Qarshiev Mamarayimning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mashinasozlikda qo‘llaniladigan suyuqlik va gazlarni chuqur tozalash uchun g‘ovakli o‘tkazuvchan kukunli materiallar olish va buyumlar tayyorlash texnologiyasi va nazariyasini takomillashtirish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/T557.
Ilmiy maslahatchi: Negmatov Sayibjan Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Norxo‘jaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor; To‘raxujaev Nodir Djahongirovich, texnika fanlari doktori, professor; Sharafutdinov Ulug‘bek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mashinasozlikda qo‘llaniladigan suyuqlik va gazlarni chuqur tozalash uchun o‘tkazuvchan g‘ovakli materiallar olish va buyumlar tayyorlash texnologiyasi va nazariyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xom ashyo g‘ovaklariga kichik metall kukuni zarrachalarini tebranma xarakat, gaz-chang-xavo oqimi va qaynayotgan qatlam yordamida tebranma xarakat ta’sir ettirib olingan G‘O‘M fizik-mexanik xossalari ularni texnologik parametrlariga funksional bog‘liqligi aniqlangan;
takomillashgan tebranma xarakat ta’sir ettirib olingan g‘ovakli o‘tkazuvchan material (G‘O‘M) larda chuqur tozalash ko‘rsatkichi At an’anaviy usulda olingan G‘O‘Mlarnikiga qaraganda 11-15 mkm o‘rniga 2-4 mkm ga kamayganligi, lokal o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichi Kl esa 0,6 o‘rniga 0,98 ni tashkil etishi, G‘O‘Mlarning butun hajmi bo‘ylab zarrachalarni chuqur tozalash imkoni yaratilib, takomillashgan usulda yuqori ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan suyuqlik va gazlarni chuqur tozalashga mo‘ljallangan anizotrop strukturali G‘O‘M larning olinishi asoslangan;
gaz, chang va xavo oqimi yordamida takomillashgan texnologiya asosida yuqori o‘tkazuvchanlik va mexanik mustahkamlik qobiliyatga ega bo‘lgan suyuqlik va gazlarni chuqur tozalashga muljallangan G‘O‘M lar ishlab chiqilgan;
suyuqlik va gazlarni chuqur tozalashga muljallangan G‘O‘M larni ishlab chiqarishning texnologik parametrlari:xomashyoning o‘rtacha g‘ovak o‘lchami Dp = 20 mkm, yuqori o‘tkazuvchanlik koeffisienti Kµ = 177*10-13 m2, gaz-chang-xavo oqimining tezligi - 3,1 m/s, tebranish chastotasi 630 Gs va tezlanish qiymati esa 30 m/s2 ga teng bo‘lishi aniqlangan;
kiritilayotgan kichik zarrachalar o‘lchamining o‘rtacha g‘ovak diametriga nisbati birinchi etap kiritishda 0,27, ikkinchi etapda 0,15 va uchinchi etapda 0,07 qiymatlarda bo‘lishi shartligi asoslangan;
mashinasozlikda suyuqlik va gazlarni chukur tozalash uchun yuqori fizik-mexanik va texnologik xususiyatlarga ega bulgan chuqur tozalash ko‘rsatkichi At 4-6 mkmni tashkil etuvchi anizotrop  strukturali G‘O‘Mlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mashinasozlikda qo‘llaniladigan suyuqlik va gazlarni chuqur tozalash uchun g‘ovakli o‘tkazuvchan kukunli materiallar olish va buyumlar tayyorlash texnologiyasi va nazariyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metall kukunlari asosida ishlab chiqilgan suyuqlik va gazlarni chuqur tozalaydigan fil`tr elementlari “Dalvarzin ta’mirlash zavodi” MChJda MAN va ISUZU markali yuk avtomobillari ichki yonuv dvigateli (IYoD) moylarini chuqur tozalovchi fil`tr elementi sifatida joriy etilgan (UzAuto AJning 2023 yil 15 fevraldagi 17/17-25-0211-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan fil`tr elementlarining ekspluatatsion hususiyatlari an’anaviy usulda olingan fil`tr elementlariga qaraganda 5-7 ming o‘rniga 50-75 ming km ni tashkil etib, ishlash muddatini 10-13 barobar oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan fil`tr elementlar “Quvamashtex servis” MChJda MTZ 80X va TTZ 80.11 markali traktorlarning motor moylarini chuqur tozalash uchun joriy etilgan («O`ZAGROSERVIS» AJning 2023 yil 8 fevraldagi 09-02/102-126-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi texnikalari fil`tr elementlarining ekspluatatsion hususiyatlari va o‘tkazuvchanligini 1,5-2 barobar, mexanik mustahkamligini esa 2-4 barobar oshirish imkonini bergan;
takomillashgan texnologiya asosida ishlab chiqilgan fil`tr elementlari “Quvamashtex servis” MChJda amaliyotga joriy etilgan («O`ZAGROSERVIS» AJning 2023 yil 8 fevraldagi 09-02/102-126-son ma’lumotnomasi). Natijada, fil`tr elementlarining ishlash qobiliyati va samaradorligini hamda xizmat qilish muddatini 3 barobarga oshirish, ya’ni fil`trlarning ishlash davrlarini 10 yilgacha uzaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish