Shonaxunov To‘lqin Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Spirt sanoati chiqindisi – barda asosida parrandachilik uchun yangi ozuqa preparati olish», 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/V471.
Ilmiy rahbar: Axmedova Zaxro Raxmatovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmuxammedova Shoxista Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Dilshod Kuldashevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bazidiomisetlar va achitqilarning qimmatli shtammlari asosida bijg‘ish sanoati chiqindilarini (spirtli bug‘doy bardasi) fermentatsiyalash orqali oqsil, ferment, vitamin kompleksli (OFVK) em qo‘shimchalarini tayyorlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor "Bektemir Spirti" MChJ korxonasining spirtdan keyingi bug‘doy bardasini bazidiomiset va achitqi mahalliy shtammlari tomonidan sintezlangan oqsillar, erkin aminokislotalar va vitaminlar bilan boyitish imkoniyati aniqlangan;
S. cerevisiae 609, Nansenula anomalis va Rhodotorula qlutinus 51 mahalliy shtammlarining yuqori biosintetik qobiliyati ya’ni ksilanaza, endo-1,4-β-glyukanaza faolligi, erkin aminokislotalar va vitaminlar hosil qilish xususiyatlari aniqlangan;
chin mezofil bazidiomiset zamburug‘i A. bisporius 2 ning mahalliy iqlim sharoitlariga moslashishi, chidamliligi va yuqori darajada ksilanaza va endo-1,4- β-glyukanaza fermentlarini hosil qilishi aniqlangan;
bazidiomiset zamburug‘i A. bisporius 2 shtammining V1 (tiamin) vitaminini ishlab chiqarish xususiyati PSB ozuqa muhitida S. cerevisiae –609 shtammiga nisbatan 2,9 barobar yuqori ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Spirt sanoati chiqindisi – barda asosida parrandachilik uchun yangi ozuqa preparati olish hamda qishloq xo‘jaligiga joriy etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
spirtdan keyingi bug‘doy bardasi asosida olingan bioozuqa Sirdaryo viloyati “Guliston parranda” MChJ va “Akbarshoh Rivoj” xususiy korxonasida parrandalar uchun beriladigan ozuqaga qo‘shimcha sifatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 11 martdagi 02/23-475-son ma’lumotnomasi). Natijada, bloyler jo‘jalarining ozuqasi 12% miqdorda fermentativ preparat qo‘llanilishi natijasida har bir jo‘janing ozuqasidan ana’naviy ozuqa 400 g iqtisod qilinishi imkonini bergan;
parrandachilik uchun oqsil, ferment va vitaminlarga boy bo‘lgan ekologik toza, bezarar ozuqaviy jihatdan to‘yimli bioozuqa Toshkent shahri “Maks Mineral” MChJ parrandachilik xo‘jaligi hamda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot instituti tajriba poligonida go‘sht yo‘nalishida boqiladigan broylerlarni boqishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 11 martdagi 02/23-475-son ma’lumotnomasi). Natijada, bloyler jo‘jalarining hayotchanligi 17-21%ga hamda vazni 11,8-20% ortishi imkonini bergan.