Do‘stov Jahongir Axmat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida soya navlarini resurs tejamkor sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish (Buxoro viloyati misolida)”, 06.01.02– Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Qx784.
Ilmiy rahbar: Nurmatov Shermat Nurmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Usmonqul, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Durdiev Normat Hasanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyatining sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida soya navlaridan yuqori va sifatli don hosili olish va sug‘orish suvidan samarali foydalanishda resurs tejamkor sug‘orish tartiblarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba Buxoro viloyatining sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida soyaning Nafis, O‘zbek-6 va To‘maris navlarini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-75-75% tartibda tomchilatib sug‘orish maqbul ekanligi aniqlangan;
soya navlarini etishtirishda resurs tejamkor tomchilatib sug‘orish texnika elementlari (tomizgichlar orasidagi masofa, suv sarfi, sug‘orish quvurlari orasidagi masofa, maydonni bir tekis namlanishi) ishlab chiqilgan;
resurs tejamkor tomchilatib sug‘orish usulida soya navlari o‘suv davri davomiyligi soyaning O‘zbek-6 navida 12-14 kunga, To‘maris navida 9-7 kunga, Nafis navida 7-14 kunga qisqarganligi aniqlangan;
soya navlarini resurs tejamkor tomchilatib sug‘orish usulida sug‘orilganda sug‘orish tartiblariga ko‘ra O‘zbek-6 navida 8,9-7,6 s/ga, To‘maris navida 2,7-1,9 s/ga, Nafis navida 4,8-3,5 s/ga qo‘shimcha don hosili etishtirish mumkinligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyatining sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida soya navlarini resurs tejamkor sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida soya navlarini resurs tejamkor sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish” nomli tavsiya tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 2 martdagi 03/28-766-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma soya etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida foydalanilib kelinmoqda;
resurs tejamkor tomchilatib sug‘orish usulida soyaning O‘zbek-6 va Nafis navlarini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-75-75% tartibda sug‘orish Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi “Zarifota” fermer xo‘jaligida 54 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 2 martdagi 03/28-766-sonli ma’lumotnomasi). Natijada soya navlarini resurs tejamkor tomchilatib sug‘orish usulida mavsum davomida 8 marta, 220-240 m3/ga me’yorda, 1800-1850 m3/ga mavsumiy sug‘orish me’yorida sug‘orilganda 1000 dona don vazni 132-148 grammni, don hosili 24-30 s/ga ni, rentabellik darajasi 88,0-45,4 foizni tashkil etgan;
soya navlarini egatlab sug‘orish usulida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-75-75% tartibda tuproqning 30-50-50 sm qatlamini namlash orqali sug‘orish Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi “Bahor baraka iftixori” va “Temir maston” fermer xo‘jaliklarida 30 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 2 martdagi 03/28-766-sonli ma’lumotnomasi). Natijada soya navlaridan 20-23 s/ga gacha don hosili olingan, mavsum davomida 500-520 m3/ga me’yorda 6 marta sug‘orilgan, mavsumiy sug‘orish me’yori 3000-3100 m3/ga ga teng bo‘lgan, 1000 dona don massasi 130-135 grammni, rentabellik darajasi 52,2-34,6 foizni tashkil etgan.