy-shaxsiy kamolotini ta’minlovchi jinoyatchilikka qarshi kurashda tezkor-qidiruv faoliyati ishtirokchilarining psixologik xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan mutaxasissislik professiogrammasi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish