Xo‘janov Nuriddin Ziyadullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ilk o‘rta asrlar Sug‘d va Ustrushonaning ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy aloqalari” 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2023.2.PhD/Tar1480.
Ilmiy rahbar: G‘oyibov Bobir Sobirovich tarix fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/06.04.2024. Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Saidov Ilxom Muxiddinovich, tarix fanlari doktori, professor, Toshbaev Furqat Eshbaevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ilk o‘rta asrlar Sug‘d va Ustrushona ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy aloqalarining mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Sug‘d va Ustrushona o‘rtasidagi aloqalarning ikkala mintaqa aholi¬sining yagona tilda so‘zlashganligi (sug‘diy) va etnik mansubligi (sug‘diy va turkiy), hukmdorlar o‘rta-sidagi sulolaviy yaqinliklar (Chakin Cho‘r bilga, Qora bug‘ra), davlat boshqa¬ruvining mahkamachiligi (Mug‘ arxivi va Chilhuj¬ra hujjatlari), boshqaruv va unvonlar (afshin, cho‘r) tizimidagi o‘xshashlik¬larda o‘z aksini topganligi asoslab berilgan;
Arablar bosqini arafasi va bosqin jarayonlarida Sug‘d va Ustrushona davlat uyushmalarining ittifoqchi bo‘lganliklari, umumiy dushmanga qarshi birgalikda harakat olib borganliklari hamda ushbu ittifoqchilikning Turk xoqonligi himoyasi ostida xalifalikda sulola almashgan davr (750 yil)ga qadar davom etishiga turtki bo‘lganligi (Mug‘ tog‘i sug‘diy (A-14) hujjatlari asosida) dalillangan;
Ilk o‘rta asrlar Sug‘d va Ustrushona o‘rtasidagi aloqalarining moddiy madaniyat (Afrosiyob, Panch, Bunjikat, Chilhujra, Shahriston xarobalari) va ma’¬na¬viy-mafkurafiy (Shahriston va Kofirqal’adagi ona bo‘ri tasviri, Panjikent va Bunjikat devoriy suratlaridagi diniy va maishiy hayotdagi o‘xshashliklar) hayotda, topo¬nim¬ (kent, kat, kas, diz, gar, g‘ar, far, par kom¬po¬nentli toponimlar)lar va onomastika (Qora-cho‘r – Xaraxurra, Shishpir (din tag‘ibotchisi, Chirdmish (Mitradan tarqalgan))da va etnomadaniyat ham¬da numizmatik materiallarda aks etganligi aniqlangan;
Ustrushona mulklarining (Ustravshan, Shavkat,Buttaman, Parg‘ar) Sug‘d savdo va hunarmandchilik markazlari (Maymurg‘, Panjikent, Kabudon, Fay, Ishtixon, Kushoniya) bilan hamkorlikda “Sug‘d savdo ittifoqi”ni tashkil etgani  holda Xitoy bilan savdo aloqalarini olib borganligi, Ustrushonaning Xitoy bilan siyosiy va iqtisodiy aloqa-lari Sug‘d, Farg‘ona va Chochga nisbatan birmuncha sust ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ilk o‘rta asrlar Sug‘d va Ustrushonaning ijtimoiy-siyosiy, etnomadaniy aloqalari” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy izlanishlar natijalarining joriy qilinishi:
Sug‘d va Ustrushona o‘rtasidagi aloqalarning ikkala mintaqa aholi¬sining yagona tilda so‘zlashganligi (sug‘diy) va etnik mansubligi (sug‘diy va turkiy), hukmdorlar o‘rta-sidagi sulolaviy yaqinliklar (Chakin Cho‘r bilga, Qora bug‘ra), davlat boshqa¬ruvining mahkamachiligi (Mug‘ arxivi va Chilhuj¬ra hujjatlari), boshqaruv va unvonlar (afshin, cho‘r) tizimidagi o‘xshashlik¬larda o‘z aksini topganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar Samarqand davlat universiteti tarix yo‘na¬lishi talabalari uchun “Samarqand tamadduni tarixi” o‘quv qo‘llanmasining (Samarqand, SamDU, 2022. – 195-bet) 1-2 mavzularida aks etgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2022 yil 1 noyabrda berilgan 10-4763 sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy natijalar Sug‘d va Ustrushona o‘rtasidagi tarixiy aloqalarning mintaqa xalqlari madaniyatiga ta’sirini ko‘rsatishga hamda talabalarning ilk o‘rta asrlar davriga oid ilmiy bilimlarini oshirishga ham imkon bergan.
arablar bosqini arafasi va bosqin jarayonlarida Sug‘d va Ustrushona davlat uyushmalarining ittifoqchi bo‘lganliklari, umumiy dushmanga qarshi birgalikda harakat olib borganliklari hamda ushbu ittifoqchilikning Turk xoqonligi himoyasi ostida xalifalikda sulola almashgan davr (750 yil)ga qadar davom etishiga turtki bo‘lganligi (Mug‘ tog‘i sug‘diy (A-14) hujjatlari asosida) bilan bog‘liq ma’lumotlar Samarqand davlat universiteti tarix yo‘na¬lishi talabalari uchun “Samarqand tamadduni tarixi” o‘quv qo‘llanmasining (Samarqand, SamDU, 2022. – 195-bet) 1-2 mavzularida aks etgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2022 yil 1 noyabrda berilgan 10-4763 sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy natijalar Arablar bosqini arafasi va bosqin jarayonlarida Sug‘d va Ustrushona davlat uyushmalarining ittifoqchi bo‘lganliklari, umumiy dushmanga qarshi birgalikda harakat olib borganliklari ko‘rsatishga hamda talabalarning ilk o‘rta asrlar davriga oid ilmiy bilimlarini oshirishga ham imkon bergan.
ilk o‘rta asrlar Sug‘d va Ustrushona o‘rtasidagi aloqalarining moddiy madaniyat (Afrosiyob, Panch, Bunjikat, Chilhujra, Shahriston xarobalari) va ma’¬na¬viy-mafkurafiy (Shahriston va Kofirqal’adagi ona bo‘ri tasviri, Panjikent va Bunjikat devoriy suratlaridagi diniy va maishiy hayotdagi o‘xshashliklar) hayotda, topo¬nim¬ (kent, kat, kas, diz, gar, g‘ar, far, par kom¬po¬nentli toponimlar)lar va onomastika (Qora-cho‘r – Xaraxurra, Shishpir (din tag‘ibotchisi, Chirdmish (Mitradan tarqalgan))da va etnomadaniyat ham¬da numizmatik materiallardan yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respub¬likasi Fanlar Akademiyasining 2022 yil 4 fevraldagi 3/1255-255-son ma’¬lu-motnomasi). Bu esa ilk o‘rta asrlar Sug‘d va Ustrushona aloqalarining moddiy madaniyat va ma’¬na¬viy-mafkurafiy holatini baholashga xizmat qilgan;
Ustrushona mulklarining (Ustravshan, Shavkat,Buttaman, Parg‘ar) Sug‘d savdo va hunarmandchilik markazlari (Maymurg‘, Panjikent, Kabudon, Fay, Ishtixon, Kushoniya) bilan hamkorlikda “Sug‘d savdo ittifoqi”ni tashkil etgani  holda Xitoy bilan savdo aloqalarini olib borganligi, Ustrushonaning Xitoy bilan siyosiy va iqtisodiy aloqa-lari Sug‘d, Farg‘ona va Chochga nisbatan birmuncha sust ekanligi to‘g‘risidagi  materiallardan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respub¬likasi Fanlar Akademiyasining 2022 yil 4 fevraldagi 3/1255-255-son ma’¬lu¬motnomasi).  Mazkur ilmiy natijalar Sug‘d va Ustrushona o‘rtasidagi tarixiy aloqalarning mintaqa xalqlari madaniyatiga ta’sirini ko‘rsatishga hamda talabalarning ilk o‘rta asrlar davriga oid ilmiy bilimlarini oshirishga ham imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish