Ataxanova Saera Otkurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda sog‘lom tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/P466.
Ilmiy rahbar: Qarshieva Dilafruz Suyunovna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Dosrqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Saidov Azamat Ismoilovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda sog‘lom tafakkurni rivojlantirishning redagogik psixologik xususiyatlarini ochib berish asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning sog‘lom tafakkurini rivojlanganlik darajasiga ko‘ra kasbiy bilim va tushunchalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan intilishning sosial munosabatlar va ehtiyojlar bilan bog‘liq ravishda dinamik o‘zgarib borishi tufayli, birinchi kurslarda kognitiv, predmetli, to‘rtinchi kurslarda ijtimoiy, verbal fikrlashning ustuvor namoyon bo‘lishi dalillangan;
talabalardagi sog‘lom tafakkurning rivojlanishi ekstroversiya ijtimoiy va verbal tafakkur, introversiya predmetli, abstrakt tafakkur bilan to‘g‘ri proporsional shakllanishi harakteriga ega ekanligi tufayli shaxs tiplariga uyg‘un namoyon bo‘lishi asoslangan;
talabalarda sog‘lom tafakkurni rivojlanishida shaxsdagi o‘zi va boshqalarning kechinmalarini tushunish va boshqarish, o‘ziga motivasiya berish, empatiya qobilityaining o‘z-o‘zini xissiy baholashning integral komponentlari bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli emosional intellektning shakllanganligi muhim psixologik xususiyat ekanligi isbotlangan;
talabalar da sog‘lom tafakkurni rivojlantirish uchun ta’lim va “pedagog-talaba”, “talaba-talaba” munosabatlari bilan bog‘liq xavotirlanish, hissiy noturg‘unlikni axborotni qabul qilish, qayta ishlash jarayoniga salbiy ta’sirini kamaytirish orqali ijodiy fikrlash darajasini oshirish muhimligi tufayli shaxs hissiy holatiga korreksion ta’sir etishning pedagogik-psixologik asoslari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda sog‘lom tafakkurni rivojlantirishning redagogik-rsixologik xususiyatlarini rivojlantirishga doir ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
talabalarning sog‘lom tafakkurini rivojlanganlik darajasiga ko‘ra kasbiy bilim va tushunchalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan intilishning sosial munosabatlar va ehtiyojlar bilan bog‘liq ravishda dinamik o‘zgarib borishi tufayli, birinchi kurslarda kognitiv, predmetli, to‘rtinchi kurslarda ijtimoiy, verbal fikrlashning ustuvor namoyon bo‘lishi dalillangan Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20- maydagi PM-135-son buyrug‘iga binaoan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilsin (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-maydagi PM-135-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning sog‘lom tafakkurini rivojlanganlik darajasining o‘ziga xos dinamik xususiyatlarini o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
talabalardagi sog‘lom tafakkurning rivojlanishi ekstroversiya ijtimoiy va verbal tafakkur, introversiya predmetli, abstrakt tafakkur bilan to‘g‘ri proporsional shakllanishi harakteriga ega ekanligi tufayli shaxs tiplariga uyg‘un namoyon bo‘lish asoslangan Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20- maydagi PM-135-son buyrug‘iga binaoan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilsin (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25- maydagi PM-135-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalardagi sog‘lom tafakkurning rivojlanishini shaxs tiplariga bog‘liq jihatlarini asoslash imkoniyati yaratilgan;
talabalarda sog‘lom tafakkurni rivojlanishida shaxsdagi o‘zi va boshqalarning kechinmalarini tushunish va boshqarish, o‘ziga motivasiya berish, empatiya qobilityaining o‘z-o‘zini xissiy baholashning integral komponentlari bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli emosional intellektning shakllanganligi muhim psixologik xususiyat ekanligi isbotlangan Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20- maydagi PM-135-son buyrug‘iga binaoan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilsin (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25- maydagi PM-135-a-ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda sog‘lom tafakkurni rivojlanishiga emosional intellektning ta’sirini tadqiq etilgan;
talabalar da sog‘lom tafakkurni rivojlantirish uchun ta’lim va “pedagog-talaba”, “talaba-talaba” munosabatlari bilan bog‘liq xavotirlanish, hissiy noturg‘unlikni axborotni qabul qilish, qayta ishlash jarayoniga salbiy ta’sirini kamaytirish orqali ijodiy fikrlash darajasini oshirish muhimligi tufayli shaxs hissiy holatiga korreksion ta’sir etishning pedagogik-psixologik asoslari isbotlangan Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-135-son buyrug‘iga binaoan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilsin (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25- maydagi PM-135-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda sog‘lom tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlarini asoslash orqali amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.