Xamroev Izzat Sayfilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buyraklar morfometrik parametrlarining me’yorda va surunkali alkogolizm ta’siridagi qiyosiy tasnifi», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2643.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori; Balandina Irina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Vitebsk davlat tibbiyot universiteti  (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: etil spirtining kalamush buyraklarining morfometrik parametrlariga ta’sirini o‘rganish uchun immunogistokimyoviy usullar (BcL-2 i Ki-67) yordamida buyrak to‘qimalarining gistioarxitektonikasini qiyosiy tahlil qilish va polarenning korreksiyalovchi ta’siri ehtimolini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor alkogol bilan zaharlanish buyrak epiteliy hujayralarining apoptoz jarayonini kuchaytirishi va nekrozga uchragan qismlar proliferatsiyasiga to‘sqinlik qilishi aniqlangan;
eksperimental tadqiqot natijalari kalamushlarda yoshga qarab surunkali etanol bilan zaharlanishining buyraklarning morfometrik parametrlariga ta’sirini aniqlangan;
ilk bor oddiy va eksperimental sharoitlarda buyraklarning proksimal va distal kanalchalarida nefron epiteliy hujayralarining yadro-sitoplazmatik nisbatlarining o‘zgarishi aniqlangan;
ilk bor biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchasi xisoblangan polaren siropining tuzatuvchi ta’siri aniqlangan, bu uni alkogol bilan zaharlanishda qo‘llash uchun asos sifatida foydalanish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 14 may №24-Z/023 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor alkogol bilan zaharlanish buyrak epiteliy hujayralarining apoptoz jarayonini kuchaytirishi va nekrozga uchragan qismlar proliferatsiyasiga to‘sqinlik qilishi aniqlangan. Olingan ilmiy-amaliy natijalar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.06.2023 y.; № 7/1) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (23.06.2023 y.; № 11) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: alkogol bilan zaharlanishning buyrak epiteliy hujayralarining apoptoz jarayonini kuchaytirishi va nekrozga uchragan qismlar proliferatsiyasiga to‘sqinlik qilishi aniqlanganligini inobatga olinishidan foydalanish, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilashga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: alkogol bilan zaharlanishning buyrak epiteliy hujayralarining apoptoz jarayonini kuchaytirishi va nekrozga uchragan qismlar proliferatsiyasiga to‘sqinlik qilishi aniqlanganligi kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 175000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: alkogol bilan zaharlanishning buyrak epiteliy hujayralarining apoptoz jarayonini kuchaytirishi va nekrozga uchragan qismlar proliferatsiyasiga to‘sqinlik qilishi aniqlanganligi inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish,  kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 175000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 75000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: eksperimental tadqiqot natijalari kalamushlarda yoshga qarab surunkali etanol bilan zaharlanishining buyraklarning morfometrik parametrlariga ta’sirini aniqlangan. Surunkali alkogolli zaharlanish paytida buyraklarning a`zo ichidagi tomirlar parametrlarining o‘zgarishi isbotlangan;olingan natijalar Buxoro viloyat G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.06.2022; №17/2), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.06.2022; № 18) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimental tadqiqot natijalari kalamushlarda yoshga qarab surunkali etanol bilan zaharlanishining buyraklarning morfometrik parametrlariga ta’siri aniqlandi. Surunkali alkogolli zaharlanish paytida buyraklarning a`zo ichidagi tomirlar parametrlarining o‘zgarishi isbotlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlanganligini hisobga olinishi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimental tadqiqot natijalari kalamushlarda yoshga qarab surunkali etanol bilan zaharlanishining buyraklarning morfometrik parametrlariga ta’siri aniqlandi. Surunkali alkogolli zaharlanish paytida buyraklarning a`zo ichidagi tomirlar parametrlarining o‘zgarishi isbotlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlanganligi: bemorning shifoxonada qolish muddatini qisqartirib, shifoxonada  qolish to‘lov miqdori 420000 so‘mga kamaytirgan (Buxoro tuman tibbiyot birlashmasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 105000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 85000) so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: eksperimental tadqiqot natijalari kalamushlarda yoshga qarab surunkali etanol bilan zaharlanishining buyraklarning morfometrik parametrlariga ta’siri aniqlandi. Surunkali alkogolli zaharlanish paytida buyraklarning a`zo ichidagi tomirlar parametrlarining o‘zgarishi isbotlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor oddiy va eksperimental sharoitlarda buyraklarning proksimal va distal kanalchalarida nefron epiteliy hujayralarining yadro-sitoplazmatik nisbatlarining o‘zgarishi aniqlangan. olingan ilmiy-amaliy natijalar G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.06.2022; №17/2) xamda, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.06.2022; № 18) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: buyraklarning proksimal va distal kanalchalarida nefron epiteliy hujayralarining yadro-sitoplazmatik nisbatlarining o‘zgarishi oddiy va eksperimental sharoitlarda o‘rganilganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning oldini olish chora tadbirlarini belgilashga imkon berishi isbotlangan, bu o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirish hisobiga ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: buyraklarning proksimal va distal kanalchalarida nefron epiteliy hujayralarining yadro-sitoplazmatik nisbatlarining o‘zgarishi oddiy va eksperimental sharoitlarda o‘rganilganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning oldini olish chora tadbirlarini belgilashga imkon berishi isbotlanganligi: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 4 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 700000 so‘mga  kamaytirgan shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 85000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: buyraklarning proksimal va distal kanalchalarida nefron epiteliy hujayralarining yadro-sitoplazmatik nisbatlarining o‘zgarishi oddiy va eksperimental sharoitlarda o‘rganilganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning oldini olish chora tadbirlarini belgilashga imkon berishi isbotlanganligi, asoratlarning kamaytirishga karatilgan qo‘shimcha davolash choralarini bajarilishiga imkon berishi, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kasallik asoratlarini  kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchasi xisoblangan polaren siropining tuzatuvchi ta’siri aniqlangan, bu uni alkogol bilan zaharlanishda qo‘llash uchun asos sifatida foydalanish asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati:  alkogol bilan zaharlanishning buyrak epiteliy hujayralarining apoptoz jarayonini kuchaytirishi va nekrozga uchragan qismlar proliferatsiyasiga to‘sqinlik qilishi aniqlanganligini inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.06.2023 y.; № 7/1) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (23.06.2023 y.; № 11) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: alkogol bilan zaharlanishning buyrak epiteliy hujayralarining apoptoz jarayonini kuchaytirishi va nekrozga uchragan qismlar proliferatsiyasiga to‘sqinlik qilishi aniqlanganligini inobatga  olinishidan foydalanish, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: alkogol bilan zaharlanishning buyrak epiteliy hujayralarining apoptoz jarayonini kuchaytirishi va nekrozga uchragan qismlar proliferatsiyasiga to‘sqinlik qilishi aniqlanganligi kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 175000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa:alkogol bilan zaharlanishning buyrak epiteliy hujayralarining apoptoz jarayonini kuchaytirishi va nekrozga uchragan qismlar proliferatsiyasiga to‘sqinlik qilishi aniqlanganligi inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish,  kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 175000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 75000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish