Yaxyaeva Umida Sharifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kreativ tafakkurini rivojlantirishning pedagogik-psixologik omillari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P672.
Ilmiy rahbar: Karshieva Dilafruz Suyunovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Barotov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori professor; Qodirov Obid Safarovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilar kreativ tafakkurini rivojlantirishning pedagogik-psixologik omillarini ochib berish orqali amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kreativ tafakkurining rivojlanishi, fikrlashining ravonligi, tasavvur darajasi, qiziquvchanligi, predmetlarni umumiy jihatlariga ko‘ra nomlash xususiyatlarining shaxs sifatlari negizida ustuvor rivojlanishi tufayli ijodiylikning yoshga oid differensial farqlarga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
o‘quvchilarda kognitiv-intellektual faollik namoyon bo‘lishi fikrlashning konvergent tafakkur ta’sirida semantik qobiliyatga integrativ rivojlanish tufayli kreativ tafakkurni rivojlantirishda muhim pedagogik-psixologik omil ekanligi dalillangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ tafakkurning rivojlanishi nostandart vaziyatda echim topish qobiliyatiga hissiy sezgirlikni singdirish orqali “qiziquvchan”, “atrof-muhitni tushunish zaruriyati mavjud”, “go‘zallikka estetik ehtiyoj sezadigan”, “simmetriya”, “tartib va soddalik” kabi sifatlarning ijobiy o‘zgarishi tufayli semantik va sponton moslashuvchanlikning rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ tafakkurni rivojlantirish uchun individual-kreativ xususiyatlardan qiziquvchanlik, proektiv fikrlash, tavakkalichilikka moyillik, xayol jarayonlaridagi differensial farqlar tufayli ijodiy tasavvurlarning rivojlanishiga didaktik usullar orqali integrativ ta’sir etish muhimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kreativ tafakkurini rivojlantirishning pedagogik-psixologik omillarini tadqiq etish asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kreativ tafakkurining rivojlanishi, fikrlashining ravonligi, tasavvur darajasi, qiziquvchanligi, predmetlarni umumiy jihatlariga ko‘ra nomlash xususiyatlarining shaxs sifatlari negizida ustuvor rivojlanishi tufayli ijodiylikning yoshga oid differensial farqlarga bog‘liq ekanligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-sentyabrdagi PM-66-son buyrug‘iga binoan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-66-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning kreativ tafakkur xususiyatlarini ochib berish imkoniyati yaratilgan;
o‘quvchilarda kognitiv-intellektual faollikning namoyon bo‘lishi fikrlashning konvergent tafakkur ta’sirida semantik qobiliyatga integrativ rivojlanishi tufayli kreativ tafakkurni rivojlantirishda muhim pedagogik-psixologik omil ekanligi dalillanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-sentyabrdagi PM–66-son buyrug‘iga binoan “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM–66-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda kreativ tafakkur xususiyatlarini rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ tafakkurni rivojlanishi nostandart vaziyatda echim topish qobiliyatiga hissiy sezgirlikni singdirish orqali “qiziquvchan”, “atrof-muhitni tushunish zaruriyati mavjud”, “go‘zallikka estetik ehtiyoj sezadigan”, “simmetriya”, “tartib va soddalik” kabi sifatlarni ijobiy o‘zgarishi tufayli semantik va sponton moslashuvchanlikning rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 4-sentyabrdagi PM–66-son buyrug‘iga binoan “Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM–66-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan psixologik trening dasturlarni ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ tafakkurni rivojlantirish uchun individual-kreativ xususiyatlardan qiziquvchanlik, proektiv fikrlash, tavakkalichilikka moyillik, xayol jarayonlaridagi differensial farqlar tufayli ijodiy tasavvurlarni rivojlanishiga didaktik usullar orqali integrativ ta’sir etish muhimligiga doir tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-sentyabrdagi PM–66-son buyrug‘iga binoan “Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM–66-a-son ma’lumotnomasi). Natijada kreativ tafakkurni o‘ziga xos jihatlarini, ya’ni o‘quvchilar moslashuvchanligi, o‘ziga xosligi, fikrlashning ravonligi kabi qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.