Musaev Bekjon Shukurillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim xizmatlarini raqamli texnologiyalar asosida targ‘ib qilish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti va 08.00.11–Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2139.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Qulmamat Janzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Safarov Farxod Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim xizmatlarini raqamli texnologiyalar asosida targ‘ib qilish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim xizmatlarini targ‘ib qilish” tushunchasining mazmuni turli ko‘rgazmalarda ishtirok etish, ochiq eshiklar kunlarini tashkil qilish, turli yo‘nalishlarda konferensiyalar o‘tkazish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing imkoniyatlaridan foydalanish, web-sahifalar va ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalarida ta’lim xizmatlarini potensial iste’molchilarga etkazish ishlarini amalga oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim xizmatlari haqiqiy va potensial iste’molchilarining (Iu=Ih+Ip) talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot uzatish va o‘zaro munosabatlar o‘rnatish tizimi “bevosita iste’molchilar”, “xizmat ko‘rsatuvchilar”, “sharoit yaratuvchi va ta’minotchilar”, “raqobatchi va hamkorlar” toifalari bo‘yicha targ‘ib qilishni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarining raqamli brendni yaratish va qiymatini oshirish modeli (OTMrb) shaxsiy (Shrb=0,21), strategik (Srb=0,15), an’anaviy (Arb=0,25), ilmiy (Irb=0,17) va emotsional (Erb=0,22) raqamli brendinglarining maqbul nisbiy chegaralarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
Samarqand viloyatida davlat OTMlarining Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi obunachilar soniga ta’sir etuvchi ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida obunachilar sonining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim xizmatlarini targ‘ib qilish” tushunchasining mazmunini turli ko‘rgazmalarda ishtirok etish, ochiq eshiklar kunlarini tashkil qilish, turli yo‘nalishlarda konferensiyalar o‘tkazish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing imkoniyatlaridan foydalanish, web-sahifalar va ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalarida ta’lim xizmatlarini potensial iste’molchilarga etkazish ishlarini amalga oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Brend menejmenti” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2022-yil 5-dekabrdagi 4-sonli majlisida muhokama qilingan va №020-02/12-ro‘yxatga olish raqami bilan nashr ruxsatnomasi berilgan). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida web-sahifalar va ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalarida ta’lim xizmatlarini potensial iste’molchilarga etkazish ishlarini amalga oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan oliy ta’lim xizmatlarini targ‘ib qilish tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
Oliy ta’lim xizmatlari haqiqiy va potensial iste’molchilarining (Iu=Ih+Ip) talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot uzatish va o‘zaro munosabatlar o‘rnatish tizimini “bevosita iste’molchilar”, “xizmat ko‘rsatuvchilar”, “sharoit yaratuvchi va ta’minotchilar”, “raqobatchi va hamkorlar” toifalari bo‘yicha targ‘ib qilishni qo‘llash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasidagi davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan oliy ta’lim xizmatlarini targ‘ib qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 15-maydagi 03/10-1394-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida OTMlarida ta’lim xizmatlarini targ‘ib qilish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish hamda ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar soni 12 foizga ko‘payishiga erishilgan;
Oliy ta’lim muassasalarining raqamli brendni yaratish va qiymatini oshirish modelini (OTMrb) shaxsiy (Shrb=0,21), strategik (Srb=0,15), an’anaviy (Arb=0,25), ilmiy (Irb=0,17) va emotsional (Erb=0,22) raqamli brendinglarining maqbul nisbiy chegaralarini belgilash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasidagi davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan raqamli brendni yaratish va qiymatini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-maydagi 03/10-1394-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi raqamli brend atributlarini tanlash, web-sayt va ijtimoiy tarmoq profillari orqali yaxlit onlayn imijni hamda raqamli platformalarga mos keladigan brending identifikatorini yaratishga xizmat qilgan;
Samarqand viloyatida davlat OTMlarining Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi obunachilar soniga ta’sir etuvchi ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida obunachilar sonining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasidagi davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan oliy ta’lim xizmatlarini targ‘ib qilish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 15-maydagi 03/10-1394-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi oliy ta’lim xizmatlarini raqamli texnologiyalar asosida targ‘ib qilishning istiqboldagi asosiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkonini yaratgan.