Axmadov Nazirjon Rahmat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarni reabilitatsiya qilishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/P408.
Ilmiy rahbar: Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Xazrat Xuseynovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Do‘sanov Elbek Absamatovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarni reabilitatsiya qilishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarning emotsional holatida xavotirlanish, ijtimoiy munosabatlar, muloqotga moyillikni o‘g‘il bolalarda, o‘zini-o‘zi nazorat qilish hissining yuqori sinf o‘quvchilarida ustuvor xarakterga ega ekanligi tufayli yoshga oid dinamik va gender xususiyatlarni mavjudligi asoslangan;
o‘smirlardagi dezadaptatsiya holatining namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi determinant sifatida “o‘z-o‘zini qabul qilish”ning yuqori darajasi “boshqalarni qabul qilmaslik”ni kuchaytirib, hissiy noqulaylik hamda ichki nizolarni keltirib chiqarganligi tufayli shaxslararo munosabatlarda “hukmronlik”ka intilishning destruktiv shakli ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarning nizoli vaziyatlardagi xulq-atvorida hamkorlikka intilish va o‘zaro kelishuvchanlikning destruktiv axloq ta’sirida pasayishi ijtimoiy munosabatlarga negativ pozisiyani shakllanishiga olib kelganligi tufayli “o‘zini chetga olish”, “bahs-munozara” strategiyasining ustuvor tarzda namoyon bo‘lishi dalillangan;
dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarni reabilitatsiya qilishda maktabdagi o‘quv jarayoni, o‘z-o‘zini baholash, shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq xavotirlanish darajasini barqarorlashtirish muhimligi tufayli destruktiv hissiy holatlarga korreksion ta’sir etish muhim psixologik mexanizm ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarni reabilitatsiya qilishning ijtimoiy - psixologik mexanizmlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarning emotsional holatida xavotirlanish, ijtimoiy munosabatlar, muloqotga moyillikni o‘g‘il bolalarda, o‘zini-o‘zi nazorat qilish hissining yuqori sinf o‘quvchilarida ustuvor xarakterga ega ekanligi tufayli yoshga oid dinamik va gender xususiyatlarni mavjudligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-112-son buyrug‘i bilan «Deviantologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-112a-son ma’lumotnomasi). Natijada dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarning hissiy holatidagi yoshga oid dinamik va gender xususiyatlarni aniqlangan;
o‘smirlardagi dezadaptatsiya holatining namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi determinant sifatida “o‘z-o‘zini qabul qilish”ning yuqori darajasi “boshqalarni qabul qilmaslik”ni kuchaytirib, hissiy noqulaylik hamda ichki nizolarni keltirib chiqarganligi tufayli shaxslararo munosabatlarda “hukmronlik”ka intilishning destruktiv shakli ustuvor xarakterga ega ekanligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-112-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-112a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlardagi dezadaptatsiya holatining namoyon bo‘lishining psixologik determinantlarini aniqlashtirilgan;
dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarning nizoli vaziyatlardagi xulq-atvorida hamkorlikka intilish va o‘zaro kelishuvchanlikning destruktiv axloq ta’sirida pasayishi ijtimoiy munosabatlarga negativ pozisiyani shakllanishiga olib kelganligi tufayli “o‘zini chetga olish”, “bahs-munozara” strategiyasining ustuvor tarzda namoyon bo‘lishiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-112-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-112a-son ma’lumotnomasi). Natijada nizoli vaziyatlarda xulq-atvor strategiyalarini namoyon boʻlishiga koʻra dezadaptatsiya holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar aniqlangan;
dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarni reabilitatsiya qilishda maktabdagi o‘quv jarayoni, o‘z-o‘zini baholash, shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq xavotirlanish darajasini barqarorlashtirish muhimligi tufayli destruktiv hissiy holatlarga korreksion ta’sir etish muhim psixologik mexanizm ekanligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-112-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-112a-son ma’lumotnomasi). Natijada dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarni reabilitatsiya qilishning psixologik mexanizmlari ochib berilgan.