Rajabova Go‘zal Zarifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Folklor anʼanalari asosida bola shaxsini rivojlantirishning pedagogik-psixologik  xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P762.
Ilmiy rahbar: Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich, psixologiya fanlari nomzodi, professor; Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
    Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi folklor an’analari asosida bola shaxsini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o‘z-o‘ziga bahosini shakllanishida qahramonlik ruhidagi o‘yinlar kompozisiyasi shaxs jismoniy va aqliy rivojlanish motivlarini, obrazlar hamda voqea-hodisalar tasvirida shaxslararo munosabatlarni ifoda etilganligi, milliy urf-odatlar, kasb-hunarga oid tasavvurlarni mujassamlashtirib bola “Men”ini kreativ rakursda namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli folklor an’analarining differensial ta’sirga ega ekanligi asoslangan;
folklor an’analari orqali bolalarning  hissiy sohasiga korreksion-adaptiv ta’sir etish o‘z-o‘zini qadrlash, hurmat qilish, o‘ziga ishonchni orttirib shaxsiy xavotirlanish darajasini kamaytirganligi tafakkurdagi semantik va obrazli moslashuvchanlikni namoyon bo‘lishiga sabab bo‘lganligi tufayli ularning tasavvurlar darajasini rivojlanishiga olib kelishi dalillangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxslilik sifatlarini rivojlantirishda  didaktik va milliy o‘yinlarning badiiy-kompozision, lingvopoetik, uslubiy-vazifaviy xususiyatlari insonning o‘zi haqidagi ijobiy tasavvurlari, estetik hislari va kreativligini shakllanishiga olib kelganligi tufayli folklor an’analariga asoslangan tuzilmaviy-funksional tizimni art-terapevtik usulni kiritish orqali takomillashtirish zarurati isbotlangan;
folklor an’analari orqali bola ijodkorligini rivojlantirish modeli musiqiy axborotlarni kreativ yondashgan holda anglash, hissiy jihatdan sezish, vaziyatlarni simulyasiya qilish tafakkurdagi orginallikni kuchaytirganligi tufayli “kognitiv-boshqaruvchanlik”, “emotsional”, “xulqiy-boshqaruvchanlik” komponentlarini o‘zaro integrallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Folklor an’analari asosida bola shaxsini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o‘z-o‘ziga bahosini shakllanishida qahramonlik ruhidagi o‘yinlar kompozisiyasi shaxs jismoniy va aqliy rivojlanish motivlarini, obrazlar va voqea-hodisalar tasvirida shaxslararo munosabatlarni ifoda etilganligi, milliy urf-odatlar, kasb-hunarga oid tasavvurlarni mujassamlashtirib bola “Men”ini kreativ rakursda namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli folklor an’analarining differensial ta’sirga ega ekanligi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-118-son buyrug‘i bilan «Muloqot psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-118a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarda folklor an’analari shaxsning o‘z-o‘ziga beradigan bahosini shakllanishiga ta’siri ochib berilgan;
folklor an’analari orqali bolalarning  hissiy sohasiga korreksion-adaptiv ta’sir etish o‘z-o‘zini qadrlash, hurmat qilish, o‘ziga ishonchni orttirib shaxsiy xavotirlanish darajasini kamaytirganligi tafakkurdagi semantik va obrazli moslashuvchanlikni namoyon bo‘lishiga sabab bo‘lganligi tufayli ularning tasavvurlar darajasini rivojlanishiga olib kelishi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-118-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-118a-son ma’lumotnomasi). Natijada folklor an’analari orqali bolaning hissiy sohasiga korreksion ta’sir etish va tasavvurlari darajasini rivojlanish xususiyatlari isbotlangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxslilik sifatlarini rivojlantirishda  didaktik va milliy o‘yinlarning badiiy-kompozision, lingvopoetik, uslubiy-vazifaviy xususiyatlari insonning o‘zi haqidagi ijobiy tasavvurlari, estetik hislari va kreativligini shakllanishiga olib kelganligi tufayli folklor an’analariga asoslangan tuzilmaviy-funksional tizimni art-terapevtik usulni kiritish orqali takomillashtirish zarurati isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-118-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-118a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarni folklor an’analari asosida shaxslilik sifatlarini rivojlantirishning tuzilmaviy-funksional tizimi takomillashtirilgan;
folklor an’analari orqali bola ijodkorligini rivojlantirish modeli musiqiy axborotlarni kreativ yondashgan holda anglash, hissiy jihatdan sezish, vaziyatlarni simulyasiya qilish tafakkurdagi orginallikni kuchaytirganligi tufayli “kognitiv-boshqaruvchanlik”, “emotsional”, “xulqiy-boshqaruvchanlik” komponentlarini o‘zaro integrallashtirish asosida takomillashtirilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-118-son buyrug‘i bilan «Muloqot psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-118a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarni kreativligini oshirishda folklor yo‘nalishini mohiyatini ochib beruvchi psixokorreksion modeli ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish