Orzuqulova Zumrad Abduxoliq qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Transport-logistika xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy iqtisodiy mexanizmlari», 08.00.05. - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt3215
Ilmiy rahbar: Urazov Komil Baxramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Qulmamat Jonuzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axrorov Farxod Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi transport-logistika xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikamiz hududlarida transport-logistika xizmatlarini miqdor va sifat jihatdan rivojlanish darajasini baholash uslubiyati sohaga kiruvchi subektlarga talab, zarurat, istiqbollilik, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yaratilayotgan mahsulotlar turlarini hisobga olish imkonini beruvchi ko‘rsatkichlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
transport-logistika xizmatlari sohasi subektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun “Transport-logistika xizmatlari samaradorligini o‘lchash va monitoring qilish klaster markazi” va “Milliy transport-logistika xizmatlari portali”ni uning funksiya va vazifalariga ko‘ra qayta tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
dunyo okeaniga chiqishdagi xalqaro tashuvlarda asosiy eksport va import hamkorlar bilan “o‘zaro hamkorlik”dan samarali “raqobatli hamkorlik (kopetisiya)” ka o‘tish taklifi asoslangan;
sanoat ishlab chiqarish hajmi, tashish va saqlashda bandlar soni, transport xizmatlari importi ta’sirini hisobga olgan holda respublikada transport-logistika xizmatlarini rivojlantirishning 2026-yilga qadar mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transport-logistika xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
respublikamiz hududlarida transport-logistika xizmatlarini miqdor va sifat jihatdan rivojlanish darajasini baholash uslubiyatini sohaga kiruvchi subektlarga talab, zarurat, istiqbollilik, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yaratilayotgan mahsulotlar turlarini hisobga olish imkonini beruvchi ko‘rsatkichlarni kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Vazirlikning 2023-yil 29-dekabrdagi № 4/9253-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan foydalanish mavjud salohiyat va yo‘qotilgan imkoniyatlarini, xizmatlar samaradorligini hududlar kesimida kuzatib borish va yashirin potensialni aniqlash imkonini bergan;
transport-logistika xizmatlari sohasi subektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun “Transport-logistika xizmatlari samaradorligini o‘lchash va monitoring qilish klaster markazi” va “Milliy transport-logistika xizmatlari portali”ni uning funksiya va vazifalariga ko‘ra qayta tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Vazirlikning 2023-yil 29-dekabrdagi № 4/9253-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar yagona rasmiy to‘liq transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatuvchilar milliy katalogini yaratish, mavjud saytlarda davlat rasmiy idoralari reestirini shakllantirish, jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan yuklarni tashish, yetkazib berish xizmatlari hisobini yuritish, olingan har yillik patent asosida bunday xizmatlarni ko‘rsatishni tartiblash orqali xizmatlar sifatini oshirish, iqtisodiyotda o‘zini o‘zi band qilganlar sifatida hisobga olish imkonini bergan;
dunyo okeaniga chiqishdagi xalqaro tashuvlarda asosiy eksport va import hamkorlari bilan, “o‘zaro hamkorlik”dan samarali raqobatli hamkorlik (kopetisiyaga)ka o‘tish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Vazirlikning 2023-yil 29-dekabrdagi № 4/9253-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmoni 365-bandining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan;
sanoat ishlab chiqarish hajmi, tashish va saqlashda bandlar soni, transport xizmatlari importi ta’sirini hisobga olgan holda respublikada transport-logistika xizmatlarini rivojlantirishning 2026-yilga qadar mo‘ljallangan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Vazirlikning 2023-yil 29-dekabrdagi № 4/9253-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar asosida 2026-yilgacha transport-logistik xizmatlar sohasining istiqbolli rejasini ishlab chiqishda foydalanilib, tashish va saqlashda band xodimlar sonining 1000 kishiga oshishi sanoat ishlab chiqarish hajmnini 103,4 mln so‘mga, transport xizmatlari importini 1169 mln so‘mga oshishiga ta’sir qilishi aniqlangan.