Uskanov Eldor Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda aholiga bank xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillasjtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3281.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Sharbat Zulpikarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattorov Odiljon Berdimuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aholiga bank xizmatlarini ko‘rsatish tizimini samarali tashkil etish, bank xizmatlari turlari va sifatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
skoring usuli orqali aholiga onlayn kredit va mikroqarzlar berish tizimini hamda bank faoliyatiga “benchmarking”ni joriy etish orqali banklarning aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini 2 barobarga oshirish asoslangan;
aholiga onlayn omonat va jamg‘arma depozitlar qo‘yish xizmatini keng joriy qilish va ularning yuz foizlik ta’minoti asosida 14 foizdan oshmaydigan miqdorda imtiyozli kreditlar berish orqali aholining o‘z o‘zini band qilishi ko‘rsatkichini oshirish asoslangan;
bank amaliyotiga pensiya yoshidagi aholi qatlamiga overdraft usulida milliy valyutada, o‘rtacha maosh yoki pensiyaning 2-4 baravarigacha bo‘lgan miqdorda kreditlar ajratishni joriy etish taklif etilgan;
"Kobeydjing karta"larni joriy etish yo‘li bilan aholiga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari turi va sifatini oshirish hamda aholini bo‘sh pul mablag‘larini jalb etish asosida bank resurslarini 12 foizga oshirish asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholiga bank xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
skoring usuli orqali aholiga onlayn kredit va mikroqarzlar berish tizimini hamda bank faoliyatiga “benchmarking”ni joriy etish orqali banklarning aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini 2 barobarga oshirishga oid taklifi “Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovasion tijorat bankining “2023 yilga mo‘ljallangan bank kredit siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (“Ipak yo‘li” AITBning 2024 yil 27 fevraldagi 35/1620-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bank kredit portfeli 15 foizga oshib, kreditlar bilan bog‘liq risklar 10 foizga kamaygan va potensial qarz oluvchilar sonini 980 nafarga oshirishga, shuningdek, bank faoliyatida “benchmarking”i va bank supermarketini joriy etish orqali aholiga xizmat ko‘rsatish sifati 2 barobarga oshirishga erishilgan;
aholiga onlayn omonat va jamg‘arma depozitlar qo‘yish xizmatini keng joriy qilish va ularning yuz foizlik ta’minoti asosida 14 foizdan oshmaydigan miqdorda imtiyozli kreditlar berish orqali aholining o‘z o‘zini band qilishi ko‘rsatkichini 2 barobarga oshirish taklifi “Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovasion tijorat bankining “2023 yilga mo‘ljallangan bank depozit siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Ipak yo‘li” AITBning 2024 yil 27 fevraldagi 35/1620-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bankning onlayn omonatlari miqdori o‘tgan yilga nisbatan 23 foizga oshgan, imtiyozli kredit berish hajmi 18 foizga oshishiga erishilgan;
bank amaliyotiga pensiya yoshidagi aholi qatlamiga overdraft usulida milliy valyutada, o‘rtacha maosh yoki pensiyaning 2-4 baravarigacha bo‘lgan miqdorda kreditlar ajratishni joriy etish orqali bank mijozlari bo‘lgan aholining qariyib 12 foizining turmush farovonligini oshirish taklifi “Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovasion tijorat bankining “2023 yilga mo‘ljallangan bank kredit siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Ipak yo‘li” AITBning 2024 yil 27 fevraldagi 35/1620-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankning kredit siyosati takomillashgan, kredit mahsulotlari diversifikasiyasi yaxshilangan, overdraft kreditlar miqdori o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga oshishga erishilgan;
"Kobeydjing karta"larni joriy etish yo‘li bilan aholiga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari turi va sifatini oshirish hamda aholini bo‘sh pul mablag‘larini jalb etish asosida bank resurslarini 12 foizga oshirish taklifi “Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovasion tijorat bankining chakana xizmatlar ko‘rsatish tartibini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Ipak yo‘li” AITBning 2024 yil 27 fevraldagi 35/1620-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bank operatsiyalarining miqdori 2022 yil 1 yanvardagi 2280 mlrd so‘mga nisbatan 2023 yil 1 yanvar' holatiga 3771 mlrd so‘mga oshirilishiga erishilgan.