Mamarozikov Timur Umarjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Seysmik mikrohududlashtirishda grunt qatlamlarining seysmik tebranish parametrlarini geofizik usullar bilan baholash», 04.00.06 - Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/GM207.
Ilmiy rahbar: Ismailov Vaxitxan Alixanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Seysmologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.GM/FM.97.01.
Rasmiy opponentlar: Radjabov Shuxrat Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Nurtaev Baxtiyor Sayfullaevich, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: grunt qatlamlarining seysmik tebranish parametrlarini baholash uchun geofizik usullarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MASW seysmik qidiruv usuli ma’lumotlari asosida 30 metrli grunt qatlamlarining o‘rtacha zichlik qiymatlarini ekspres baholash uslubiyoti ishlab chiqilgan;
shahar hududlarini seysmik mikrohududlashtirish vazifalarini hal qilishda MASW usuli samaradorligi baholangan;
grunt qatlamlarining impuls ta’sirlarga reaksiyasini raqamli modellashtirish asosida grunt qatlamining seysmik tebranish xususiyatlarini aniqlash uslubiyoti ishlab chiqilgan;
seysmik tebranish parametrlarini aniqlash maqsadida mikrotebranishlarning gorizontal va vertikal komponentlarining spektral nisbati usulini qo‘llash samaradorligi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Grunt qatlamlarining seysmik tebranishlar parametrlarini geofizik usullar bilan baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
MASW usuli ma’lumotlari asosida 30 metrli grunt qatlamlarining o‘rtacha zichlik qiymatlarini ekspress baholash uslubiyoti Ilg‘or texnologiyalar markazi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 22 fevraldagi  04/17-4/2-162-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hudularning fizik-mexanik xususiyatlarini baholashga xizmat qilgan;
shahar hududlarini seysmik mikrohududlashtirish masalalarini hal etishda yuzaki to‘lqinlarni ko‘p kanalli tahlil qilish usuli Ilg‘or texnologiyalar markazi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 22 fevraldagi 04/17-4/2-162-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, MASW usulidan foydalanish natijalari geofizik tadqiqot ishlarini takomilashtirishga imkon bergan;
grunt qatlamlarining impuls ta’sirlarga reaksiyasini raqamli modellashtirish asosida ishlab chiqilgan uslubiyot Ilg‘or texnologiyalari markazi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 22 fevraldagi 04/17-4/2-162-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, seysmik mikrohududlashtirish ishlarida grunt qatlamlarining chastota xususiyatlarini o‘rganish imkonini bergan;
seysmik tebranish parametrlarini baholash maqsadida mikrotebranishlarning gorizontal va vertikal komponetlarining spektral nisbati usuli Ilg‘or texnologiyalar markazi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 22 fevraldagi 04/17-4/2-162-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, grunt qatlamlarining seysmik tebranish xususiyatlarini o‘rganishda xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish