Mamatkulov Akram Xalmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “ Paxtani  qayta ishlash korxonalarida  ishlab  chiqarish  hisobini takomillashtirish ”, 08.00.08 – “ Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit ”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt260.
Ilmiy rahbar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxtani qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish hisobini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxtani qayta ishlash korxonalarida tovar-moddiy zaxiralar hisobini to‘g‘ri tashkil etish va mahsulot tannarxini optimallashtirish maqsadida hisob siyosatiga 10601-«O‘rov sim materiallari» va 10602-«Mato materiallari» ishchi schyotlarini kiritish asoslangan;
paxta xom-ashyosi va uni qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlarni kalkulyasiya moddalariga ajratish maqsadida hisob siyosatiga 2011-«Qishloq xo‘jaligi uchun paxtani etishtirish xarajatlari» va 2012-«Sanoat uchun paxtani qayta ishlash xarajatlari» ishchi schyotlarini kiritish hamda olingan har bir mahsulotni sotish uchun tannarxini shakllantirish bo‘yicha formulalar taklif etilgan;
tayyor mahsulotlar tahliliy (analitik) hisobini to‘g‘ri tashkil etish maqsadida 2811-«Qishloq xo‘jaligidan olingan tayyor mahsulot», 2812-«Sanoat (qayta ishlash)dan olingan tayyor mahsulot» hamda «asosiy» faoliyat mahsulotiga 28121-«Paxta tolasi», «qo‘shimcha» (ikkilamchi) faoliyat mahsulotlariga 28122-«Paxta chigiti», 28123-«Lint», 28124-«Ulyuk» va 28125-«Pux» ishchi schyotlarini hisob siyosatiga kiritish taklif etilgan;
ishlab chiqarish mahsulotlarini har bir assortimenti bo‘yicha alohida- alohida tannarxi va daromadlarini hisobda tan olish zarurligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish hisobini takomillashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxtani qayta ishlash korxonalarida tovar-moddiy zaxiralar hisobini to‘g‘ri tashkil etish va mahsulot tannarxini optimallashtirish 10601- «O‘rov sim materiallari» va 10602 - «Mato materiallari» ishchi schyotlarini kiritish  taklifi “SIRDARIYoPAXTASANOAT” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani “BAXT PAXTA TOZALASh”  aksiyadorlik jamiyatining  2019 yil 2 oktyabrdagi 91-son buyrug‘i va Sirdaryo viloyati Guliston tumani “GULISTON PAXTA TOZALASh” aksiyadorlik jamiyati 2023 yil 26 dekabrdagi  56 - son buyrug‘i tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan. (Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani “BAXT PAXTA TOZALASh"  aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil  29 yanvardagi 32-son, Guliston tumani “GULISTON PAXTA TOZALASh” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil  17 yanvardagi 25-son,  Guliston  shahridagi “SIRDARIYoPAXTASANOAT” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 5 fevraldagi 1/14-son ma’lumotnomasi).  Natijada ishlab chiqarish uzlyuksizligini ta’minlash uchun materiallar hisobini yuritishda ya’ni «Idish va idish materiallari hisobi»da idish materiallarining turlari bo‘yicha xarajatlar qiymatning aniq shakllanishi, ularga doir axborotlar olish va unumli foydalanish bo‘yicha samarali qarorlar qabul qilish imkoniyatlariga erishilgan;
paxta xom-ashyosini qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlarni kalkulyasiya moddalariga ajratish maqsadida hisob siyosatiga 2011- «Qishloq xo‘jaligi uchun paxtani etishtirish xarajatlari» va 2012 - «Sanoat uchun paxtani qayta ishlash xarajatlari» ishchi schyotlarini kiritishni hamda olingan har bir mahsulotni sotish uchun tannarxini shakllantirish bo‘yicha formulalar taklifi  “O‘ZPAXTASANOAT” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani “BAXT PAXTA TOZALASh"  aksiyadorlik jamiyatining  2019 yil 2 oktyabrdagi 91-son buyrug‘i va Sirdaryo viloyati Guliston tumani “GULISTON PAXTA TOZALASh” aksiyadorlik jamiyati 2022 yil 26 dekabrdagi  56 - son buyrug‘i tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan. (Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani “BAXT PAXTA TOZALASh"  aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil  29 yanvardagi 32-son, Guliston tumani “GULISTON PAXTA TOZALASh” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil  17 yanvardagi 25-son,  Guliston  shahridagi “SIRDARIYoPAXTASANOAT” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 5 fevraldagi 1/14-son ma’lumotnomasi).   Natijada mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasining talablari asosida paxta xom-ashyosini etishtirish  va uni qayta ishlash bo‘yicha  tannarxlarini aniqlash uchun alohida qo‘shimcha ishchi schyotlar hamda kalkulyasiya moddalari ishlab chiqilgan;
tayyor mahsulotlar analitik hisobini to‘g‘ri tashkil etish maqsadida 2811-«Qishloq xo‘jaligidan olingan tayyor mahsulot», 2812 - «Sanoat (qayta ishlash)dan olingan tayyor mahsulot» hamda «asosiy» faoliyat mahsulotiga 28121 - «Paxta tolasi», «qo‘shimcha» (ikkilamchi) faoliyat mahsulotlariga  28122 - «Paxta chigiti», 28123-«Lint», 28124-«Ulyuk» va 28125-«Pux» ishchi schyotlarini hisob siyosatiga kiritish taklifi “O‘ZPAXTASANOAT” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani “BAXT PAXTA TOZALASh"  aksiyadorlik jamiyatining  2019 yil 2 oktyabrdagi 91-son buyrug‘i va Sirdaryo viloyati Guliston tumani “GULISTON PAXTA TOZALASh” aksiyadorlik jamiyati 2022 yil 26 dekabrdagi  56 - son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan. (Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani “BAXT PAXTA TOZALASh"  aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil  29 yanvardagi 32-son, Guliston tumani “GULISTON PAXTA TOZALASh” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil  17 yanvardagi 25-son,  Guliston  shahridagi “SIRDARIYoPAXTASANOAT” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 5 fevraldagi 1/14-son ma’lumotnomasi).   Natijada  ombordagi har bir mahsulotlar bo‘yicha alohida-alohida ma’lumotlar olish imkoniyatlarga ega bo‘lgan;
ishlab chiqarish mahsulotlarini har bir assortimenti bo‘yicha alohida - alohida tannarxi va daromadlarini hisobda tan olish taklifi “SIRDARIYoPAXTASANOAT” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “BAXT PAXTA TOZALASh”  aksiyadorlik jamiyatining  2019 yil 2 oktyabrdagi 91-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida va Sirdaryo viloyati Guliston tumani “GULISTON PAXTA TOZALASh”  aksiyadorlik jamiyati 2022 yil 26 dekabrdagi  56 - son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan. (Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani “BAXT PAXTA TOZALASh"  aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil  29 yanvardagi 32-son, Guliston tumani “GULISTON PAXTA TOZALASh” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 17yanvardagi 25-son,  Guliston  shahridagi “SIRDARIYoPAXTASANOAT” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 5 fevraldagi 1/14-son ma’lumotnomasi).    Natijada har bir assortimenti (faoliyat turi) uchun alohida analitik qo‘shimcha ishchi schyotlar joriy qilinib har bir mahsulotdan  daromadlarni tan olinishi aniqlashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish