Ismoilova Nurjaxon Zuxuriddinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Stressga barqarorlikni oshirishning psixologik asoslari (o‘quvchi va talabalar misolida)”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/P156.
Ilmiy maslahatchi: Nishonova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD 03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Elov Ziyodulla Sattorovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Melibaeva Roza Nasirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universetiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi shaxsda stressga barqarorlikni oshirishga ta’sir etuvchi psixologik omillarini ochib berish orqali korreksion imkoniyatlarni takomillashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsda stressga barqarorlikning «yuqori», «o‘rta», «past» darajaviy ifodalanishiga ko‘ra o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmaslik yoki hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga moslasha olmaslik, qiyin vaziyatlarni og‘riqli qabul qilishiga bog‘liq holda va o‘smirlarda mustaqillik, ilk o‘spirinlarda dunyoqarash, o‘spirinlarda mas’uliyatlilikning yangi psixologik tuzilma sifatida namoyon bo‘lishiga bog‘liq ravishda yosh davrlariga xos differensial farqlar mavjudligi aniqlangan;
o‘quvchi va talaba shaxsida stressga barqarorlikning namoyon bo‘lishi o‘smirlarda «muammodan qochish usuli»ga yo‘nalganlikning yuqori darajasiga, ilk o‘spirinlarda «ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni izlash»ning o‘zgaruvchan xarakteriga hamda o‘spirinlarda «muammoni hal etish»ga murojaat qilishning ustuvor xarakteriga bog‘liqligiga ko‘ra stressogen vaziyatlarda koping strategiyalarning faol yoki passiv usullarini individual qo‘llanilishiga bog‘liq ekanligi dalillangan;
o‘smir, ilk o‘spirin, o‘spirinlarning stressga barqarorlik darajasini oshirishda koping strategiya usullarining qo‘llanilishi «realist» va «faol optimist»larda «muammoni hal etish», «passiv optimist»larda «ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni izlash» hamda «faol pessimist» va «passiv pessimist»larda «muammodan qochish» usulining dominantligi tufayli shaxs pozisiyalari muhim omil ekanligi asoslangan;
o‘smir, ilk o‘spirin va o‘spirinlarning stressogen omillarga nisbatan barqaror munosabat bildirishida «o‘zini adekvat baholash»i, o‘spirinlarda yuqori emotsional intellektning ichki jihatidagi «o‘z hissiyotlarini tushunish», «o‘z hissiyotlarini boshqarish» hamda tashqi jihatidagi «boshqalarning hissiyotlarini tushunish»ning mavjudligi, o‘smirlarda «eksternal lokus nazorat»ning yuqoriligi sababli koping zaxira tarkibiy qismlari ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan;  
«Shaxs stressga barqarorligini oshirishning psixologik asoslari» modeli o‘smirlarda affektiv, ilk o‘spirinlarda kognitiv, o‘spirinlarda konativ komponentlarga ustuvorlik berish orqali  «koping strategiya»ning faol usuliga murojaat qilishni rivojlantirish, «koping zaxira»larni faollashtirish va «koping mexanizm»larning «konstruktiv texnika»larini qo‘llashga o‘rgatish muhimligiga ko‘ra, «muammoni hal etish», «o‘zini adekvat baholash», «yuqori emotsional intellekt», «integral lokus nazorat» va «optimistik pozisiyada bo‘lish» jihatlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.  
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Stressga barqarorlikni oshirishning psixologik asoslarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishi natijalari asosida:
shaxsda stressga barqarorlikning darajaviy ifodalanishiga ko‘ra stressogen vaziyatda ta’lim oluvchining ustanovkalaridagi kognitiv va affektiv tizimlarga, o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish yoki hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga moslasha olmaslik, qiyin vaziyatlarni og‘riqli qabul qilishi bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi tufayli o‘smir, ilk o‘spirin va o‘spirinlik davriga xos dinamik va differensial xarakterdagi faqrlar mavjudligi aniqlanganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar  Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-121-son buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ontogenez va rivojlanish psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-121-a – son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsda stressga barqarorlik namoyon bo‘lishining yoshga oid dinamik o‘sish xususiyatlapiga ko‘ra o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
o‘quvchi va talaba shaxsida stressga barqarorlikning namoyon bo‘lishi stressogen vaziyatlarda o‘smirlar «muammodan qochish usuli»ga yo‘nalganlikning yuqori darajasiga, ilk o‘spirinlar «ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni izlash»ning o‘zgaruvchan xarakteriga hamda o‘spirinlar «muammoni hal etish»ga murojaat qilishi tufayli koping strategiyalarning faol yoki passiv usullarini individual qo‘llanilishiga bog‘liq ekanligi dalillangani haqidagi ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-121-son buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ontogenez va rivojlanish psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-121-a – son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir, ilk o‘spirin, o‘spirinlarda stressga barqarorlik va koping xulq komponenti bo‘lgan koping strategiyaning faol va passiv usullariniqo‘llash imkoniyatlari o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
o‘quvchi va talaba shaxsida stressga barqarorlik va koping strategiya usullarini qo‘llashning namoyon bo‘lishida shaxs hayotiy pozisiyalari muhim ahamiyat kasb etib, koping strategiya usullarini qo‘llashda «realist» va «faol optimist»da «muammoni hal etish» usuliga, «passiv optimist»larda «ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni izlash» usuliga murojaat etishning ustunligi hamda «faol pessimist» va «passiv pessimist»larda «muammodan qochish» usulining dominant ekanligiga ko‘ra stressga barqarorlikni oshirishda shaxs pozisiyalarining o‘rni muhimligi asoslangani haqidagi ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-121-son buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ontogenez va rivojlanish psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-121-a – son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi va talabalarda stressga barqarorlik namoyon bo‘lishida shaxs hayotiy pozisiyalariga ko‘ra koping strategiya usullarini tanlash o‘rtasidagi munosabat xususiyati tizimlashtirilgan;
o‘smir, ilk o‘spirin va o‘spirinlarning stressogen omillarga nisbatan barqaror munosabat bildirishida koping zaxira sifatida «o‘zini adekvat baholash»ning mavjudligi, yuqori emotsional intellektning ichki jihatidagi «o‘z hissiyotlarini tushunish», «o‘z hissiyotlarini boshqarish» hamda tashqi jihatidagi «boshqalarning hissiyotlarini tushunish», «boshqalarning hissiyotlarini boshqarish»ning yuqori darajalari, shuningdek, «internal lokus nazorat»ning yuqoriligi ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlanganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-121-son buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ontogenez va rivojlanish psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-121-a – son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi va talabalarda stressga barqarorlik va koping zaxiralar sifatida o‘rtaga chiquvchi – o‘zini adekvat baholash, yuqori emotsional intellekt, internal lokus nazorat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat xususiyatlarini aniqlash va tizimlashtirish asosida psixologik modeli shakllantirilgan;
o‘smir va o‘spirinlarning stressga barqarorligini oshirishda «koping strategiya»ning faol usuliga murojaat qilishni rivojlantirish, «koping zaxira»larni faollashtirish va «koping mexanizm»larning «konstruktiv texnika»larini qo‘llashga o‘rgatish muhim ta’sirga ega ekanligiga ko‘ra, «Shaxs stressga barqarorligini oshirishning psixologik asoslari» mualliflik modeli tarkibiga «muammoni hal etish», «o‘zini adekvat baholash», «yuqori emotsional intellekt», «integral lokus nazorat» va «optimistik pozisiyada bo‘lish» komponentlari hamda konstruktiv texnikalarini kiritish orqali takomillashtirilganiga oid ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-121-son buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Psixologik trening asoslari» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-121-a – son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsda koping strategiya va koping zaxiralarning namoyon bo‘lishiga asoslanib, o‘quvchi va talabalarda stressga barqarorlikni oshirishga qaratilgan psixokorreksion modelni ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish