Mamarasulov Bahodir Dolixonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ajuga turkestanica (Rgl.) Brig (Lamiaceae) dorivor o‘simligidan endofit bakteriyalarni ajratib olish, tozalash va ularning biotexnologik potensialini baholash», 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/V790.
Ilmiy rahbar: Davranov Qaxramon Davranovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Nasmetova Saodat Mamajanovna, biologiya fanlari doktori, Ziyavitdinov Jamolitdin Fazlitdinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ajuga turkestanica dorivor o‘simligining endofit bakteriyalarini va ularning biotexnologik qimmatli ikkilamchi metabolitlar manbai sifatidagi imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Ajuga turkestanica dorivor o‘simligidan Bacillus, Pseudomonas, Siccibacter avlodiga mansub endofit bakteriya shtammlari ajratilgan;
ilk bor B. velezensis IMB-Uz_M2 endofit bakteriya shtammi Ajuga turkestanica biolfaol birikmalari kabi qimmatli metabolitlar ishlab chiqarishi aniqlangan;
B. velezensis IMB-Uz_M2 ekstraktidan tuzilishi bo‘yicha stigmasterol va β-sitosterolga mos keladigan ikkita triterpen birikma ajratib olingan;
B. velezensis IMB-Uz_M2 triterpenlari sitotoksik va patogen mikroblarga qarshi xususiyatga ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ajuga turkestanica (Rgl.) Brig (Lamiaceae) dorivor o‘simligidan endofit bakteriyalarni ajratib olish va ularning biotexnologik potensialini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida:
A.turkestanica dorivor o‘simligidan ajratib olingan B. velezensis endofit bakteriya shtammi 16S rRNK nukleotidlar ketma-ketligi National Center for Biotechnology Information (NCBI) ma’lumotlar bazasiga Bacillus velezensis strain IMB-Uz_M2 sifatida OQ054580.1 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 12 martdagi 4/1255-563 - son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu shtamm endofit bakteriyalar kolleksiyasini boyitishi va elektron bazasining axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini beradi;
A.turkestanica (Rgl.) Brig (Lamiaceae) dorivor o‘simligi bakteriya shtammlarini tavsiflash, fermentativ va biokimyoviy xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar 4 ta, impakt-faktori (Web of Science) yuqori ilmiy jurnallarda chop qilingan (Microorganisms, 2022, Vol. 11, №1. pp. 1-17, Web of Science, IF 4.926; Foods, 2023, Vol. 12, №16. pp. 1-17, Web of Science, IF 5.561; Plant Stress, 2024, Vol. 12, № 100467 pp. 1-9, Web of Science, IF 5.0; BMC Plant Biology, 2024 Vol. 24, №36. pp. 1-18, Web of Science, IF 5.26) maqolalarda havolalar berilgan. Natijada, A.turkestanica dorivor o‘simligidan ajratib olingan Bacillus, Pseudomonas, Siccibacter oilalariga mansub bo‘lgan endofit bakteriyalar fermentativ faolliklari va biokimyoviy xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkonini bergan.